QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mulk surasi · Oyatсураси · Оят9

قَالُوا۟ بَلَىٰ قَدْ جَآءَنَا نَذِيرٌ فَكَذَّبْنَا وَقُلْنَا مَا نَزَّلَ ٱللَّهُ مِن شَىْءٍ إِنْ أَنتُمْ إِلَّا فِى ضَلَـٰلٍ كَبِيرٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Ha, darhaqiqat, bizga ogohlantiruvchi kelgan edi. Lekin biz (uni) yolg`onchiga chiqardik va: «Alloh hech narsa tushirgani yo`q, sizlar katta adashuvdan boshqa hech narsa emassizlar», degan edik», deyishar.Улар: «Ҳа, дарҳақиқат, бизга огоҳлантирувчи келган эди. Лекин биз (уни) ёлғончига чиқардик ва: «Аллоҳ ҳеч нарса туширгани йўқ, сизлар катта адашувдан бошқа ҳеч нарса эмассизлар», деган эдик», дейишар.Alauddin Mansour: Ular derlar: «Ha, darhaqiqat, bizlarga ogohlantirguvchi kelgan edi, (lekin bizlar uni) yolgʻonchi qilganmiz va: «Alloh (hech kimga) hech narsa nozil qilgan emas, sizlar faqat katta zalolat-gumrohlikdadirsizlar», deganmiz».Улар дерлар: «Ҳа, дарҳақиқат, бизларга огоҳлантиргувчи келган эди, (лекин бизлар уни) ёлғончи қилганмиз ва: «Аллоҳ (ҳеч кимга) ҳеч нарса нозил қилган эмас, сизлар фақат катта залолат-гумроҳликдадирсизлар», деганмиз».

562-sahifa · 29-juz · 57-hizb562-саҳифа · 29-жуз · 57-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالُوا۟dedilarдедиларبَلَىٰhaҳаقَدْdarhaqiqatдарҳақиқатجَآءَنَاbizga kelgan ediбизга келган эдиنَذِيرٌۭogohlantiruvchiогоҳлантирувчиفَكَذَّبْنَاbas, yolgʻonchiga chiqardikбас, ёлғончига чиқардикوَقُلْنَاva dedikва дедикمَاemasэмасنَزَّلَtushirganтуширганٱللَّهُAllohАллоҳمِنhechҳечشَىْءٍnarsaniнарсаниإِنْemasэмасأَنتُمْsizlarсизларإِلَّاmagar (faqat)магар (фақат)فِى-da-даضَلَـٰلٍۢadashuvdaадашувдаكَبِيرٍۢkattaкатта
TafsirТафсир

Maʼlumki, kofirlar bu dunyoda Paygʻambarlarni tan olmaydilar. Ularni yolgʻonchi, folbin, aldamchi deb haqorat qiladilar, fisqu fujur qilaveradilar. Ammo bu ishlari Alloh taoloning nazaridan chetda qolmaydi. Hech boʻlmaganda, qiyomat kuni doʻzaxga tushayotganlarida Alloh taolo Oʻz adolati bilan ularning oʻz tillaridan xatolarini tan olgan soʻzlarini chiqartirar ekan. Endi kofirlarning oʻz tillaridan ularni doʻzax azobiga olib kelgan sabab haqidagi eʼtiroflarini eshitaylik.