QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mulk surasi · Oyatсураси · Оят8

تَكَادُ تَمَيَّزُ مِنَ ٱلْغَيْظِ ۖ كُلَّمَآ أُلْقِىَ فِيهَا فَوْجٌ سَأَلَهُمْ خَزَنَتُهَآ أَلَمْ يَأْتِكُمْ نَذِيرٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U g`azabdan yorilib ketay der. Har qachon unga yangi guruh tashlanganda, uning xizmatkorlari: «Sizlarga ogohlantiruvchi kelmaganmidi?» – deb so`raydir.У ғазабдан ёрилиб кетай дер. Ҳар қачон унга янги гуруҳ ташланганда, унинг хизматкорлари: «Сизларга огоҳлантирувчи келмаганмиди?» – деб сўрайдир.Alauddin Mansour: U gʻazabdan boʻlinib-parchalanib ketgudek boʻlur. Har qachon unga bir toʻda (kofir) tashlanganida uning qoʻriqchilari ulardan (kofirlardan): «Sizlarga (hayoti dunyoda) biron ogohlantirguvchi — paygʻambar kelmaganmidi?», deb soʻraganida,У ғазабдан бўлиниб-парчаланиб кетгудек бўлур. Ҳар қачон унга бир тўда (кофир) ташланганида унинг қўриқчилари улардан (кофирлардан): «Сизларга (ҳаёти дунёда) бирон огоҳлантиргувчи — пайғамбар келмаганмиди?», деб сўраганида,

562-sahifa · 29-juz · 57-hizb562-саҳифа · 29-жуз · 57-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
تَكَادُoz qolurоз қолурتَمَيَّزُyorilib ketishigaёрилиб кетишигаمِنَ-dan-данٱلْغَيْظِ ۖgʻazabdanғазабданكُلَّمَآhar qachonҳар қачонأُلْقِىَtashlangandaташлангандаفِيهَاungaунгаفَوْجٌۭbir (yangi) guruhбир (янги) гуруҳسَأَلَهُمْulardan soʻraydirулардан сўрайдирخَزَنَتُهَآuning xizmatkorlariунинг хизматкорлариأَلَمْemasmidiэмасмидиيَأْتِكُمْsizlarga kelganсизларга келганنَذِيرٌۭogohlantiruvchiогоҳлантирувчи
TafsirТафсир

Agar diqqat bilan razm solib oʻrganadigan boʻlsak, bu juda ham dahshatli va ogʻir bir holat.

«Ular jahannamga tashlangan chogʻlarida...»

Ha, tashlangan chogʻlarida. Kofirlarni peshona sochidan, oyogʻidan ushlab turib jahannamga chirpirak qilib otilmoqda–tashlanmoqda, buning oʻzi katta azob!

«...uning hangragan ovozini eshiturlar...»

Yaʼni, jahannam, eshak hangraganga oʻxshab hangrab turar ekan. Dunyodagi eng yoqimsiz ovoz eshakning hangrashi ekanligiga hamma iqror. Demak, jahannamiylar u yerda koʻz koʻrib, quloq eshitmagan boshqa azoblar bilan bir qatorda eng yomon ovozni eshitish azobini ham tortadilar.

«...u esa, qaynab turgan boʻladir.»

Ha, jahannam, xuddi katta doshqozondek qattiq qaynab turgan boʻladi. Fazabining kuchidan qaynab turgan boʻladi. Unga tashlangan nobakorlar esa, xuddi qattiq qaynab turgan doshqozonga tashlangan donachalarga oʻxshab sakray boshlaydilar.

«U gʻazabdan yorilib ketay der.»

Ha, jahannam kofir va osiylarni koʻrganda nihoyatda dargʻazab boʻladi. Uning gʻazabi yuqori darajaga chiqqanidan yorilib ketay deydi. Ana oʻshandoq holdagi jahannamga tashlanganlarning holi nima boʻlishi oʻz-oʻzidan maʼlum.

«Har qachon unga yangi guruh tashlanganda, uning xizmatkorlari: «Sizlarga ogohlantiruvchi kelmaganmidi?» – deb soʻraydir.»

Jahannamning xizmatkorlari kuchli, qoʻpol, beshafqat farishtalardan boʻlib, ularni «zaboniya» va «xazana» deb ataladi. Doʻzaxga qachon kofirlarning yangi guruhi tashlansa, haligi farishtalar, doʻq- poʻpisa va azobni yana ham taʼsirli qilish uchun, ulardan «Sizlarga ogohlantiruvchi kelmaganmidi?!»–deb soʻraydilar. Yaʼni, sizlarga mana shu holatdan ogohlantiradigan Paygʻambar kelmaganmidi, kofir boʻlish oqibati yomonligidan sizni ogohlatirmaganmidi?–deydilar.

Kofirlarning bu xitobga javobi keyingi oyatda kelgan: