QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mulk surasi · Oyatсураси · Оят7

إِذَآ أُلْقُوا۟ فِيهَا سَمِعُوا۟ لَهَا شَهِيقًا وَهِىَ تَفُورُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular jahannamga tashlangan chog`larida uning hangragan ovozini eshiturlar, u esa, qaynab turgan bo`ladir.Улар жаҳаннамга ташланган чоғларида унинг ҳанграган овозини эшитурлар, у эса, қайнаб турган бўладир.Alauddin Mansour: Qachon ular (jahannamga) tashlanganlarida qaynab turgan (jahannamning xuddi eshak hangrashidek) bir oʻkirik-faryodini eshiturlar.Қачон улар (жаҳаннамга) ташланганларида қайнаб турган (жаҳаннамнинг худди эшак ҳанграшидек) бир ўкирик-фарёдини эшитурлар.

562-sahifa · 29-juz · 57-hizb562-саҳифа · 29-жуз · 57-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِذَآqachonkiқачонкиأُلْقُوا۟tashlanganlaridaташланганларидаفِيهَاuning ichigaунинг ичигаسَمِعُوا۟eshiturlarэшитурларلَهَاundanунданشَهِيقًۭاhangragan ovoziniҳанграган овозиниوَهِىَholbuki uҳолбуки уتَفُورُqaynab turadirқайнаб турадир
TafsirТафсир

Agar diqqat bilan razm solib oʻrganadigan boʻlsak, bu juda ham dahshatli va ogʻir bir holat.

«Ular jahannamga tashlangan chogʻlarida...»

Ha, tashlangan chogʻlarida. Kofirlarni peshona sochidan, oyogʻidan ushlab turib jahannamga chirpirak qilib otilmoqda–tashlanmoqda, buning oʻzi katta azob!

«...uning hangragan ovozini eshiturlar...»

Yaʼni, jahannam, eshak hangraganga oʻxshab hangrab turar ekan. Dunyodagi eng yoqimsiz ovoz eshakning hangrashi ekanligiga hamma iqror. Demak, jahannamiylar u yerda koʻz koʻrib, quloq eshitmagan boshqa azoblar bilan bir qatorda eng yomon ovozni eshitish azobini ham tortadilar.

«...u esa, qaynab turgan boʻladir.»

Ha, jahannam, xuddi katta doshqozondek qattiq qaynab turgan boʻladi. Fazabining kuchidan qaynab turgan boʻladi. Unga tashlangan nobakorlar esa, xuddi qattiq qaynab turgan doshqozonga tashlangan donachalarga oʻxshab sakray boshlaydilar.

«U gʻazabdan yorilib ketay der.»

Ha, jahannam kofir va osiylarni koʻrganda nihoyatda dargʻazab boʻladi. Uning gʻazabi yuqori darajaga chiqqanidan yorilib ketay deydi. Ana oʻshandoq holdagi jahannamga tashlanganlarning holi nima boʻlishi oʻz-oʻzidan maʼlum.

«Har qachon unga yangi guruh tashlanganda, uning xizmatkorlari: «Sizlarga ogohlantiruvchi kelmaganmidi?» – deb soʻraydir.»

Jahannamning xizmatkorlari kuchli, qoʻpol, beshafqat farishtalardan boʻlib, ularni «zaboniya» va «xazana» deb ataladi. Doʻzaxga qachon kofirlarning yangi guruhi tashlansa, haligi farishtalar, doʻq- poʻpisa va azobni yana ham taʼsirli qilish uchun, ulardan «Sizlarga ogohlantiruvchi kelmaganmidi?!»–deb soʻraydilar. Yaʼni, sizlarga mana shu holatdan ogohlantiradigan Paygʻambar kelmaganmidi, kofir boʻlish oqibati yomonligidan sizni ogohlatirmaganmidi?–deydilar.

Kofirlarning bu xitobga javobi keyingi oyatda kelgan: