Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ
Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan
نٓ ۚ وَٱلْقَلَمِ وَمَا يَسْطُرُونَ ﴿١﴾
Nuun. Qalam bilan va satrlarga yozadigan narsalar bilan qasam.
مَآ أَنتَ بِنِعْمَةِ رَبِّكَ بِمَجْنُونٍ ﴿٢﴾
Sen Robbing ne'mati ila majnun emassan.
وَإِنَّ لَكَ لَأَجْرًا غَيْرَ مَمْنُونٍ ﴿٣﴾
Va albatta, senga minnat qilinmaydigan ajr bordur.
وَإِنَّكَ لَعَلَىٰ خُلُقٍ عَظِيمٍ ﴿٤﴾
Va albatta, sen ulkan xulqdasan.
فَسَتُبْصِرُ وَيُبْصِرُونَ ﴿٥﴾
Bas, tezda ko'rasan va ular ham ko'rurlar.
بِأَييِّكُمُ ٱلْمَفْتُونُ ﴿٦﴾
Sizlardan qaysingizda majnunlik borligini.
إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعْلَمُ بِمَن ضَلَّ عَن سَبِيلِهِۦ وَهُوَ أَعْلَمُ بِٱلْمُهْتَدِينَ ﴿٧﴾
Albatta, Robbing O'zi kim Uning yo'lidan adashganini biluvchidur va U hidoyatda yuruvchilarni ham biluvchidur.
فَلَا تُطِعِ ٱلْمُكَذِّبِينَ ﴿٨﴾
Bas, yolg'onga chiqaruvchilarga itoat qilma.
وَدُّوا۟ لَوْ تُدْهِنُ فَيُدْهِنُونَ ﴿٩﴾
Agar sen murosa qilsang, ular ham murosa qilishni orzu qiladilar.
وَلَا تُطِعْ كُلَّ حَلَّافٍ مَّهِينٍ ﴿١٠﴾
Itoat qilma! Har bir qasamxo'r, pastkashga.
هَمَّازٍ مَّشَّآءٍۭ بِنَمِيمٍ ﴿١١﴾
Ayblovchi, chaqimchilik qilib yuruvchiga.
مَّنَّاعٍ لِّلْخَيْرِ مُعْتَدٍ أَثِيمٍ ﴿١٢﴾
Yaxshilikni man qiluvchi, tajovuzkor, sergunohga.
عُتُلٍّۭ بَعْدَ ذَٰلِكَ زَنِيمٍ ﴿١٣﴾
Qo'pol, undan so'ng, otasining tayini yo'qqa.
أَن كَانَ ذَا مَالٍ وَبَنِينَ ﴿١٤﴾
Moli va o'g'illari ko'p bo'lganidan.
إِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِ ءَايَـٰتُنَا قَالَ أَسَـٰطِيرُ ٱلْأَوَّلِينَ ﴿١٥﴾
Bizning oyatlarimiz unga o'qilgan paytda, avvalgilarning afsonalari, der.
سَنَسِمُهُۥ عَلَى ٱلْخُرْطُومِ ﴿١٦﴾
Tezda uning tumshug'iga belgi qo'yamiz.
إِنَّا بَلَوْنَـٰهُمْ كَمَا بَلَوْنَآ أَصْحَـٰبَ ٱلْجَنَّةِ إِذْ أَقْسَمُوا۟ لَيَصْرِمُنَّهَا مُصْبِحِينَ ﴿١٧﴾
Albatta, Biz ularni bog' egalarini sinaganimizdek sinab ko'rdik. Vaqtiki, erta tongda terib olamiz, deb qasam ichdilar.
وَلَا يَسْتَثْنُونَ ﴿١٨﴾
Va istisno qilmadilar.
فَطَافَ عَلَيْهَا طَآئِفٌ مِّن رَّبِّكَ وَهُمْ نَآئِمُونَ ﴿١٩﴾
Ular uxlab yotganda, u(bog')ning ustidan Robbingdan bo'lgan aylanuvchi aylanib chiqdi.
فَأَصْبَحَتْ كَٱلصَّرِيمِ ﴿٢٠﴾
Bas, u xuddi mevasi terib olinganga o'xshab qoldi.
فَتَنَادَوْا۟ مُصْبِحِينَ ﴿٢١﴾
Ular tong saharda bir-birlarini chaqirdilar.
أَنِ ٱغْدُوا۟ عَلَىٰ حَرْثِكُمْ إِن كُنتُمْ صَـٰرِمِينَ ﴿٢٢﴾
Agar teradigan bo'lsangiz, ekinzoringizga ertaroq boring, deb.
فَٱنطَلَقُوا۟ وَهُمْ يَتَخَـٰفَتُونَ ﴿٢٣﴾
Bas, past ovoz bilan gaplashib yurib ketdilar.
أَن لَّا يَدْخُلَنَّهَا ٱلْيَوْمَ عَلَيْكُم مِّسْكِينٌ ﴿٢٤﴾
Bugun siz boringizda u(bog')ga miskin kira ko'rmasin, deb.
وَغَدَوْا۟ عَلَىٰ حَرْدٍ قَـٰدِرِينَ ﴿٢٥﴾
Va ertalabda qasd-la, o'zlarini qodir sezib, bordilar.
فَلَمَّا رَأَوْهَا قَالُوٓا۟ إِنَّا لَضَآلُّونَ ﴿٢٦﴾
Uni ko'rganlarida, biz adashibmiz, dedilar.
بَلْ نَحْنُ مَحْرُومُونَ ﴿٢٧﴾
Balki biz mahrum bo'lgandirmiz, dedilar.
قَالَ أَوْسَطُهُمْ أَلَمْ أَقُل لَّكُمْ لَوْلَا تُسَبِّحُونَ ﴿٢٨﴾
Ularning eng yaxshi va adolatlisi: «Sizlarga tasbih aytsalaringiz-chi, demabmidim», dedi.
قَالُوا۟ سُبْحَـٰنَ رَبِّنَآ إِنَّا كُنَّا ظَـٰلِمِينَ ﴿٢٩﴾
Robbimiz ayblardan pok bo'ldi, albatta, biz zolimlardan edik, dedilar.
فَأَقْبَلَ بَعْضُهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ يَتَلَـٰوَمُونَ ﴿٣٠﴾
Bas, ba'zilari ba'zilarini malomat qila boshladilar.
قَالُوا۟ يَـٰوَيْلَنَآ إِنَّا كُنَّا طَـٰغِينَ ﴿٣١﴾
«Voy, sho'rimiz qursin, tug'yonga ketgan ekanmiz.
عَسَىٰ رَبُّنَآ أَن يُبْدِلَنَا خَيْرًا مِّنْهَآ إِنَّآ إِلَىٰ رَبِّنَا رَٰغِبُونَ ﴿٣٢﴾
Shoyad, Robbimiz uning o'rniga undan ko'ra yaxshirog'ini bersa. Biz o'z Robbimizga rag'batlimiz, dedilar.
كَذَٰلِكَ ٱلْعَذَابُ ۖ وَلَعَذَابُ ٱلْـَٔاخِرَةِ أَكْبَرُ ۚ لَوْ كَانُوا۟ يَعْلَمُونَ ﴿٣٣﴾
Azob shundoq bo'lur va agar bilsalar, albatta, oxirat azobi bundan katta bo'ladir.
إِنَّ لِلْمُتَّقِينَ عِندَ رَبِّهِمْ جَنَّـٰتِ ٱلنَّعِيمِ ﴿٣٤﴾
Albatta, taqvodorlar uchun Robbilari huzurida na'iym jannatlari bordur.
أَفَنَجْعَلُ ٱلْمُسْلِمِينَ كَٱلْمُجْرِمِينَ ﴿٣٥﴾
Musulmonlarni jinoyatkorlarga o'xshatib qo'yarmidik?!
مَا لَكُمْ كَيْفَ تَحْكُمُونَ ﴿٣٦﴾
Sizlarga nima bo'ldi, qanday hukm chiqaryapsizlar?!
أَمْ لَكُمْ كِتَـٰبٌ فِيهِ تَدْرُسُونَ ﴿٣٧﴾
Yoki sizlarning kitobingiz bor-u, undan o'qidingizmi?
إِنَّ لَكُمْ فِيهِ لَمَا تَخَيَّرُونَ ﴿٣٨﴾
Unda sizlarga nimani ixtiyor qilsangiz, albatta, (bo'laveradi) deyilganmi?!
أَمْ لَكُمْ أَيْمَـٰنٌ عَلَيْنَا بَـٰلِغَةٌ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَـٰمَةِ ۙ إِنَّ لَكُمْ لَمَا تَحْكُمُونَ ﴿٣٩﴾
Yoki sizlarga bizning qiyomat kunigacha yetadigan bergan va'dalarimiz bo'lib, unda, albatta, siz nima hukm qilsangiz, shu bo'ladi, deyilganmi?!
سَلْهُمْ أَيُّهُم بِذَٰلِكَ زَعِيمٌ ﴿٤٠﴾
So'ra ulardan, qay birlari bu narsaga kafil ekan?
أَمْ لَهُمْ شُرَكَآءُ فَلْيَأْتُوا۟ بِشُرَكَآئِهِمْ إِن كَانُوا۟ صَـٰدِقِينَ ﴿٤١﴾
Yoki ularning sheriklari bormikin, agar rostgo'y bo'lsalar, o'sha sheriklarini ham olib kelsinlar.
يَوْمَ يُكْشَفُ عَن سَاقٍ وَيُدْعَوْنَ إِلَى ٱلسُّجُودِ فَلَا يَسْتَطِيعُونَ ﴿٤٢﴾
Boldirlar shimarilgan kunida va ular sajdaga chaqirilganda, qodir bo'lmaslar.
خَـٰشِعَةً أَبْصَـٰرُهُمْ تَرْهَقُهُمْ ذِلَّةٌ ۖ وَقَدْ كَانُوا۟ يُدْعَوْنَ إِلَى ٱلسُّجُودِ وَهُمْ سَـٰلِمُونَ ﴿٤٣﴾
Ularning ko'zlari qo'rqinchga to'la, xorlik o'rab olgan. Va darhaqiqat, ular salomatlik hollarida sajda qilishga chaqirilgan edilar.
فَذَرْنِى وَمَن يُكَذِّبُ بِهَـٰذَا ٱلْحَدِيثِ ۖ سَنَسْتَدْرِجُهُم مِّنْ حَيْثُ لَا يَعْلَمُونَ ﴿٤٤﴾
Bu gapni yolg'onga chiqaruvchilarni Mening O'zimga qo'yib qo'y. Biz ularni o'zlari bilmagan tarafdan asta-sekin olamiz.
وَأُمْلِى لَهُمْ ۚ إِنَّ كَيْدِى مَتِينٌ ﴿٤٥﴾
Va ularga muhlat beraman. Albatta, Mening hiylam metindir.
أَمْ تَسْـَٔلُهُمْ أَجْرًا فَهُم مِّن مَّغْرَمٍ مُّثْقَلُونَ ﴿٤٦﴾
Yoki sen ulardan haq so'rayapsan-u, ular qarzga botib qoldilarmi?
أَمْ عِندَهُمُ ٱلْغَيْبُ فَهُمْ يَكْتُبُونَ ﴿٤٧﴾
Yoki huzurlarida g'oyib ilmi bor-u, ular yozib oladilarmi?
فَٱصْبِرْ لِحُكْمِ رَبِّكَ وَلَا تَكُن كَصَاحِبِ ٱلْحُوتِ إِذْ نَادَىٰ وَهُوَ مَكْظُومٌ ﴿٤٨﴾
Robbing hukmiga sabr qil va bir vaqtlar g'amga to'lgan holda nido qilgan baliq sohibiga o'xshama.
لَّوْلَآ أَن تَدَٰرَكَهُۥ نِعْمَةٌ مِّن رَّبِّهِۦ لَنُبِذَ بِٱلْعَرَآءِ وَهُوَ مَذْمُومٌ ﴿٤٩﴾
Agar uni Robbisining ne'mati topmaganda, ochiq sahro joyga, mazammatga qolgan holda tashlangan bo'lardi.
فَٱجْتَبَـٰهُ رَبُّهُۥ فَجَعَلَهُۥ مِنَ ٱلصَّـٰلِحِينَ ﴿٥٠﴾
Bas, uni Robbisi tanlab oldi va solih bandalaridan qildi.
وَإِن يَكَادُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَيُزْلِقُونَكَ بِأَبْصَـٰرِهِمْ لَمَّا سَمِعُوا۟ ٱلذِّكْرَ وَيَقُولُونَ إِنَّهُۥ لَمَجْنُونٌ ﴿٥١﴾
Va kofirlar zikrni eshitayotganlarida seni ko'zlari bilan toydirmoqchi bo'ldilar va, albatta, u jinnidur, derlar.
وَمَا هُوَ إِلَّا ذِكْرٌ لِّلْعَـٰلَمِينَ ﴿٥٢﴾
Holbuki, u butun olamlarga eslatmadan o'zga narsa emas.