QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qalam surasi · Oyatсураси · Оят11

هَمَّازٍ مَّشَّآءٍۭ بِنَمِيمٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ayblovchi, chaqimchilik qilib yuruvchiga.Айбловчи, чақимчилик қилиб юрувчига.Alauddin Mansour: gʻiybatchi-yu, gap tashuvchi,ғийбатчи-ю, гап ташувчи,

564-sahifa · 29-juz · 57-hizb564-саҳифа · 29-жуз · 57-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
هَمَّازٍۢkishilarni ayblovchiкишиларни айбловчиمَّشَّآءٍۭyuruvchigaюрувчигаبِنَمِيمٍۢchaqimchilik bilanчақимчилик билан
TafsirТафсир

Bu oyatlarda Alloh taolo Oʻzining gʻazabiga sabab boʻladigan toʻqqizta yomon insoniy qusurni zikr etadi. Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamni ushbu sifatdagi kishilarga ergashmaslikka buyuradi. Bu esa, oʻz navbatida, biz musulmonlarni ham mazkur razilatlardan uzoqda boʻlishga chorlovdir. Mana, oʻsha razilatlar:

1. Hallaaf–qasamxoʻr, koʻp qasam ichuvchi. Odatda, kishilar orasida ishonchini yoʻqotgan, subutsiz, oʻz foydasi uchun hech qanday pastkashlikdan qaytmaydigan kishilar koʻp qasam ichadi.

2. Mahiyn–fikri buzuq, yolgʻonchi.

3. Hammaaz–kishilarni ayblovchi, kamsituvchi va gʻiybat qiluvchi. Bu sifat ham eng yomon sifatlardan boʻlib, koʻpchilikning obroʻsini toʻkishga, jamiyat aʼzolarining oʻrtasida oʻzaro kelishmovchilik chiqishiga sabab boʻladi.

4. Mashshaaim binamiym–chaqimchilik qilib yuruvchi. Kishilar orasida adovat tarqatuvchilar, chaqimchilar ishi nihoyatda katta gunoh. Shuning uchun ham, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Chaqimchi jannatga kirmaydi», deganlar.

5. Mannaaʼin lilxoyri–yaxshilikni manʼ qiluvchi. Odamlardagi yaxshilikni, yaxshi xislatlarni toʻsuvchilar, albatta, Allohning gʻazabiga sazovor boʻlgan kishilardir.

6. Muʼtadin–tajovuzkor. Kishilarning haq-huquqlariga qarshi tajovuz qiladi, zulmkor boʻladi.

7. Asiym–sergunoh, yaʼni, gunoh ketidan gunoh qilaveradi.

8. Uʼtullim–qoʻpol, xulqi buzuq.

9. Zaniym–otasining tayini yoʻq, haromdan boʻlgan farzandlar.

Soʻngra, bu toʻqqiz sifatga oʻninchi, eng katta, eng yomon sifatni qoʻshib, Alloh taolo shunday deydi: