QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qalam surasi · Oyatсураси · Оят22

أَنِ ٱغْدُوا۟ عَلَىٰ حَرْثِكُمْ إِن كُنتُمْ صَـٰرِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar teradigan bo`lsangiz, ekinzoringizga ertaroq boring, deb.Агар терадиган бўлсангиз, экинзорингизга эртароқ боринг, деб.Alauddin Mansour: «Agar (hosilni) uzmoqchi boʻlsangizlar ziroatgohlaringizga yura qolinglar».«Агар (ҳосилни) узмоқчи бўлсангизлар зироатгоҳларингизга юра қолинглар».

565-sahifa · 29-juz · 57-hizb565-саҳифа · 29-жуз · 57-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَنِdebдебٱغْدُوا۟ertaroq boringэртароқ борингعَلَىٰ-ga-гаحَرْثِكُمْekinzoringizэкинзорингизإِنagarагарكُنتُمْboʻlsangizбўлсангизصَـٰرِمِينَteradiganтерадиган
TafsirТафсир

Yaʼni, kambagʻallar eshitib qolmasin, degan maqsadda shivirlashib gaplashib ketdilar.

Ushbu oyatlar qisqa boʻlishiga qaramay, Qurʼoni Karimdagi qissa uslubi qanchalar moʻʼjizakor ekanligini isbot qilmoqda. Bu uslubdan har qanday adib dars olsa, kam boʻlmaydi.

Bogʻ egalarining niyatlari buzildi. Bogʻ mevasini ertalab hech kimga koʻrsatmay terib olamiz, deb qasam ichishdi. Alloh xohlasa, ham demadilar, kambagʻallarning haqqini ajratib beramiz, ham demadilar.

Shuning uchun, Alloh taolo kechasi ular uxlab yotganlarida balo- ofat yuborib, bogʻni mevasi terib olinganga oʻxshatib qoʻydi.

Bogʻ egalari bundan bexabar. Ular sahar turib, birov bilib qolmasin, degan niyatda pichirlab, qani, endi bogʻga ketdik, terib oladigan boʻlsak, teraylik, deb yurib ketdilar. Ularning ochkoʻzligi oʻz taʼsirini oʻtkazib, ichlaridagini tashlariga chiqarib, bogʻga miskin kira koʻrmasin, deb taʼkidlab ham qoʻyishdi.

Kelgusi oyatlarda ularning bogʻga kirib borishlari va u yerdagi holatlari vasf qilinadi.