QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Haqqah surasi · Oyatсураси · Оят7

سَخَّرَهَا عَلَيْهِمْ سَبْعَ لَيَالٍ وَثَمَـٰنِيَةَ أَيَّامٍ حُسُومًا فَتَرَى ٱلْقَوْمَ فِيهَا صَرْعَىٰ كَأَنَّهُمْ أَعْجَازُ نَخْلٍ خَاوِيَةٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U zot ularning ustidan bu shamolni yetti kechayu sakkiz kunduz «beminnat xizmat» qildirib qo`ydi. Bas, qavmning u yerda halok bo`lib, ag`darilib yotganini ko`rasan. Ular xuddi xurmoning chirigan tomirlariga o`xsharlar.У зот уларнинг устидан бу шамолни етти кечаю саккиз кундуз «беминнат хизмат» қилдириб қўйди. Бас, қавмнинг у ерда ҳалок бўлиб, ағдарилиб ётганини кўрасан. Улар худди хурмонинг чириган томирларига ўхшарлар.Alauddin Mansour: U (boʻronni Alloh) ularning ustiga paydar-pay yetti kecha va sakkiz kunduz hokim qilib qoʻydiki, endi u joydagi qavmni xuddi chirib — ichi boʻshab qolgan xurmo daraxtining tanasidek qulab, halok boʻlib yotganlarini koʻrursiz.У (бўронни Аллоҳ) уларнинг устига пайдар-пай етти кеча ва саккиз кундуз ҳоким қилиб қўйдики, энди у жойдаги қавмни худди чириб — ичи бўшаб қолган хурмо дарахтининг танасидек қулаб, ҳалок бўлиб ётганларини кўрурсиз.

566-sahifa · 29-juz · 57-hizb566-саҳифа · 29-жуз · 57-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
سَخَّرَهَاuni estirib qoʻydiуни эстириб қўйдиعَلَيْهِمْularning ustidanуларнинг устиданسَبْعَyettiеттиلَيَالٍۢkechaкечаوَثَمَـٰنِيَةَva sakkizва саккизأَيَّامٍkunduzкундузحُسُومًۭاbetoʻxtovбетўхтовفَتَرَىbas, koʻrasanбас, кўрасанٱلْقَوْمَqavmniқавмниفِيهَاu yerdaу ердаصَرْعَىٰhalok boʻlib agʻdarilganҳалок бўлиб ағдарилганكَأَنَّهُمْgoʻyo ularгўё уларأَعْجَازُtomirlariga (toʻnkalariga)томирларига (тўнкаларига)نَخْلٍxurmoningхурмонингخَاوِيَةٍۢchirigan (ichi boʻsh)чириган (ичи бўш)
TafsirТафсир

Bu qavm dengiz boʻyida, koʻchib yuruvchi qumliklar ichidagi Ahqof nomli joyda, Yaman, Ummon va Hazaramat oʻrtaligʻidagi makonda yashab oʻtganlar. Ular baland boʻyli, keng yagʻrinli kishilar boʻlib, haybatli chodirlarda yashaganlar. Shuning uchun ham, Od qavmi oʻz zamonasidagi eng quvvatli kishilar deb talqin qilinadi. Ular doimo «Qani bizdan ham kuchli odamlar bormi?» deb maqtanib yurishar edi. Ularning gavdalari katta boʻlsa-da, aqllari past edi. Doimo but va sanamlarga sigʻinib, ularning himoyasi uchun urushib yurishardi.

Alloh taolo ularni hidoyatga boshlash uchun oʻzlaridan boʻlgan Hud alayhissalomni Paygʻambar qilib tanladi. U kishi bu qavmga Allohning amrini yetkazdilar. Lekin ular qabul qilmadi. Hud alay- hissalom bilan Od qavmining yetakchilari oʻrtasida Alloh, qiyomat kunining haqligi, oʻlgandan soʻng qayta tirilish borligi va boshqa mavzularda bir qancha tortishuvlar boʻlib oʻtdi. Qavm oʻz fikrini maʼqullab, Hud alayhissalom boshlagan hidoyatga yurmadi. Koʻplab urinishlardan soʻng Hud alayhissalom oʻz qavmlarining iymonga kelishiga umidlarini uzdilar. Shu bilan birga, ular Alloh taoloning azobiga duchor boʻlishlari muqarrar ekanligini ham taʼkidladilar.

Hud Paygʻambar ham, noshukr qavm ham nima boʻlishini kutib turdilar. Koʻp oʻtmay qurgʻoqchilik boshlandi. Yomgʻir yogʻmay qoʻydi. Od qavmi Hud alayhissalom huzurlariga kelib: «Nima boʻlyapti, oʻzi?»–deb soʻradilar.

Hud Paygʻambar: «Alloh sizlardan gʻazablandi, agar unga iymon keltirsalaringiz, u sizlardan rozi boʻladi va osmondan yomgʻir yogʻdiradi, quvvatingizga quvvat qoʻshadi», dedilar.

Qavm esa, u zotni masxara qilib, oʻz bilganidan qolmadi. Qurgʻoqchilik ofati avjiga chiqib, u yerdagi bor dov-daraxtlarni, oʻsimliklarni quritib bitirdi.

Kunlardan bir kun, kutilmaganda, osmonnni bulut qopladi. Od qavmi bu holdan xursand boʻlib, mana, endi yomgʻir yogʻadi, deb koʻchaga chiqdilar. Birdaniga havo keskin oʻzgardi. Kuchli sovuq shamol turdi. Hamma narsa larzaga kela boshladi. Od qavmi oʻzlarini chodirlarga urdilar. Shamol esa, chodirlarni ham uchirib ketdi. Kuchli, sovuq shamol avval kiyim-boshlarni, keyin kishilarning terisini yirtib, ularni parchalab tashladi. Yetti kechayu sakkiz kunduzdan keyin shamol toʻxtadi. Bu paytga kelib Od qavmining barcha aʼzolari tomiri qurib, gʻovak boʻlib qolgan xurmo daraxtlaridek qulab yotardilar. Ulardan birortasi ham tirik qolmagan edi. Haq subhanahu va taolo yuqoridagi oyatlarda ana shunga ishora qiladi.