QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Haqqah surasi · Oyatсураси · Оят6

وَأَمَّا عَادٌ فَأُهْلِكُوا۟ بِرِيحٍ صَرْصَرٍ عَاتِيَةٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ammo Od qattiq (sovuq) shamol bilan halok qilindilar.Ва аммо Од қаттиқ (совуқ) шамол билан ҳалок қилиндилар.Alauddin Mansour: Endi Od (qabilasi)ga kelsak, bas, ular bir dahshatli, quturgan buron bilan halok qilindilar.Энди Од (қабиласи)га келсак, бас, улар бир даҳшатли, қутурган бурон билан ҳалок қилиндилар.

566-sahifa · 29-juz · 57-hizb566-саҳифа · 29-жуз · 57-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأَمَّاva ammoва аммоعَادٌۭOdОдفَأُهْلِكُوا۟halok qilindilarҳалок қилиндиларبِرِيحٍۢshamol bilanшамол биланصَرْصَرٍqattiq sovuqқаттиқ совуқعَاتِيَةٍۢshiddatliшиддатли
TafsirТафсир

Bu qavm dengiz boʻyida, koʻchib yuruvchi qumliklar ichidagi Ahqof nomli joyda, Yaman, Ummon va Hazaramat oʻrtaligʻidagi makonda yashab oʻtganlar. Ular baland boʻyli, keng yagʻrinli kishilar boʻlib, haybatli chodirlarda yashaganlar. Shuning uchun ham, Od qavmi oʻz zamonasidagi eng quvvatli kishilar deb talqin qilinadi. Ular doimo «Qani bizdan ham kuchli odamlar bormi?» deb maqtanib yurishar edi. Ularning gavdalari katta boʻlsa-da, aqllari past edi. Doimo but va sanamlarga sigʻinib, ularning himoyasi uchun urushib yurishardi.

Alloh taolo ularni hidoyatga boshlash uchun oʻzlaridan boʻlgan Hud alayhissalomni Paygʻambar qilib tanladi. U kishi bu qavmga Allohning amrini yetkazdilar. Lekin ular qabul qilmadi. Hud alay- hissalom bilan Od qavmining yetakchilari oʻrtasida Alloh, qiyomat kunining haqligi, oʻlgandan soʻng qayta tirilish borligi va boshqa mavzularda bir qancha tortishuvlar boʻlib oʻtdi. Qavm oʻz fikrini maʼqullab, Hud alayhissalom boshlagan hidoyatga yurmadi. Koʻplab urinishlardan soʻng Hud alayhissalom oʻz qavmlarining iymonga kelishiga umidlarini uzdilar. Shu bilan birga, ular Alloh taoloning azobiga duchor boʻlishlari muqarrar ekanligini ham taʼkidladilar.

Hud Paygʻambar ham, noshukr qavm ham nima boʻlishini kutib turdilar. Koʻp oʻtmay qurgʻoqchilik boshlandi. Yomgʻir yogʻmay qoʻydi. Od qavmi Hud alayhissalom huzurlariga kelib: «Nima boʻlyapti, oʻzi?»–deb soʻradilar.

Hud Paygʻambar: «Alloh sizlardan gʻazablandi, agar unga iymon keltirsalaringiz, u sizlardan rozi boʻladi va osmondan yomgʻir yogʻdiradi, quvvatingizga quvvat qoʻshadi», dedilar.

Qavm esa, u zotni masxara qilib, oʻz bilganidan qolmadi. Qurgʻoqchilik ofati avjiga chiqib, u yerdagi bor dov-daraxtlarni, oʻsimliklarni quritib bitirdi.

Kunlardan bir kun, kutilmaganda, osmonnni bulut qopladi. Od qavmi bu holdan xursand boʻlib, mana, endi yomgʻir yogʻadi, deb koʻchaga chiqdilar. Birdaniga havo keskin oʻzgardi. Kuchli sovuq shamol turdi. Hamma narsa larzaga kela boshladi. Od qavmi oʻzlarini chodirlarga urdilar. Shamol esa, chodirlarni ham uchirib ketdi. Kuchli, sovuq shamol avval kiyim-boshlarni, keyin kishilarning terisini yirtib, ularni parchalab tashladi. Yetti kechayu sakkiz kunduzdan keyin shamol toʻxtadi. Bu paytga kelib Od qavmining barcha aʼzolari tomiri qurib, gʻovak boʻlib qolgan xurmo daraxtlaridek qulab yotardilar. Ulardan birortasi ham tirik qolmagan edi. Haq subhanahu va taolo yuqoridagi oyatlarda ana shunga ishora qiladi.