فَأَمَّا ثَمُودُ فَأُهْلِكُوا۟ بِٱلطَّاغِيَةِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, ammo Samud haddan oshuvchi bilan halok qilindi.Бас, аммо Самуд ҳаддан ошувчи билан ҳалок қилинди.Alauddin Mansour: Endi Samud (qabilasi)ga kelsak, bas, ular haddan tashqari qattiq narsa (chaqmoq) bilan halok qilindilar.Энди Самуд (қабиласи)га келсак, бас, улар ҳаддан ташқари қаттиқ нарса (чақмоқ) билан ҳалок қилиндилар.
«Haddan oshuvchi»dan murod qattiq chaqmoqdir. Maʼlumki, Samud qavmi Hijozning Vodil Quro nomli joyida yashab oʻtgan edi. Alloh taolo ularga Solih alayhissalomni Paygʻambar qilib yuborgan. Ular boʻlsa, bu Paygʻambarni tan olmaganlar. Yolgʻonchiga chiqarganlar, oqibatda Alloh taolo ularni qattiq, dahshatli ovozli momaqaldiroq va haddan oshuvchi chaqmoq bilan halok qilgan.