وَنَزَعَ يَدَهُۥ فَإِذَا هِىَ بَيْضَآءُ لِلنَّـٰظِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va qo`lini chiqargan edi... banogoh u nazar soluvchilarga oppoq bo`lib ko`rindi.Ва қўлини чиқарган эди... баногоҳ у назар солувчиларга оппоқ бўлиб кўринди.Alauddin Mansour: Keyin qoʻlini (choʻntagidan) chiqargan edi, banogoh u qarab turganlarga (kundan ham) oq boʻlib koʻrindi (holbuki, Muso qoramagʻiz odam edi).Кейин қўлини (чўнтагидан) чиқарган эди, баногоҳ у қараб турганларга (кундан ҳам) оқ бўлиб кўринди (ҳолбуки, Мусо қорамағиз одам эди).
Aslida, Muso alayhissalom bugʻdoyrang tusda edilar. Firʼavn moʻʼjiza koʻrsatishni talab qilganda qoʻllarini qoʻltiqlaridan chiqargan zahoti oppoq tusda namoyon boʻldi. Koʻringanda ham, barchaning havasini keltiradigan darajada chiroyli boʻlib koʻrindi. Mantiqan, talab qilingan moʻʼjiza roʻy berganidan soʻng muqobil tomon tan berishi va daʼvatni qabul qilishi kerak. Bu oqillik va mardlik alomati. Ammo, niyati buzuq, oʻz niyati yoʻlida har qanday pastkashlikka tayyor gʻalamislar turli igʻvo va boʻhtonlarni koʻz yummay toʻqiydilar. Odatda, bunday ishlarni tugʻyonga ketgan podshoh–firʼavnlarning yon-atrofida yurgan amaldorlar–boylar va zodagonlar qilishadi. Muso alayhissalomning moʻʼjizalarini koʻrganlaridan keyin ham, oʻsha odatga binoan: