يُرِيدُ أَن يُخْرِجَكُم مِّنْ أَرْضِكُمْ ۖ فَمَاذَا تَأْمُرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizlarni yeringizdan chiqarishni xohlaydi. Bas, nimaga amr qilasizlar?» – dedilar.Сизларни ерингиздан чиқаришни хоҳлайди. Бас, нимага амр қиласизлар?» – дедилар.Alauddin Mansour: Firʼavn aytdi: «U sizlarni oʻz yerlaringizdan chiqarmoqchi, nima deysizlar?»Фиръавн айтди: «У сизларни ўз ерларингиздан чиқармоқчи, нима дейсизлар?»
Boshqa suraning taʼkidlashicha, bu gaplarni moʻʼjizalarga guvoh boʻlgan Firʼavn bir oz oʻtib, qoʻrquv tarqab, oʻziga kelgandan keyin aytgan. Firʼavnning gaplarini qonun deb bilgan zodagonlar xushomad tariqasida uning soʻzlarini aynan takrorlaganlar. Oʻsha takror ushbu ikki oyatda ifodalanmoqda.
Ular Muso alayhissalomning moʻʼjizalarini koʻrdilar, bu haqiqatan oddiy narsa emasligini angladilar, ammo tuyonlari bu haqiqatni tan olishga yoʻl qoʻymadi. Muso alayhissalomning shaxslarida va daʼvatkor nutqlarida oʻzlariga nisbatan ulkan xatarni koʻrdilar. Shu boisdan, u zot xususida
«Albatta, bu bilimdon sehrgardir!» – dedilar.
Ularning yurtida ayni shu davrda sehrgarlik rivojlanib, eng baland choʻqqiga chiqqan, biroq Muso alayhissalomning moʻʼjizalari oddiy sehrgarlar koʻrsatayotgan narsalarga oʻxshamas edi. Shu boisdan, ular «bilimdon sehrgar», yaʼni, oddiy sehrgarlardan koʻra ustun, ilmli sehrgar, degan boʻhtonni toʻqishdi. Sehrgar boʻlsa nima, shuncha sehrgarlarning biri boʻlib yuraversin-da, deyish mantiqan toʻgʻri. Yoʻq, zodagonlar Muso alayhissalomning sehrgar emasligini bildilar. Shundan soʻng uning daʼvati ularni bezovta qila boshladi. Ular Muso alayhissalomdan qutulish yoʻllarini axtardilar. Xullas, odamlarni unga teskari qoʻyish kerak, degan xulosaga kelishdi. Shuning uchun ham:
«Sizlarni yeringizdan chiqarishni xohlaydi»,–deb igʻvo toʻqishdi.
Yaʼni, yeringizni egallab olib, sizlarga oʻzi hokim boʻlmoqchi. Har bir daʼvatchiga unga qarshi boʻlgan kofirlar va hasadgoʻylarning munosabati hamisha shunday boʻlgan. Bunday daʼvatchilarni nima qilib boʻlsa ham yoʻq qilish kerak.
«Bas, nimaga amr qilasizlar?» – dedilar.
Muso alayhissalomni nima qilish kerak? Bir qarorga kelinglar. Barcha zamonlarning firʼavnlari va zodagonlari oʻz davri musolariga nisbatan shu soʻzlarni aytadi. Hozir ham aytyaptilar.
Zodagonlar maslahat qilishib, bir qarorga keldilar va Firʼavnga: