QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят129

قَالُوٓا۟ أُوذِينَا مِن قَبْلِ أَن تَأْتِيَنَا وَمِنۢ بَعْدِ مَا جِئْتَنَا ۚ قَالَ عَسَىٰ رَبُّكُمْ أَن يُهْلِكَ عَدُوَّكُمْ وَيَسْتَخْلِفَكُمْ فِى ٱلْأَرْضِ فَيَنظُرَ كَيْفَ تَعْمَلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Sen bizga kelmasingdan oldin ham, kelganingdan keyin ham ozor tortdik», – dedilar. U: «Shoyadki, Robbingiz dushmanlaringizni halok etib, sizlarni yer yuziga xalifa qilib, qanday amal qilishingizga nazar solsa», – dedi.Улар: «Сен бизга келмасингдан олдин ҳам, келганингдан кейин ҳам озор тортдик», – дедилар. У: «Шоядки, Роббингиз душманларингизни ҳалок этиб, сизларни ер юзига халифа қилиб, қандай амал қилишингизга назар солса», – деди.Alauddin Mansour: Ular aytdilar: «Sen bizga (paygʻambar boʻlib) kelishingdan ilgari ham (yaʼni, oʻshanda ham Firʼavn oʻgʻillarimizni oʻldirib, ayollarimizni tirik qoldirib, zulm qilgan edi), sen kelganingdan keyin ham ozor koʻrdik». U (Muso) dedi: «Shoyad Parvardigoringiz dushmanlaringizni halok etib, sizlarni bu Yerga xalifa qilsa va qanday amallar qilishingizni koʻrsa».Улар айтдилар: «Сен бизга (пайғамбар бўлиб) келишингдан илгари ҳам (яъни, ўшанда ҳам Фиръавн ўғилларимизни ўлдириб, аёлларимизни тирик қолдириб, зулм қилган эди), сен келганингдан кейин ҳам озор кўрдик». У (Мусо) деди: «Шояд Парвардигорингиз душманларингизни ҳалок этиб, сизларни бу Ерга халифа қилса ва қандай амаллар қилишингизни кўрса».

165-sahifa · 9-juz · 17-hizb165-саҳифа · 9-жуз · 17-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالُوٓا۟dedilarдедиларأُوذِينَاozor tortdikозор тортдикمِن-dan-данقَبْلِoldinолдинأَن-ki-киتَأْتِيَنَاsen bizga kelishingсен бизга келишингوَمِنۢva -danва -данبَعْدِkeyinкейинمَا-ki-киجِئْتَنَا ۚbizga kelganingбизга келганингقَالَdediдедиعَسَىٰshoyadkiшоядкиرَبُّكُمْRobbingizРоббингизأَن-ki-киيُهْلِكَhalok etsaҳалок этсаعَدُوَّكُمْdushmanlaringizniдушманларингизниوَيَسْتَخْلِفَكُمْva sizlarni xalifa qilsaва сизларни халифа қилсаفِى-da-даٱلْأَرْضِyer yuziер юзиفَيَنظُرَbas, nazar solsaбас, назар солсаكَيْفَqandayқандайتَعْمَلُونَamal qilishingizgaамал қилишингизга
TafsirТафсир

Qavm Paygʻambariga taʼna qildi. Sen kelmasingdan burun ham ozor tortar edik, oʻshanda ham oʻgʻillarimizni oʻldirib, ayollarimizni tirik qoldirar edilar, sen kelganingdan keyin ham, baribir, ozor topmoqdamiz, yana oʻgʻillarimizni oʻldirib, qizlarimizni tirik qoʻyishmoqchi, dedilar. Ularning fikricha, Paygʻambar kelishi hamono hamma narsa ularning foydasiga hal boʻlib qolishi kerak ekan. Ular Paygʻambar shaxsiga taʼna qilmoqdalar. Ammo, nega oʻzlariga nazar solmaydilar? Oʻzlari nimalar qildilar? Iymon keltirdilarmi? Iymon taqozo etgan biror-bir ishni qildilarmi? Nomiga boʻlsa ham, xoru zorlikdan qutulish uchun zarracha urinib koʻrdilarmi? Yoʻq! Bu ishlarning birortasini qilmadilar. Ammo, Paygʻambarga qilayotgan daʼvolari olamni tutadi. Tabiati buzuq qavmlar toʻgʻri yoʻlni koʻrsatmoqchi boʻlgan daʼvatchilarga nisbatan, odatda, shunday munosabatda boʻladilar.

Ammo, Muso alayhissalom yana bosiqlik va vazminlik bilan ularga nasihat qilishda davom etdilar:

«Shoyadki, Robbingiz dushmanlaringizni halok etib, sizlarni yer yuziga xalifa qilib, qanday amal qilishingizga nazar solsa», – dedi».

Diqqat qiladigan boʻlsak, Muso alayhissalom oʻz daʼvatlarida qavm tomonidan boʻlishi lozim narsa «amal» ekanini alohida taʼkid etmoqdalar. Qaysi tilda gapirasiz, qanday qaror qabul qilasiz–bularga yoki boshqa narsaga emas, balki «qanday amal qilishingizga nazar solsa», demoqdalar. Demak, qasdga erishish uchun amal kerak ekan. Farmonlar, qarorlar emas, amal!

Muso alayhissalomning aytganlari roʻyobga chiqdi.