فَإِذَا جَآءَتْهُمُ ٱلْحَسَنَةُ قَالُوا۟ لَنَا هَـٰذِهِۦ ۖ وَإِن تُصِبْهُمْ سَيِّئَةٌ يَطَّيَّرُوا۟ بِمُوسَىٰ وَمَن مَّعَهُۥٓ ۗ أَلَآ إِنَّمَا طَـٰٓئِرُهُمْ عِندَ ٱللَّهِ وَلَـٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular o`zlariga yaxshilik yetganda: «Bunga biz haqdormiz», – dedilar. Agar ularga yomonlik yetsa, Muso va u bilan birga bo`lganlardan shumlandilar. Ogoh bo`lsinlarkim, ularning shumliklari Allohning huzuridan boshqa joyda emas. Lekin ko`plari bilmaslar.Улар ўзларига яхшилик етганда: «Бунга биз ҳақдормиз», – дедилар. Агар уларга ёмонлик етса, Мусо ва у билан бирга бўлганлардан шумландилар. Огоҳ бўлсинларким, уларнинг шумликлари Аллоҳнинг ҳузуридан бошқа жойда эмас. Лекин кўплари билмаслар.Alauddin Mansour: Shundan keyin ham qachon ularga yaxshiligimiz (osoyishta hayot, unumdorlik) kelsa: «Bunga oʻzimiz haqdormiz», deyishdi. Agar ularga biron yomonlik yetib qolsa, Muso va u bilan birga (unga iymon keltirgan) kishilardan badgumon boʻldilar. Ogoh boʻlsinlarki, albatta ularning koʻrguliklari (yaʼni, ular koʻradigan yaxshiliklar ham, yomonliklar ham) faqat Allohning huzuridadir. Lekin ularning koʻplari (buni) bilmaydilar.Шундан кейин ҳам қачон уларга яхшилигимиз (осойишта ҳаёт, унумдорлик) келса: «Бунга ўзимиз ҳақдормиз», дейишди. Агар уларга бирон ёмонлик етиб қолса, Мусо ва у билан бирга (унга иймон келтирган) кишилардан бадгумон бўлдилар. Огоҳ бўлсинларки, албатта уларнинг кўргуликлари (яъни, улар кўрадиган яхшиликлар ҳам, ёмонликлар ҳам) фақат Аллоҳнинг ҳузуридадир. Лекин уларнинг кўплари (буни) билмайдилар.
Iymonsiz va tabiati buzuq insonlar atroflarida roʻy berayotgan hodisalarni notoʻgʻri talqin qilishga odatlangan boʻladilar. Ular har qanday yaxshilikni, biz qildik, biz bunga haqdormiz, bizdan boshqa hech kim buni qila olmaydi va haqdor ham emas, deydilar.
«Ular oʻzlariga yaxshilik yetganda: «Bunga biz haqdormiz», – dedilar».
Agar yomonlik kelsa, boshqalardan, alalxusus, dindan va din ahlidan koʻradilar.
«Agar ularga yomonlik yetsa, Muso va u bilan birga boʻlganlardan shumlandilar».
Bu haqiqatni dunyodagi eng buzuq tabiatli maxluqlar boʻlmish xudosizlar hukmi ostida yashagan xalqlar juda ham yaxshi biladilar. Ular zigʻircha yaxshilik yetsa, bizga bu baxtni bergan partiyaga ming rahmat, dunyoda bizdan boshqa bu baxtga erishganlar yoʻq, deb jar solishar, agar biror yomonlik yetsa, dinga, dindorlarga, «xalq dushmanlariga» va «tabiat injiqliklariga» osilishar edi. Ushbu oyati karima mazmunini chuqur anglaganimizdan soʻng, bu xususiyat ularga Firʼavn ahlidan meros qolganini tushunib olamiz.
Chunki, Firʼavn ahli ham sodir boʻlgan yaxshilik va xursandchilikning boisini oʻzlaridan deb bilishar, jamiki yomonliklar sababini Muso alayhissalomga va moʻminlarga agʻdarishar edi. Aslida, hamma narsa, jumladan, yomonlik ham Allohning huzuridandir.
«Ogoh boʻlsinlarkim, ularning shumliklari Allohning huzuridan boshqa joyda emas. Lekin koʻplari bilmaslar».
Ha, koʻpchilik buni bilmaydi. Firʼavn ahli ham bilmadi. Ular Muso alayhissalomga iymon keltirish oʻrniga, u kishiga qarshi igʻvo va inkorni kuchaytirdilar: