وَقَالُوا۟ مَهْمَا تَأْتِنَا بِهِۦ مِنْ ءَايَةٍ لِّتَسْحَرَنَا بِهَا فَمَا نَحْنُ لَكَ بِمُؤْمِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Har qancha oyat keltirib bizni sehrlamoqchi bo`lsang ham, biz senga iymon keltirguvchi emasmiz», – dedilar.Улар: «Ҳар қанча оят келтириб бизни сеҳрламоқчи бўлсанг ҳам, биз сенга иймон келтиргувчи эмасмиз», – дедилар.Alauddin Mansour: Ular (Musoga): «Bizlarni sehrlash uchun qanday oyat-moʻʼjiza keltirsang ham biz senga hargiz iymon keltirguvchi emasmiz», dedilar.Улар (Мусога): «Бизларни сеҳрлаш учун қандай оят-мўъжиза келтирсанг ҳам биз сенга ҳаргиз иймон келтиргувчи эмасмиз», дедилар.
Yaʼni, iymon keltirishdan mutlaqo bosh tortdilar. Oyat-moʻʼjizani koʻrishni xohlamadilar ham. Balki Muso alayhissalom ularni ishontirish uchun har qancha urinsalar ham, urinishlari behuda ketishini oldindan aytib qoʻydilar.
Ana shunda ularni qilmishlariga munosib tarzda jazolash fursati yetib keldi.