فَأَرْسَلْنَا عَلَيْهِمُ ٱلطُّوفَانَ وَٱلْجَرَادَ وَٱلْقُمَّلَ وَٱلضَّفَادِعَ وَٱلدَّمَ ءَايَـٰتٍ مُّفَصَّلَـٰتٍ فَٱسْتَكْبَرُوا۟ وَكَانُوا۟ قَوْمًا مُّجْرِمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, ularning ustidan to`fon, chigirtka, mita, baqa va qonlarni ochiq-oydin va mufassal belgilar qilib yubordik. Bas, ular mutakabbirlik qildilar va jinoyatchi qavm bo`ldilar.Бас, уларнинг устидан тўфон, чигиртка, мита, бақа ва қонларни очиқ-ойдин ва муфассал белгилар қилиб юбордик. Бас, улар мутакаббирлик қилдилар ва жиноятчи қавм бўлдилар.Alauddin Mansour: Bas, Biz ularning ustlariga toʻfon (sel), chigirtka, bit, baqa va qon (balolarini) ochiq oyat-moʻʼjizalar qilib yubordik. (Lekin) ular kibr-havo qildilar va jinoyatchi — osiy qavm boʻldilar.Бас, Биз уларнинг устларига тўфон (сел), чигиртка, бит, бақа ва қон (балоларини) очиқ оят-мўъжизалар қилиб юбордик. (Лекин) улар кибр-ҳаво қилдилар ва жиноятчи — осий қавм бўлдилар.
Yaʼni, Alloh taolo Firʼavn va uning ahli vaʼz-nasihatga quloq tutsin, insofu iymonga kelsin, qilayotgan jinoyatlaridan qaytsin deb, ularga mufassal qilib, alohida-alohida tarzda oyat-belgilarni yubordi. Baʼzi ulamolarning fikricha, Isro surasidagi «Musoga toʻqqizta ochiq-oydin oyat-belgi berdik», deyilishiga qaraganda, toʻqqiz yilda toʻqqizta oyat yuborgan, chunonchi: aso, qoʻl, qahatchilik, meva va jonlarni nuqsonga uchratish, toʻfon, chigirtka, mita, baqa va qon.
Alloh taolo har gal balo yuborganida, Firʼavn ahli dod-voy solishib, tavba qilishar, jinoyatlarini tark etishga va Bani Isroilni qoʻyib yuborishga Muso alayhissalomga vaʼda berishar edi. Ushbu holatni quyidagi oyat bayon qiladi: