فَٱنتَقَمْنَا مِنْهُمْ فَأَغْرَقْنَـٰهُمْ فِى ٱلْيَمِّ بِأَنَّهُمْ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَا وَكَانُوا۟ عَنْهَا غَـٰفِلِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, ulardan intiqom oldik. Oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlari va ulardan g`ofil bo`lganlari uchun ularni dengizga g`arq qildik.Бас, улардан интиқом олдик. Оятларимизни ёлғонга чиқарганлари ва улардан ғофил бўлганлари учун уларни денгизга ғарқ қилдик.Alauddin Mansour: Bas, Biz ulardan intiqom oldik — oyatlarimizni yolgʻon deganlari va ulardan gʻofil boʻlganliklari sababli dengizga gʻarq qildik.Бас, Биз улардан интиқом олдик — оятларимизни ёлғон деганлари ва улардан ғофил бўлганликлари сабабли денгизга ғарқ қилдик.
Alloh taolo sabr bilan ularning boshidan azobni karra-karra koʻtarib, ortga surib keldi. Ammo, vaqti-soati yetganida, qoyilmaqom qilib intiqom oldi. Allohning oyatlarini rad etib, kofir boʻlganlari uchun va oyatlardan ibrat olmay, gʻofil boʻlganlari uchun suv qaʼriga gʻarq boʻlib, hammalari birdaniga halok boʻldilar. Oyati karimada, dengizga gʻarq qildik, deyiladi. Bu dengiz, Qizil dengizdir.