وَأَوْرَثْنَا ٱلْقَوْمَ ٱلَّذِينَ كَانُوا۟ يُسْتَضْعَفُونَ مَشَـٰرِقَ ٱلْأَرْضِ وَمَغَـٰرِبَهَا ٱلَّتِى بَـٰرَكْنَا فِيهَا ۖ وَتَمَّتْ كَلِمَتُ رَبِّكَ ٱلْحُسْنَىٰ عَلَىٰ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ بِمَا صَبَرُوا۟ ۖ وَدَمَّرْنَا مَا كَانَ يَصْنَعُ فِرْعَوْنُ وَقَوْمُهُۥ وَمَا كَانُوا۟ يَعْرِشُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va xo`rlanib yurgan qavmni esa, o`zimiz barakali qilgan yerning mashriqiyu mag`ribiga merosxo`r qildik. Sabr qilganlari uchun Robbingning go`zal so`zlari Bani Isroilga batamom bo`ldi. Fir'avn va uning qavmi qurgan narsalarni va ular yuksaltirgan narsalarni vayron qildik.Ва хўрланиб юрган қавмни эса, ўзимиз баракали қилган ернинг машриқию мағрибига меросхўр қилдик. Сабр қилганлари учун Роббингнинг гўзал сўзлари Бани Исроилга батамом бўлди. Фиръавн ва унинг қавми қурган нарсаларни ва улар юксалтирган нарсаларни вайрон қилдик.Alauddin Mansour: (Misr va Shomdagi) Oʻzimiz barakotli qilgan yerning mashriq va magʻriblariga bechora qavmni (yaʼni, Bani Isroilni) voris qilib qoʻydik. Sabr-toqat qilganlari sababli Bani Isroilga Parvardigoringizning («Bu yerdan bechora boʻlgan zotlarga inʼom qilishni va ularni odamlarga yetakchi qilib qoʻyishni istaymiz», degan) goʻzal soʻzlari toʻla-toʻkis boʻldi. Firʼavn va qavmi qurib olgan imoratlarni va baland qilib koʻtargan qasrlarni esa vayron qildik.(Миср ва Шомдаги) Ўзимиз баракотли қилган ернинг машриқ ва мағрибларига бечора қавмни (яъни, Бани Исроилни) ворис қилиб қўйдик. Сабр-тоқат қилганлари сабабли Бани Исроилга Парвардигорингизнинг («Бу ердан бечора бўлган зотларга инъом қилишни ва уларни одамларга етакчи қилиб қўйишни истаймиз», деган) гўзал сўзлари тўла-тўкис бўлди. Фиръавн ва қавми қуриб олган иморатларни ва баланд қилиб кўтарган қасрларни эса вайрон қилдик.
Oyatdagi «xoʻrlanib yurgan qavm»dan murod Bani Isroildir. Firʼavn va uning ahli Bani Isroil oʻgʻlonlarini oʻldirib, qizlarini choʻri, oʻzlarini xizmatkor qilib, mudom xoʻrlashar edilar. Alloh taolo Firʼavn va uning qavmini ulkan jinoyatlari boisidan gʻarq etib, halok qilganidan soʻng, «xoʻrlanib yurgan qavm»ni oʻzi barakali qilib qoʻygan yerning mashriq va magʻribiga merosxoʻr qilganini eslatmoqda.
«Va xoʻrlanib yurgan qavmni esa, oʻzimiz barakali qilgan yerning mashriqiyu magʻribiga merosxoʻr qildik».
Endi, ular xorlikdan qutulib, ozod va farovon turmush kechirish imkoniga ega boʻldilar. Bunday imkonning ularga berilishi:
«Sabr qilganlari uchun Robbingning goʻzal soʻzlari Bani Isroilga batamom boʻldi»,–deya taʼriflanmoqda.
«Firʼavn va uning qavmi qurgan narsalarni va ular yuksaltirgan narsalarni vayron qildik».
Yaʼni, ular qurgan imoratlar, qasrlar va turli inshootlarni hamda ular undirgan bogʻu rogʻlarni ham vayron qildik.
Oyati karimadagi «Robbingning goʻzal soʻzlari» iborasidan murod–avval taʼkid boʻlgan: «Shoyadki, Robbingiz dushmanlaringizni halok etib, sizlarni yer yuziga xalifa qilib, qanday amal qilishingizga nazar solsa», degan soʻzlariga ishoradir. Yaʼni, ushbu soʻzlar batamom yuzaga chiqdi. Alloh taolo Bani Isroilga dushman boʻlgan Firʼavn ahlini halok etdi. Bani Isroilni esa, yer yuziga xalifa qildi.
Keyingi keladigan oyati karimada Bani Isroil nima amal qilishiga nazar solinadi.