QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят138

وَجَـٰوَزْنَا بِبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ ٱلْبَحْرَ فَأَتَوْا۟ عَلَىٰ قَوْمٍ يَعْكُفُونَ عَلَىٰٓ أَصْنَامٍ لَّهُمْ ۚ قَالُوا۟ يَـٰمُوسَى ٱجْعَل لَّنَآ إِلَـٰهًا كَمَا لَهُمْ ءَالِهَةٌ ۚ قَالَ إِنَّكُمْ قَوْمٌ تَجْهَلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Bani Isroilni dengizdan olib o`tdik. Bas, ular o`z sanamlariga berilib sig`inayotgan qavm ustiga keldilar. Ular:» Ey Muso, bizga ham xuddi ularning xudolariga o`xshash xudo qilib ber», – dedilar. U: «Albatta, siz johil qavm bo`layotibsiz.Ва Бани Исроилни денгиздан олиб ўтдик. Бас, улар ўз санамларига берилиб сиғинаётган қавм устига келдилар. Улар:» Эй Мусо, бизга ҳам худди уларнинг худоларига ўхшаш худо қилиб бер», – дедилар. У: «Албатта, сиз жоҳил қавм бўлаётибсиз.Alauddin Mansour: (Keyin) Bani Isroilni dengizdan oʻtkazganimizdan soʻng, ular butlariga sigʻinib turgan bir qavm oldidan oʻtdilar va: «Ey Muso, bizlarga ham ularning ilohlari kabi xudo qilib (yasab) ber», dedilar. U aytdi: «Albatta, sizlar bilmaydigan qavmdirsizlar.(Кейин) Бани Исроилни денгиздан ўтказганимиздан сўнг, улар бутларига сиғиниб турган бир қавм олдидан ўтдилар ва: «Эй Мусо, бизларга ҳам уларнинг илоҳлари каби худо қилиб (ясаб) бер», дедилар. У айтди: «Албатта, сизлар билмайдиган қавмдирсизлар.

167-sahifa · 9-juz · 17-hizb167-саҳифа · 9-жуз · 17-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَجَـٰوَزْنَاva olib oʻtdikва олиб ўтдикبِبَنِىٓBaniБаниإِسْرَٰٓءِيلَIsroilniИсроилниٱلْبَحْرَdengizdanденгизданفَأَتَوْا۟bas, keldilarбас, келдиларعَلَىٰustigaустигаقَوْمٍۢqavmқавмيَعْكُفُونَberilib sigʻinayotganберилиб сиғинаётганعَلَىٰٓ-ga-гаأَصْنَامٍۢsanamlarсанамларلَّهُمْ ۚoʻzlariningўзларинингقَالُوا۟dedilarдедиларيَـٰمُوسَىey Musoэй Мусоٱجْعَلqilib berқилиб берلَّنَآbizgaбизгаإِلَـٰهًۭاxudoхудоكَمَاxuddi oʻxshashхудди ўхшашلَهُمْularda borуларда борءَالِهَةٌۭ ۚxudolarхудоларقَالَdediдедиإِنَّكُمْalbatta, sizалбатта, сизقَوْمٌۭqavmқавмتَجْهَلُونَjohil boʻlayotibsizжоҳил бўлаётибсиз
TafsirТафсир

Shu yerdan boshlab qissaning asosiy qahramonlari Muso alay- hissalom va Bani Isroil boʻladi. Zolim Firʼavn va uning badbaxt ahli halok boʻlib, taqdir sahnidan uloqtirib tashlandilar. Tugʻyonga ketgan podshoh va uning zodagonlari bilan Paygʻambar va unga iymon keltirganlar orasidagi kurash xotima topdi. Zolimlar halok boʻlib, mazlumlar ozod boʻldilar. Bani Isroil Firʼavn va uning ahli zulmidan abadiy xalos etildi.

«Va Bani Isroilni dengizdan olib oʻtdik».

Ular balo-ofatlardan qutuldilar. Oʻz mustaqilliklariga ega boʻldilar. Qizil dengizidan Alloh ularni oʻtkazgandan soʻng,

«Bas, ular oʻz sanamlariga berilib sigʻinayotgan qavm ustiga keldilar».

Rivoyatlarda qayd etilishicha, oʻsha qavm sigirga ibodat qilayotgan ekan. Buni koʻrgan Bani Isroil ahli:

«Ey Muso, bizga ham xuddi ularning xudolariga oʻxshash xudo qilib ber», – dedilar».

Aslida, ularni Firʼavn va ahlining uzoq muddatli ezishidan, xoʻrlashidan xalos etgan Allohga shukr aylab, yolgʻiz Ungagina ibodat qilishlari kerak edi. Aslida, ularni dahshatli azob-uqubatlardan Allohning amri va yordami ila fidokorlik qilib qutqazib olib chiqqan Paygʻambarlari Muso alayhissalomning maslahatisiz hech bir ish qilmasliklari lozim edi. Lekin ular bir zolim butparast qavmni yoʻl-yoʻlakay koʻrib qolib, ularga havas qilyaptilar. Allohga shirk keltirib, but-sanamlarga sigʻinishmoqchi. Eng dahshatlisi–taqdir sahrosida ularga Alloh tomonidan kelgan Paygʻambarlari Muso alayhissalom bosh boʻlishini istamadilar. U zotga nisbatan gerdaygancha:

«Ey Muso», deb xitob qilmoqdalar. U zotning olamlarning Robbidan Paygʻambar boʻlib kelganlari qayoqda qoldi? Allohning ibodatiga chaqirganlari qayoqda qoldi? Paygʻambarlik, rahnamolik hurmatlari qayoqda qoldi? Ularning ozodligi, erkinligi va yaxshiligi yoʻlida tortgan qiyinchiliklari, chekkan mashaqqatlari qayoqda qoldi? Uzoq vaqt istibdodga chidab yurgan qavm, zulmga boʻyin egib yurgan qavm, xorlik koʻtarib yurgan qavm har qanday pastkashlikka tayyor, tabiati buzuq odamlar toʻpiga aylandi. Bunday qavm yaxshilikning qadrini bilmaydigan, ustida kaltak sinib tursa boshini egib, dumini qisib yuradigan, bir oz erkinlik yetsa, hovliqib, haddan oshib, hech kimni tanimaydigan, oʻz ichlarida fitna qoʻzib, oʻzgalarga havas qiladigan boʻlib qoladi. Bugungi kunimiz tajribasi ham shuni koʻrsatmoqda.

Bani Isroil ham uzoq vaqt davomida misrliklarga qul boʻlib, zulm va istibdod ostida yashadi. Firʼavn va uning ahli ularning oʻgʻillarini oʻldirar, qizlarini choʻri, oʻzlarini xizmatkorga aylantirar edilar. Ana shu uzoq davom etgan xorlik va jabru sitamlarga boʻyin egib yurib, tabiatlari aynib ketdi. Alloh taolo Muso alayhissalomni ularga yuborib, Firʼavn va uning ahli zulmidan ozod qildi. Lekin buzilgan tabiat buzuqligini qildi. Ular Muso alayhissalomdan yasama xudo topib berishini talab qilishdi. Muso alayhissalom ularga qattiq raddiya bildirdi.

«U: «Albatta, siz johil qavm boʻlayotibsiz. Axir, anavilar ichida turgan narsa halokatdir va qilayotgan ishlari botildir», – dedi».

Yaʼni, Muso alayhissalom Bani Isroilga, siz johil qavmsiz, deb taʼkid ohangida aytdilar. Shuningdek, ular daʼvo qilayotgan va sanamlariga qattiq berilib ibodat qilayotgan qavmlarning tutgan dinlari halokatga olib borishini, bajarayotgan amallari botil ekanini tushuntirdilar. Ul zot oʻz soʻzlarida davom etib: