قَالَ أَغَيْرَ ٱللَّهِ أَبْغِيكُمْ إِلَـٰهًا وَهُوَ فَضَّلَكُمْ عَلَى ٱلْعَـٰلَمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Sizlarga Allohdan o`zgani xudo qilib beraymi?! Holbuki, U sizlarni olamlardan afzal qilgan zot-ku!» – dedi.«Сизларга Аллоҳдан ўзгани худо қилиб берайми?! Ҳолбуки, У сизларни оламлардан афзал қилган зот-ку!» – деди.Alauddin Mansour: (Yana) aytdi: «Men, sizlarni butun olamlardan afzal qilib qoʻygan Allohdan oʻzgani (yaʼni, jonsiz butni) sizlarga xudo qilib beramanmi?!»(Яна) айтди: «Мен, сизларни бутун оламлардан афзал қилиб қўйган Аллоҳдан ўзгани (яъни, жонсиз бутни) сизларга худо қилиб бераманми?!»
Bu soʻzlardan Muso alayhissalomning behad dargʻazab boʻlganlari yaqqol sezilib turibdi. Chunki, Bani Isroilning yuqoridagi ahvoloti hech bir risolaga toʻgʻri kelmas edi. Axir, Alloh taolo ularga Paygʻambar yuborib, ilohiy kitob nozil qilsa, shariat berib, oʻz zamonasidagi odamlardan afzal etib qoʻysa-yu, ular oʻz Paygʻambarlariga, bizga ham anavi qavmning xudolariga oʻxshash xudo qilib ber, deb turishsa. Bu gʻoyat darajada noshukrlik va oʻtaketgan shakkoklik edi. Soʻngra, Alloh taolo Qurʼoni Karim uslubini qoʻllab, Muso alayhissalomning soʻzlariga Oʻz kalomini ilova qilib Bani Isroilga xitob qiladi: