وَإِذْ أَنجَيْنَـٰكُم مِّنْ ءَالِ فِرْعَوْنَ يَسُومُونَكُمْ سُوٓءَ ٱلْعَذَابِ ۖ يُقَتِّلُونَ أَبْنَآءَكُمْ وَيَسْتَحْيُونَ نِسَآءَكُمْ ۚ وَفِى ذَٰلِكُم بَلَآءٌ مِّن رَّبِّكُمْ عَظِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizlarni yomon azoblarga qo`yayotgan, o`g`illaringizni o`ldirib, qizlaringizni tirik qoldirayotgan Fir'avn ahlidan qutqarganimizni eslang! Va bu ishda Robbingizdan ulug` sinov bordir.Сизларни ёмон азобларга қўяётган, ўғилларингизни ўлдириб, қизларингизни тирик қолдираётган Фиръавн аҳлидан қутқарганимизни эсланг! Ва бу ишда Роббингиздан улуғ синов бордир.Alauddin Mansour: (Ey Bani Isroil), sizlarni yomon azob qiynayotgan, oʻgʻillaringizni oʻldirib, ayollaringizni tirik qoldirayotgan Firʼavn odamlaridan qutqarganimizni eslangiz! Bu ishlarda (yaʼni, bu azob va najotda) Parvardigoringiz tarafidan ulugʻ imtihon bordir.(Эй Бани Исроил), сизларни ёмон азоб қийнаётган, ўғилларингизни ўлдириб, аёлларингизни тирик қолдираётган Фиръавн одамларидан қутқарганимизни эслангиз! Бу ишларда (яъни, бу азоб ва нажотда) Парвардигорингиз тарафидан улуғ имтиҳон бордир.
Yaʼni, ey, Bani Isroil, Paygʻambaringiz Musoga, bizga xuddi anovilarning xudolariga oʻxshash xudo qilib ber, deb haddingizdan tajovuz etmang. Yaqindagina Firʼavn ahlining sitam va azobi ostida ezilganingizni, ular oʻgʻlonlaringizni oʻldirib, qizlaringizni tirik qoldirsa ham, qoʻlingizdan hech vaqo kelmay jimgina yashaganingizni, ushbu azoblardan sizni Biz qutqarganimizni ham unutmang. Bu ishlarda, yaʼni, sizning azob-uqubat va qiyinchilikda qolishingizda ham, keyin qutulib, ozod boʻlishingizda ham Robbingizning katta sinovi bor. Qiyinchilikda sabr qilish, osonchilikda shukr qilish kerak.
Shu nuqtaga yetganda qissada yangi bosqich boshlanadi.
Muso alayhissalomning Robbi ila uchrashuvga hozirlik koʻrishi manzaralari keladi.