۞ وَوَٰعَدْنَا مُوسَىٰ ثَلَـٰثِينَ لَيْلَةً وَأَتْمَمْنَـٰهَا بِعَشْرٍ فَتَمَّ مِيقَـٰتُ رَبِّهِۦٓ أَرْبَعِينَ لَيْلَةً ۚ وَقَالَ مُوسَىٰ لِأَخِيهِ هَـٰرُونَ ٱخْلُفْنِى فِى قَوْمِى وَأَصْلِحْ وَلَا تَتَّبِعْ سَبِيلَ ٱلْمُفْسِدِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Muso bilan o`ttiz kechaga va'dalashdik. Keyin esa, uni o`n (kecha) bilan tugal qildik. Bas, Robbining belgilagan vaqti to`liq qirq kecha bo`ldi. Muso akasi Horunga: «Qavmimda mening o`rnimni ol, yaxshi ish qil, buzg`unchilarning yo`liga ergashma», – dedi.Ва Мусо билан ўттиз кечага ваъдалашдик. Кейин эса, уни ўн (кеча) билан тугал қилдик. Бас, Роббининг белгилаган вақти тўлиқ қирқ кеча бўлди. Мусо акаси Ҳорунга: «Қавмимда менинг ўрнимни ол, яхши иш қил, бузғунчиларнинг йўлига эргашма», – деди.Alauddin Mansour: Muso bilan oʻttiz kechaga vaʼdalashgan edik. Soʻngra uni yana oʻn (kecha) bilan toʻldirdik. Bas, Parvardigorining (uning uchun belgilagan) vaqti komil qirq kecha boʻldi. (Yaʼni, Alloh Tur togʻida Musoga shuncha muddat tanho ibodat qilishni buyurdi. Alloh taologa munojot qilish uchun ketar ekan), Muso akasi Horunga dedi: «Qavmim ustida mening oʻrinbosarim boʻlgin va (agar ular yomon amal qilsalar), tuzatgin. Buzgʻunchi kimsalarning yoʻliga ergashmagin».Мусо билан ўттиз кечага ваъдалашган эдик. Сўнгра уни яна ўн (кеча) билан тўлдирдик. Бас, Парвардигорининг (унинг учун белгилаган) вақти комил қирқ кеча бўлди. (Яъни, Аллоҳ Тур тоғида Мусога шунча муддат танҳо ибодат қилишни буюрди. Аллоҳ таолога муножот қилиш учун кетар экан), Мусо акаси Ҳорунга деди: «Қавмим устида менинг ўринбосарим бўлгин ва (агар улар ёмон амал қилсалар), тузатгин. Бузғунчи кимсаларнинг йўлига эргашмагин».
Mufassirlarimiz rivoyat qilishlaricha, Muso alayhissalom Misrda yashagan vaqtlarida Bani Isroil qavmiga Alloh ularning dushmanlarini halok qilgach, bir kitob berishini va bu kitobda nimani qilish lozim-u, nimalarni qilmaslik kerakligi haqida bayonot boʻlishini aytgan edilar. Alloh taolo Firʼavn va uning ahlini halok qilganidan soʻng, Muso alayhissalom kitob berishni Allohdan soʻraganlarida, Alloh ul zotga oʻttiz kun roʻza tutishni amr qildi. Bu hodisa Zulqaʼda oyida roʻy berdi. Oʻttiz kun oʻtib, Muso alayhissalom daraxtdan olingan misvok bilan tishlarini tozalab, miyqot–uchrashuv belgilangan vaqtga hozirlik koʻrib turganlarida, Alloh taolo Zulhijja oyidan ham oʻn kun roʻza tutishni amr qildi. Shu tarzda jami qirq kun toʻliq roʻza tutdilar.
Bu ishlar oʻta muhim hodisaga tayyorgarlik edi. Muso alayhissalom dushman bilan muborazada Allohning madadi ila gʻolib kelganlaridan soʻng, bu qadar eʼtibor bilan tadorik koʻrishlari gʻalati tuyuladi. Lekin kelajakda ul zotni kutayotgan ulugʻ voqealarni bilgan odamga buning hech ajablanarli joyi yoʻq. Avvalo, Muso alay- hissalom Allohning buyuk dasturi–Tavrotni qabul qilib olishga hozirlik koʻrmoqda edilar. Qolaversa, bundan buyogʻiga tabiati kasallangan qavmlarini toʻgʻri yoʻlga solib, Alloh dasturi asosida yashashga boshlashlari kerak. Bu har qanday tashqi dushman bilan boʻladigan mashaqqatli kurashdan ham ogʻir edi. Shuning uchun, Alloh u zotni chillaga, yolgʻiz qolib ibodat qilishga, qalbni mustahkamlab sayqallashga amr qildi. Qirq kun oʻtib: