QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят143

وَلَمَّا جَآءَ مُوسَىٰ لِمِيقَـٰتِنَا وَكَلَّمَهُۥ رَبُّهُۥ قَالَ رَبِّ أَرِنِىٓ أَنظُرْ إِلَيْكَ ۚ قَالَ لَن تَرَىٰنِى وَلَـٰكِنِ ٱنظُرْ إِلَى ٱلْجَبَلِ فَإِنِ ٱسْتَقَرَّ مَكَانَهُۥ فَسَوْفَ تَرَىٰنِى ۚ فَلَمَّا تَجَلَّىٰ رَبُّهُۥ لِلْجَبَلِ جَعَلَهُۥ دَكًّا وَخَرَّ مُوسَىٰ صَعِقًا ۚ فَلَمَّآ أَفَاقَ قَالَ سُبْحَـٰنَكَ تُبْتُ إِلَيْكَ وَأَنَا۠ أَوَّلُ ٱلْمُؤْمِنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Muso miyqotimizga kelib, Robbi unga gapirganida, U: «Robbim, menga (jamolingni) ko`rsatgin, Senga nazar solay», – dedi. U zot: «Meni hech ko`ra olmassan. Lekin toqqa nazar sol, agar u makonida sobit tura olsa, bas, Meni ko`rasan», – dedi. Robbi toqqa tajalliy qilganida, uni titilgan holga keltirdi va Muso hushidan ketib yiqildi. Hushiga kelgach: «Sen poksan, Senga tavba qildim. Men mo`minlarning avvalgisiman», – dedi.Мусо мийқотимизга келиб, Робби унга гапирганида, У: «Роббим, менга (жамолингни) кўрсатгин, Сенга назар солай», – деди. У зот: «Мени ҳеч кўра олмассан. Лекин тоққа назар сол, агар у маконида собит тура олса, бас, Мени кўрасан», – деди. Робби тоққа тажаллий қилганида, уни титилган ҳолга келтирди ва Мусо ҳушидан кетиб йиқилди. Ҳушига келгач: «Сен поксан, Сенга тавба қилдим. Мен мўминларнинг аввалгисиман», – деди.Alauddin Mansour: Qachonki Muso (vaʼdalashgan) vaqtimizda (Tur togʻiga) kelib, Parvardigori unga (bevosita) soʻzlagach, u: «Parvardigorim, menga (jamolingni) koʻrsatgin. Senga bir qaray», dedi. (Alloh) aytdi: «Sen Meni (bu dunyoda) hargiz koʻrolmaysan. Ammo mana bu togʻga boq. (Men unga koʻrinurman.) Bas, agar u (Men koʻringanimda) oʻrnashgan joyida tura olsa, sen ham Meni koʻrajaksan». Qachonki, Parvardigori u togʻga koʻringan edi, uni mayda-mayda qilib tashladi va (bu holni koʻrgan) Muso hushsiz holda yiqildi. Oʻziga kelganidan keyin esa dedi: «Pok Parvardigor (nooʻrin savol soʻrashdan), Oʻzingga tavba qildim. Endi men (Sening naqadar buyuk zot ekaningga) iymon keltiruvchilarning avvali — peshqadamiman».Қачонки Мусо (ваъдалашган) вақтимизда (Тур тоғига) келиб, Парвардигори унга (бевосита) сўзлагач, у: «Парвардигорим, менга (жамолингни) кўрсатгин. Сенга бир қарай», деди. (Аллоҳ) айтди: «Сен Мени (бу дунёда) ҳаргиз кўролмайсан. Аммо мана бу тоғга боқ. (Мен унга кўринурман.) Бас, агар у (Мен кўринганимда) ўрнашган жойида тура олса, сен ҳам Мени кўражаксан». Қачонки, Парвардигори у тоғга кўринган эди, уни майда-майда қилиб ташлади ва (бу ҳолни кўрган) Мусо ҳушсиз ҳолда йиқилди. Ўзига келганидан кейин эса деди: «Пок Парвардигор (ноўрин савол сўрашдан), Ўзингга тавба қилдим. Энди мен (Сенинг нақадар буюк зот эканингга) иймон келтирувчиларнинг аввали — пешқадамиман».

167-sahifa · 9-juz · 17-hizb167-саҳифа · 9-жуз · 17-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَمَّاva qachonkiва қачонкиجَآءَkeldiкелдиمُوسَىٰMusoМусоلِمِيقَـٰتِنَاmiyqotimizgaмийқотимизгаوَكَلَّمَهُۥva unga gapirdiва унга гапирдиرَبُّهُۥRobbiРоббиقَالَdediдедиرَبِّRobbimРоббимأَرِنِىٓmenga koʻrsatginменга кўрсатгинأَنظُرْnazar solayназар солайإِلَيْكَ ۚSengaСенгаقَالَdediдедиلَنhech emasҳеч эмасتَرَىٰنِىMeni koʻra olasanМени кўра оласанوَلَـٰكِنِlekinлекинٱنظُرْnazar solназар солإِلَى-ga-гаٱلْجَبَلِtogʻтоғفَإِنِbas, agarбас, агарٱسْتَقَرَّsobit tursaсобит турсаمَكَانَهُۥmakonidaмаконидаفَسَوْفَbas, tezdaбас, тездаتَرَىٰنِى ۚMeni koʻrasanМени кўрасанفَلَمَّاbas, qachonkiбас, қачонкиتَجَلَّىٰtajalliy qildiтажаллий қилдиرَبُّهُۥRobbiРоббиلِلْجَبَلِtoqqaтоққаجَعَلَهُۥuni qildiуни қилдиدَكًّۭاtitilgan holgaтитилган ҳолгаوَخَرَّva yiqildiва йиқилдиمُوسَىٰMusoМусоصَعِقًۭا ۚhushidan ketibҳушидан кетибفَلَمَّآbas, qachonkiбас, қачонкиأَفَاقَhushiga keldiҳушига келдиقَالَdediдедиسُبْحَـٰنَكَSen poksanСен поксанتُبْتُtavba qildimтавба қилдимإِلَيْكَSengaСенгаوَأَنَا۠va menва менأَوَّلُavvalgisimanаввалгисиманٱلْمُؤْمِنِينَmoʻminlarningмўминларнинг
TafsirТафсир

Bashar farzandi tarixidagi tengi va oʻxshashi yoʻq hodisa. Robb ila bandaning uchrashuvi. Butun olamlarni yaratgan Zot bilan oʻsha olamlarning kichik bir zarrasining yuzlashuvi. Bu uchrashuv tafsilotini va qanday holda roʻy berganini Allohning Oʻzi biladi. Biz esa, Qurʼonda zikr etilgani bilan kifoyalanamiz, xolos. Ehtimol, ushbu uchrashuv kelajakdagi mashaqqatlarni yengib oʻtish uchun Muso alayhissalomga quvvat va sabot manbai boʻlar. Ehtimol, shuning uchun, uchrashuvdan burun qirq kun hamma narsani tark etib, chilla oʻtirib, alohida hozirlik koʻrilgandir. Vaqti-soati yetib, uchrashuv oʻz vaqtida, belgilangan joyda sodir boʻldi. Bu uchrashuv arab lafzida ismi zamon va ismi makon maʼnosini birdaniga anglatuvchi lafz ila «miyqot» deyiladi va uchrashuv vaqti va zamoni maʼnosini bildiradi.

«Muso miyqotimizga kelib, Robbi unga gapirganida, U: «Robbim, menga (jamolingni) koʻrsatgin, Senga nazar solay», – dedi».

Ulamolarimiz taʼkidlashlaricha, ushbu ulugʻ miyqot Qurbon hayiti kuni, Tur togʻining oʻng tomonida sodir boʻlgan. Miyqot roʻy bergan tarixiy vaqt qirq kunlik roʻza haqidagi rivoyatdan aniqlangan. Muso alayhissalom Zulqaʼda oyida toʻla oʻttiz kun va Zulhijja oyida oʻn kun roʻza tutib, hayit kuni Alloh bilan roz aytishganlar. Miyqot Tur togʻining oʻng tomonida sodir boʻlgani bosh- qa oyati karimalarda ham zikr etilgan.

Demak, Muso alayhissalom Alloh bilan miyqotga, belgilangan vaqtda, belgilik joyga kelganlarida, u zotga Robbi bevosita soʻzladi. Bu hol qanday sodir boʻldi, tafsilotini yolgʻiz Allohning Oʻzi biladi. Muso alayhissalom qanday qilib Allohning kalomini tingladilar, buni ham Allohning Oʻzigina biladi. Chunki, bu narsa inson hatto tasavvur qilishi ham mushkul bir holdir. Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga Jabroil alayhissalom vahiy keltirganlarida, ul zot tez-tez nafas olar, titrab- qaqshab, sovuq kunda ham terga koʻmilib ketar edilar. Sahobalardan birlarining tizzalari vahiy tushayotgan paytda Paygʻambarimizning tizzalariga tekkanda, sahobiyning sonlari yorilib ketgudek boʻlgan ekan. Endi, bevosita Allohning Oʻzi bilan gaplashish qanday boʻlishini bir oz boʻlsa ham tasavvur qilish mumkin. Shubhasiz, bu oʻziga xos gʻaroyib va nodir bir holat. Bu holatning gʻoyat darajada gʻaroyibligidan Muso alayhissalom shavqu zavqqa tushib, mast boʻlib qolganlar va oʻzlarini butunlay unutib qoʻyganlar. Robbilariga boʻlgan muhabbatlari ziyodalashib, Alloh kalomini bevosita tinglash shunchalik boʻlsa, bevosita Oʻzini koʻz bilan koʻrish qanday boʻlar ekan, deb Alloh taolodan jamolini koʻrsatishini soʻraganlar. Paygʻambarning bu istagiga javoban Alloh taolo:

«Meni hech koʻra olmassan»,–degan.

Shu bilan birga, bu holni oydinlashtirish maqsadida nima sababdan koʻra olmasligini amalda isbot etgan.

«Lekin toqqa nazar sol, agar u makonida sobit tura olsa, bas, Meni koʻrasan», – dedi.

Yaʼni, ey Muso, sen toqqa nazar sol, u juda ham ulkan va chidamli borliq. Unga har nechuk narsa taʼsir oʻtkaza olmaydi. Men oʻzimga xos tarzda unga koʻrinaman. Agar togʻ bu holga chidab, mavqeida sobit tura olsa, sen ham soʻrovingga binoan Meni bevosita koʻra olasan.

«Robbi toqqa tajalliy qilganida, uni titilgan holga keltirdi».

Mazkur tajalliy qanday roʻy berganini va u nechuk manzara kasb etganini ham bilmaymiz. Bizning bilganimiz shu: Alloh taolo yuqoridagi gaplarni Muso alayhissalomga aytganidan keyin, u kishi toqqa nazar soldilar. Togʻ titilib, yerga tenglashib qoldi. Makonida sobit tura olmadi. Muso alayhissalom buni oʻz koʻzlari bilan koʻrdilar. Bu oddiy aqlga sigʻmas moʻʼjiza edi.

«va Muso hushidan ketib yiqildi».

Chunki, boʻlib oʻtgan hodisa shu darajada mahobatli edi.

«Hushiga kelganida: «Sen poksan, Senga tavba qildim. Men moʻminlarning avvalgisiman», – dedi».

Yaʼni, Muso alayhissalom oʻzlariga kelganlarida, avvalgi zavq va shavq, his-hayajonlar bosilgan edi. Koʻzlarini ochish bilan Allohni ulugʻlashga shoshildilar: «Sen poksan», yaʼni, bandalarning oddiy nazariga koʻrinish darajasidan yuqorisan. Men nomunosib savol berganimdan tavba qildim. Men moʻminlarning avvalgisiman, dedilar.

Shundan soʻng Alloh taolo ul zotga xitoban: