QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят144

قَالَ يَـٰمُوسَىٰٓ إِنِّى ٱصْطَفَيْتُكَ عَلَى ٱلنَّاسِ بِرِسَـٰلَـٰتِى وَبِكَلَـٰمِى فَخُذْ مَآ ءَاتَيْتُكَ وَكُن مِّنَ ٱلشَّـٰكِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Ey Muso, men seni odamlar ichidan Payg`ambarligim va gaplashishim ila tanlab oldim. Bas, senga bergan narsamni ol va shukr qiluvchilardan bo`l!» – dedi.«Эй Мусо, мен сени одамлар ичидан Пайғамбарлигим ва гаплашишим ила танлаб олдим. Бас, сенга берган нарсамни ол ва шукр қилувчилардан бўл!» – деди.Alauddin Mansour: Alloh aytdi: «Ey Muso, haqiqatan Men seni odamlar ustida paygʻambarim boʻlishga va (bevosita) kalomimni eshitishga tanlab oldim. Bas, senga ato etgan narsamni (yaʼni, paygʻambarlikni) olgin va shukr qilguvchilardan boʻlgin!»Аллоҳ айтди: «Эй Мусо, ҳақиқатан Мен сени одамлар устида пайғамбарим бўлишга ва (бевосита) каломимни эшитишга танлаб олдим. Бас, сенга ато этган нарсамни (яъни, пайғамбарликни) олгин ва шукр қилгувчилардан бўлгин!»

168-sahifa · 9-juz · 17-hizb168-саҳифа · 9-жуз · 17-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdediдедиيَـٰمُوسَىٰٓey Musoэй Мусоإِنِّىalbatta, Menалбатта, Менٱصْطَفَيْتُكَseni tanlab oldimсени танлаб олдимعَلَىustidanустиданٱلنَّاسِodamlarодамларبِرِسَـٰلَـٰتِىPaygʻambarligim ilaПайғамбарлигим илаوَبِكَلَـٰمِىva gaplashishim ilaва гаплашишим илаفَخُذْbas, olбас, олمَآnarsaniнарсаниءَاتَيْتُكَsenga berganсенга берганوَكُنva boʻlва бўлمِّنَ-dan-данٱلشَّـٰكِرِينَshukr qiluvchilardanшукр қилувчилардан
TafsirТафсир

Yaʼni, odamlar orasidan seni tanlab olib, Paygʻambarligimni ato qildim. Seni odam zoti ichidan saylab olib, bevosita soʻylashdim. Hammadan ustun koʻrdim. Shuning uchun, bevosita koʻrinmaganimga gʻamgin boʻlma. Sendan talab qilinadigani:

«Bas, senga bergan narsamni ol va shukr qiluvchilardan boʻl!».

Mening amrimni mukammal ado etsang, seni koʻrib, boshqalar ham buni ado qiladilar. Chunki, Paygʻambarlar boshqalar uchun namunadir.