QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят145

وَكَتَبْنَا لَهُۥ فِى ٱلْأَلْوَاحِ مِن كُلِّ شَىْءٍ مَّوْعِظَةً وَتَفْصِيلًا لِّكُلِّ شَىْءٍ فَخُذْهَا بِقُوَّةٍ وَأْمُرْ قَوْمَكَ يَأْخُذُوا۟ بِأَحْسَنِهَا ۚ سَأُو۟رِيكُمْ دَارَ ٱلْفَـٰسِقِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va unga lavhlarda hamma narsadan mav'iza va har bir narsaning tafsilotini yozib berdik. «Bas, ularni quvvat ila tut va ahlingga buyur, ularning eng yaxshilarini olsinlar. Endi, sizlarga fosiqlarning diyorini ko`rsataman», – dedik.Ва унга лавҳларда ҳамма нарсадан мавъиза ва ҳар бир нарсанинг тафсилотини ёзиб бердик. «Бас, уларни қувват ила тут ва аҳлингга буюр, уларнинг энг яхшиларини олсинлар. Энди, сизларга фосиқларнинг диёрини кўрсатаман», – дедик.Alauddin Mansour: Uning uchun lavhlarga (yaʼni, Tavrot varaqlariga) hamma narsani — pand-nasihat va barcha narsalarning tafsilotini yozib qoʻydik va: «Ularni mahkam ushlagan hamda qavmingni u pand-nasihatlarning eng goʻzallarini olishlariga buyurgin» (dedik). Endi sizlarga itoatsiz kimsalarning diyorini koʻrsaturman.Унинг учун лавҳларга (яъни, Таврот варақларига) ҳамма нарсани — панд-насиҳат ва барча нарсаларнинг тафсилотини ёзиб қўйдик ва: «Уларни маҳкам ушлаган ҳамда қавмингни у панд-насиҳатларнинг энг гўзалларини олишларига буюргин» (дедик). Энди сизларга итоатсиз кимсаларнинг диёрини кўрсатурман.

168-sahifa · 9-juz · 17-hizb168-саҳифа · 9-жуз · 17-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَكَتَبْنَاva yozib berdikва ёзиб бердикلَهُۥungaунгаفِى-da-даٱلْأَلْوَاحِlavhlardaлавҳлардаمِن-dan-данكُلِّhammaҳаммаشَىْءٍۢnarsadanнарсаданمَّوْعِظَةًۭmavʼizaмавъизаوَتَفْصِيلًۭاva tafsilotiniва тафсилотиниلِّكُلِّhar birҳар бирشَىْءٍۢnarsaningнарсанингفَخُذْهَاbas, ularni tutбас, уларни тутبِقُوَّةٍۢquvvat ilaқувват илаوَأْمُرْva buyurва буюрقَوْمَكَahlingga (qavmingga)аҳлингга (қавмингга)يَأْخُذُوا۟olsinlarолсинларبِأَحْسَنِهَا ۚuning eng yaxshilariniунинг энг яхшилариниسَأُو۟رِيكُمْsizlarga koʻrsatamanсизларга кўрсатаманدَارَdiyoriniдиёриниٱلْفَـٰسِقِينَfosiqlarningфосиқларнинг
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada zikr qilingan «lavhlar» haqida tafsir ulamolari koʻplab maʼlumotlar keltirishgan, koʻplab bahs-munozara qilishgan. Ammo keyingi davrdagi muhaqqiq tafsirchi olimlarimiz, maʼlumotlarning hammasi ham ishonchli manbalardan olinmaganligi uchun ular haqida tortishuvning hojati yoʻq, degan xulosaga kelganlar. Biz uchun «lavhlar» nimadan iboratligi, qaysi moddadan boʻlgani, shakli yoki hajmi ahamiyatsiz, balki ularga yozilgan maʼnolar ahamiyatlidir, deydi mufassirlar.

Alloh taolo ushbu oyati karimada Muso alayhissalomga hamma narsadan mavʼiza va har bir narsaning tafsilotini yozib berganini bayon qilmoqda. Yozib berish bilan birga:

«ularni quvvat ila tut», deb amr qilyapti.

Davomida Alloh taolo Muso alayhissalomga oʻz ahliga ham amr qilib, ularga ushbularning yaxshilarini tutishga buyurmoqliklari zarurligini ham bildirgan. Oyati karimaning oxirida Alloh:

«Endi sizlarga fosiqlarning diyorini koʻrsataman», deb vaʼda bergan.

Keyingi oyati karimalarda nohaqdan takabburlik qilganlar, Allohning oyatlaridan yuz oʻgirib, kofir boʻlganlarning oqibati haqida soʻz boradi: