سَأَصْرِفُ عَنْ ءَايَـٰتِىَ ٱلَّذِينَ يَتَكَبَّرُونَ فِى ٱلْأَرْضِ بِغَيْرِ ٱلْحَقِّ وَإِن يَرَوْا۟ كُلَّ ءَايَةٍ لَّا يُؤْمِنُوا۟ بِهَا وَإِن يَرَوْا۟ سَبِيلَ ٱلرُّشْدِ لَا يَتَّخِذُوهُ سَبِيلًا وَإِن يَرَوْا۟ سَبِيلَ ٱلْغَىِّ يَتَّخِذُوهُ سَبِيلًا ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَا وَكَانُوا۟ عَنْهَا غَـٰفِلِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Endi, yer yuzida nohaqdan mutakabbirlik qilayotganlarni, barcha oyatlarni ko`rsalar ham, ularga iymon keltirmayotganlarni, to`g`rilik yo`lini ko`rsalar ham, uni o`zlariga yo`l tutmayotganlarni, agar adashuv yo`lini ko`rsalar, uni o`zlariga yo`l tutayotganlarni O`z oyatlarimdan buraman. Bunday bo`lishi ularning oyatlarimizni yolg`onga chiqarishlari va ulardan g`ofil bo`lishlari sababidandir.Энди, ер юзида ноҳақдан мутакаббирлик қилаётганларни, барча оятларни кўрсалар ҳам, уларга иймон келтирмаётганларни, тўғрилик йўлини кўрсалар ҳам, уни ўзларига йўл тутмаётганларни, агар адашув йўлини кўрсалар, уни ўзларига йўл тутаётганларни Ўз оятларимдан бураман. Бундай бўлиши уларнинг оятларимизни ёлғонга чиқаришлари ва улардан ғофил бўлишлари сабабидандир.Alauddin Mansour: Endi Yerda nohaq kibru havo qilib yuradigan, agar barcha oyat-moʻʼjizalarni koʻrsalar ham, ularga iymon keltirmaydigan, Toʻgʻri Yoʻlni koʻrsalar uni (oʻzlar uchun) yoʻl qilib olmaydigan, agar zalolat — noToʻgʻri Yoʻlni koʻrsalar, uni yoʻl qilib oladigan kimsalarni Oʻz oyat-moʻʼjizalarimdan burib yuborurman (yaʼni, anglab yetmaydigan qilib qoʻyurman). Bunga sabab ular Bizning oyatlarimizni yolgʻon deganlari va u oyatlardan gʻofil boʻlib olganlaridir.Энди Ерда ноҳақ кибру ҳаво қилиб юрадиган, агар барча оят-мўъжизаларни кўрсалар ҳам, уларга иймон келтирмайдиган, Тўғри Йўлни кўрсалар уни (ўзлар учун) йўл қилиб олмайдиган, агар залолат — ноТўғри Йўлни кўрсалар, уни йўл қилиб оладиган кимсаларни Ўз оят-мўъжизаларимдан буриб юборурман (яъни, англаб етмайдиган қилиб қўюрман). Бунга сабаб улар Бизнинг оятларимизни ёлғон деганлари ва у оятлардан ғофил бўлиб олганларидир.
Alloh taolo ushbu oyati karimada baʼzi nobop sifatlarga ega boʻlgan bandalarni Oʻz oyatlaridan burib, ulardan bahra olmaydigan qilib qoʻyishini taʼkidlamoqda. Bu juda katta jazo. Banda Allohning oyatidan benasib boʻlsa, undan taʼsirlanmasa, oʻzicha xulosa chiqarib bahra olmasa, ulkan baxtsizlikka duchor boʻlgan sanaladi.
Ammo, Alloh taolo bekordan-bekorga baʼzi bandalarni Oʻz oyatlaridan burib qoʻyavermaydi. Balki avval boshda bandaning oʻzidan oʻtadi. U Alloh bergan neʼmatlar va imkoniyatlardan foydalana turib, yer yuzida mutakabbirlik qiladi. Mutakabbirlik–oʻzini barchadan ustun tutish bandaga emas, Xudoga xos xususiyat. Shuning uchun, oyati karimada mutakabbirlikni nohaqdan qiladilar, deyilmoqda.
«Endi yer yuzida nohaqdan mutakabbirlik qilayotganlarni...»
Banda mutakabbirlik qilsa, Allohga xos boʻlgan sifatni egallashga urinib, Alloh taologa xos baʼzi xislatlarga sherik boʻlishga behuda chirangan boʻladi. Shu bilan Allohning oyatlaridan burilishiga, yaʼni, Alloh fazli boʻlgan oyatlaridan bahrasiz qolishiga sabab boʻladi. Bandaning bu feʼli ham «firʼavnchilik»ning bir nusxasi yoxud koʻrinishidir.
Mazkur baxtsiz kishilarning ikkinchi sifatlari oyatda quyidagicha taʼriflanadi:
«barcha oyatlarni koʻrsalar ham, ularga iymon keltirmayotganlarni Oʻz oyatlarimdan buraman».
Oyat–ilohiy kitobda nozil boʻlgan, Allohning borligiga, iymonga dalolat qiluvchi biror alomat, belgi yoki Alloh tomonidan yuborilgan biror-bir moʻʼjiza boʻlishi mumkin. Ana shularni koʻrib- bilib turib iymon keltirmagan odam insonligini yoʻqotgan, tabiati buzuq, har qanday jazoga loyiq odam boʻladi. Uni oyatlardan burib, ulardan vaʼz-nasihat, manfaat olmaydigan qilib qoʻyish ayni adolatdir.
Ularning yana boshqa sifatlarini ham Alloh mukammal zikr qilgan:
«toʻgʻrilik yoʻlini koʻrsalar ham, uni oʻzlariga yoʻl tutmayotganlarni, agar adashuv yoʻlini koʻrsalar, uni oʻzlariga yoʻl tutayotganlarni Oʻz oyatlarimdan buraman».
Bandalarning bu holatini har lahzada koʻrib turibmiz. Odamlarga har qadamda olamning eng haq yoʻli–Islom dini namoyon boʻlib turadi. Ular uni ochiq koʻzlari bilan koʻradilar. Yaxshiligini ham biladilar. Ammo, afsuski, koʻplari bu yoʻldan yurmaydilar. Yomonlik yoʻlidan esa, koʻrgan zahotlari yuradilar. Bu toifa badbaxt odamlarni Alloh taolo oʻz oyatlaridan burib, ularni oʻsha oyatlardan manfaatsiz etib qoʻysa, ayni adolatdir. Chunki, ular oʻzlari shuni xohladilar. Oʻzlariga oʻzlari qildilar.
«Bunday boʻlishi ularning oyatlarimizni yolgʻonga chiqarishlari va ulardan gʻofil boʻlishlari sababidandir».
Ularga nisbatan koʻrilayotgan bunday chora zulm emas, balki qilmishlariga munosib jazodir. Allohning oyatlarini yolgʻonga chiqarganlar va u oyatlardan gʻofil boʻlganlar, shunga sazovordirlar. Oqibatda ular quyidagi oyatda zikr qilingan holga tushadilar: