QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят147

وَٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَا وَلِقَآءِ ٱلْـَٔاخِرَةِ حَبِطَتْ أَعْمَـٰلُهُمْ ۚ هَلْ يُجْزَوْنَ إِلَّا مَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Oyatlarimizni va oxirat muloqotini yolg`onga chiqarganlar amallari behuda ketganlardir. Ular faqat qilib yurgan amallarining jazosini olurlar.Оятларимизни ва охират мулоқотини ёлғонга чиқарганлар амаллари беҳуда кетганлардир. Улар фақат қилиб юрган амалларининг жазосини олурлар.Alauddin Mansour: Bizning oyatlarimizni va Oxiratdagi muloqot (Qiyomat)ni yolgʻon degan kimsalarning qilgan amallari behuda ketar. Ular faqat oʻzlarining amallari (yaʼni, kufru isyonlari) bilan jazolanurlar.Бизнинг оятларимизни ва Охиратдаги мулоқот (Қиёмат)ни ёлғон деган кимсаларнинг қилган амаллари беҳуда кетар. Улар фақат ўзларининг амаллари (яъни, куфру исёнлари) билан жазоланурлар.

168-sahifa · 9-juz · 17-hizb168-саҳифа · 9-жуз · 17-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلَّذِينَva kimsalarва кимсаларكَذَّبُوا۟yolgʻonga chiqarganёлғонга чиқарганبِـَٔايَـٰتِنَاoyatlarimizniоятларимизниوَلِقَآءِva muloqotiniва мулоқотиниٱلْـَٔاخِرَةِoxiratохиратحَبِطَتْbexuda ketdiбехуда кетдиأَعْمَـٰلُهُمْ ۚamallariамаллариهَلْ-mi-миيُجْزَوْنَjazolanadilarжазоланадиларإِلَّاfaqatфақатمَاnarsaningнарсанингكَانُوا۟edilarэдиларيَعْمَلُونَamal qilarамал қилар
TafsirТафсир

Yaʼni, iymonsiz boʻlganlari uchun baʼzi bir qilgan yaxshi amallari ham samarasiz boʻladi. Ularga bu amallaridan savob tegmaydi. Bunday holga arab tilida ishi «habata» boʻldi, deyiladi. «Habata» soʻzi zaharli oʻsimlikni koʻp yeb qoʻyib, qorni shishib oʻlgan hayvonga nisbatan ishlatiladi. Iymonsizlarning ham qilgan amallari ana shunga qiyoslanmoqda. Haqiqatan, Alloh taoloning oyatlari, belgilari va moʻʼjizalarini koʻrib-bilib turib ularni yolgʻonga chiqarganlar, oxirat kuniga iymon keltirmaganlar ana shunday qismatga loyiqdirlar.

Suraning davomida Bani Isroil qissasiga qaytiladi va ular Muso alayhissalom miyqotga ketganlarida qilgan kirdikorlari haqida soʻz yuritiladi: