وَٱتَّخَذَ قَوْمُ مُوسَىٰ مِنۢ بَعْدِهِۦ مِنْ حُلِيِّهِمْ عِجْلًا جَسَدًا لَّهُۥ خُوَارٌ ۚ أَلَمْ يَرَوْا۟ أَنَّهُۥ لَا يُكَلِّمُهُمْ وَلَا يَهْدِيهِمْ سَبِيلًا ۘ ٱتَّخَذُوهُ وَكَانُوا۟ ظَـٰلِمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Musoning qavmi undan keyin taqinchoqlaridan (bo`lgan), bo`kiradigan buzoq jasadini (xudo) tutdilar. Uning ularga gapirmasligini va ularni hidoyat qilmasligini bilmadilarmi?! Uni (xudo) tutdilar va zulm qiluvchilardan bo`ldilar.Мусонинг қавми ундан кейин тақинчоқларидан (бўлган), бўкирадиган бузоқ жасадини (худо) тутдилар. Унинг уларга гапирмаслигини ва уларни ҳидоят қилмаслигини билмадиларми?! Уни (худо) тутдилар ва зулм қилувчилардан бўлдилар.Alauddin Mansour: Musoning qavmi undan keyin (yaʼni, u Tur togʻiga Allohga munojot qilish uchun ketganidan keyin) oʻzlarining bezak buyumlaridan bir buzoqni — maʼraydigan bir buzoq jasadi(ning shaklini yasab) oldilar (va unga ibodat qila boshladilar) — u oʻzlariga soʻzlamasligini va hidoyat ham qila olmasligini bilmadilarmi?! — ular oʻshani (ibodat qilish uchun) ushlab, (oʻzlariga) zulm qilguvchi boʻldilar.Мусонинг қавми ундан кейин (яъни, у Тур тоғига Аллоҳга муножот қилиш учун кетганидан кейин) ўзларининг безак буюмларидан бир бузоқни — маърайдиган бир бузоқ жасади(нинг шаклини ясаб) олдилар (ва унга ибодат қила бошладилар) — у ўзларига сўзламаслигини ва ҳидоят ҳам қила олмаслигини билмадиларми?! — улар ўшани (ибодат қилиш учун) ушлаб, (ўзларига) зулм қилгувчи бўлдилар.
Yaʼni, Muso alayhissalomning qavmi boʻlmish Bani Isroil, u zot Robbining miyqotiga ketganlaridan soʻng, oʻzlari bilan Misrdan olib chiqqan taqinchoqlardan yasalgan buzoq jasadi–haykalini oʻzlariga xudo qilib oldilar. Bu taqinchoqlar Misr aholisi– qibtiylarning taqinchoqlari edi. Qavm ichidan Samuriy ismli odam oʻsha taqinchoqlardan buzoq shaklini yasab, ustakorlik bilan undan xoʻkizning boʻkirishiga monand ovoz chiqadigan holga keltirdi. Muso alayhissalom Bani Isroilga maʼlum oʻttiz kundan ortiq qolib ketganlaridan soʻng, Samuriy: «Muso miyqotiga ketgan Robbi shuning oʻzi, u unutib qoʻyib, boshqa yoqlarda adashib yuribdi»,– dedi. Bani Isroil Paygʻambarlari Musoning soʻzlarini unutib, uning xalifasi Horunning ham gapiga kirmay, Samuriyning igʻvosi ila tilla taqinchoqlardan yasalgan, allanechuk boʻkirguvchi buzoq haykaliga sigʻinmoqqa yopirildilar.
«Musoning qavmi undan keyin taqinchoqlaridan (boʻlgan), boʻkiradigan buzoq jasadini (xudo) tutdilar».
Ular bu amallari xususida tafakkur qilishmasdi. Butparast qavm oldidan oʻtayotib Muso alayhissalomga, bizga ham xuddi anavularning xudolariga oʻxshash xudo qilib ber, deganlarida, Muso alay- hissalom qattiq rad qilib, koyiganlarini ham unutdilar. Bu tilla buzoq jasadi, nari borsa, toshdek tilsiz jism ekani va ularni hidoyat qila olmasligini ham oʻylab oʻtirmadilar.
«Uning ularga gapirmasligini va ularni hidoyat qilmasligini bilmadilarmi?!».
Bu gʻoyatda mudhish zolimlik edi. Shuning uchun, oyati karimaning soʻngida:
«Uni (xudo) tutdilar va zulm qiluvchilardan boʻldilar», deyilmoqda. Haqiqatda, butun dunyoni va ularning oʻzlarini ham yaratgan Allohni qoʻyib, oʻz qoʻllari bilan yasagan qandaydir haykalni xudo degan qavmdan koʻra zolimroq kim ham boʻlishi mumkin?