وَلَمَّا سُقِطَ فِىٓ أَيْدِيهِمْ وَرَأَوْا۟ أَنَّهُمْ قَدْ ضَلُّوا۟ قَالُوا۟ لَئِن لَّمْ يَرْحَمْنَا رَبُّنَا وَيَغْفِرْ لَنَا لَنَكُونَنَّ مِنَ ٱلْخَـٰسِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qo`llari tushgan paytda va o`zlarining adashganlarini bilganlarida: «Agar Robbimiz bizga rahim qilmasa va mag`firat etmasa, albatta, ziyonkorlardan bo`lamiz», – dedilar.Қўллари тушган пайтда ва ўзларининг адашганларини билганларида: «Агар Роббимиз бизга раҳим қилмаса ва мағфират этмаса, албатта, зиёнкорлардан бўламиз», – дедилар.Alauddin Mansour: Qachonki qoʻlga tushishgach (yaʼni, buzoq xudo emasligini bilishib, hafsalalari sovugach) va oʻzlarining yoʻldan ozganliklarini bilgach, aytdilar: «Qasamki, agar Parvardigorimiz bizga rahm etmasa va (bu gunohimizni) magʻfirat qilmasa, albatta ziyon koʻrguvchilardan boʻlib qolurmiz».Қачонки қўлга тушишгач (яъни, бузоқ худо эмаслигини билишиб, ҳафсалалари совугач) ва ўзларининг йўлдан озганликларини билгач, айтдилар: «Қасамки, агар Парвардигоримиз бизга раҳм этмаса ва (бу гуноҳимизни) мағфират қилмаса, албатта зиён кўргувчилардан бўлиб қолурмиз».
Oyati karimadagi biz «Qoʻllari tushgan paytda» deb tarjima qilgan ibora, uringan ishini eplay olmay, hafsalasi pir boʻlib, nadomat chekish maʼnosini anglatadi. Bu bizning tilimizdagi, tarvuzi qoʻltigʻidan tushdi, iborasiga oʻxshaydi. Avval, boshda hech narsaga qaramay, tilladan yasalgan buzoq jasadiga ibodat qilishga yopirilgan Bani Isroil vaqt oʻtishi bilan hafsalasi pir boʻldi, oʻzining adashganligini tushunib yetdi va:
«Agar Robbimiz bizga rahim qilmasa va magʻfirat etmasa, albatta, ziyonkorlardan boʻlamiz», – dedilar».
Bu hodisalar Muso alayhissalom qirq kunlik chillada oʻtirgan, soʻngra Robbilari ila roz aytishayotgan kezlarda sodir boʻldi.