QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят150

وَلَمَّا رَجَعَ مُوسَىٰٓ إِلَىٰ قَوْمِهِۦ غَضْبَـٰنَ أَسِفًا قَالَ بِئْسَمَا خَلَفْتُمُونِى مِنۢ بَعْدِىٓ ۖ أَعَجِلْتُمْ أَمْرَ رَبِّكُمْ ۖ وَأَلْقَى ٱلْأَلْوَاحَ وَأَخَذَ بِرَأْسِ أَخِيهِ يَجُرُّهُۥٓ إِلَيْهِ ۚ قَالَ ٱبْنَ أُمَّ إِنَّ ٱلْقَوْمَ ٱسْتَضْعَفُونِى وَكَادُوا۟ يَقْتُلُونَنِى فَلَا تُشْمِتْ بِىَ ٱلْأَعْدَآءَ وَلَا تَجْعَلْنِى مَعَ ٱلْقَوْمِ ٱلظَّـٰلِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qachonki Muso o`z qavmiga g`azablangan va afsus qilgan holida qaytganida: «Mening ketimdan qanday ham yomon xalifa bo`ldingiz. Robbingizning amridan (oldin) shoshildingizmi?!» – dedi va lavhlarni tashlab, akasining boshidan tutib, o`ziga torta boshladi. U (Horun): «Ey onamning bolasi, shubhasiz, bu qavm meni xo`rladi va o`ldirib qo`yishlariga sal qoldi. Endi sen dushmanlarni ustimdan kuldirmagin va meni ham zolim qavmlardan deb bilmagin», – dedi.Қачонки Мусо ўз қавмига ғазабланган ва афсус қилган ҳолида қайтганида: «Менинг кетимдан қандай ҳам ёмон халифа бўлдингиз. Роббингизнинг амридан (олдин) шошилдингизми?!» – деди ва лавҳларни ташлаб, акасининг бошидан тутиб, ўзига торта бошлади. У (Ҳорун): «Эй онамнинг боласи, шубҳасиз, бу қавм мени хўрлади ва ўлдириб қўйишларига сал қолди. Энди сен душманларни устимдан кулдирмагин ва мени ҳам золим қавмлардан деб билмагин», – деди.Alauddin Mansour: Qachonki Muso qavmiga (ularning buzoqqa sigʻinganliklaridan) gʻazablangan va gʻamgin boʻlgan holda qaytgach: «Mening ortimdan naqadar yomon (ishlar qilib) qoluvchi (xalifa) boʻldingiz. Parvardigoringizning amr-farmonidan (u yetib kelgunicha sabr qilmay) shoshib ketdingizmi?» deb (gʻazablanganidan qoʻlidagi) lavhlarni tashlab yubordi va akasining boshidan (sochidan) ushlab oʻziga torta boshladi. (Horun) dedi: «Ey onamning bolasi — birodarim», bu qavm meni xoʻrlab, oʻldirishlariga oz qoldi, endi sen ham bu dushmanlarni mening ustimdan kuldirmagin va meni bu zolim qavm bilan birga deb bilmagin.Қачонки Мусо қавмига (уларнинг бузоққа сиғинганликларидан) ғазабланган ва ғамгин бўлган ҳолда қайтгач: «Менинг ортимдан нақадар ёмон (ишлар қилиб) қолувчи (халифа) бўлдингиз. Парвардигорингизнинг амр-фармонидан (у етиб келгунича сабр қилмай) шошиб кетдингизми?» деб (ғазабланганидан қўлидаги) лавҳларни ташлаб юборди ва акасининг бошидан (сочидан) ушлаб ўзига торта бошлади. (Ҳорун) деди: «Эй онамнинг боласи — биродарим», бу қавм мени хўрлаб, ўлдиришларига оз қолди, энди сен ҳам бу душманларни менинг устимдан кулдирмагин ва мени бу золим қавм билан бирга деб билмагин.

169-sahifa · 9-juz · 17-hizb169-саҳифа · 9-жуз · 17-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَمَّاva qachonkiва қачонкиرَجَعَqaytdiқайтдиمُوسَىٰٓMusoМусоإِلَىٰ-ga-гаقَوْمِهِۦoʻz qavmigaўз қавмигаغَضْبَـٰنَgʻazablangan holidaғазабланган ҳолидаأَسِفًۭاafsus qilgan holidaафсус қилган ҳолидаقَالَdediдедиبِئْسَمَاqanday ham yomonқандай ҳам ёмонخَلَفْتُمُونِىxalifa boʻldingizхалифа бўлдингизمِنۢ-dan-данبَعْدِىٓ ۖketimdanкетимданأَعَجِلْتُمْshoshildingizmiшошилдингизмиأَمْرَamridanамриданرَبِّكُمْ ۖRobbingizningРоббингизнингوَأَلْقَىva tashladiва ташладиٱلْأَلْوَاحَlavhlarniлавҳларниوَأَخَذَva tutdiва тутдиبِرَأْسِboshidanбошиданأَخِيهِakasiningакасинингيَجُرُّهُۥٓuni torta boshladiуни торта бошладиإِلَيْهِ ۚoʻzigaўзигаقَالَdediдедиٱبْنَey bolasiэй боласиأُمَّonamningонамнингإِنَّalbattaалбаттаٱلْقَوْمَbu qavmбу қавмٱسْتَضْعَفُونِىmeni xoʻrladiмени хўрладиوَكَادُوا۟va sal qoldiва сал қолдиيَقْتُلُونَنِىmeni oʻldirishlarigaмени ўлдиришларигаفَلَاbas, emasбас, эмасتُشْمِتْkuldirginкулдиргинبِىَustimdanустимданٱلْأَعْدَآءَdushmanlarniдушманларниوَلَاva emasва эмасتَجْعَلْنِىmeni deb bilginмени деб билгинمَعَbilanбиланٱلْقَوْمِqavmlarқавмларٱلظَّـٰلِمِينَzolimзолим
TafsirТафсир

Robbi bilan miyqot tugagandan soʻng, Muso alayhissalom qavm orasida boʻlib oʻtgan hodisalardan ogoh boʻlgan edilar. Shuning uchun ham, qavm huzuriga gʻazablangan va afsuslangan holda qaytdilar. U kishining nadomatlari yuz-koʻzlaridan, soʻzlaridan, oʻzlarini tutishlaridan yaqqol sezilib turardi. Kelishlari barobarida qavmlariga xitoban:

«Mening ketimdan qanday ham yomon xalifa boʻldingiz»,–dedilar.

Sizni hidoyatda qoldirib ketgan edim, ortimdan zalolatga ketibsiz. Sizni tavhidda qoldirib ketgan edim, ortimdan butparast boʻlibsiz. Sizni Allohga ibodat qiluvchi holida tark etuvdim, endi esa, bir buzoq haykaliga ibodat qilayotibsiz, deb figʻon chekdilar.

«Robbingizning amridan (oldin) shoshildingizmi?!»,–dedi.

Alloh amrini kutib tursangiz boʻlmasmidi?! Men miyqotga ketganimni bilar edingiz. U yerdan sizga Allohning amrini olib kelishimni ham bilar edingiz, sabr qilib, kutib tursangiz boʻlmasmidi?!

«...va lavhlarni tashlab, akasining boshidan tutib, oʻziga torta boshladi».

Bu hol Muso alayhissalomning oʻz qavmi qilgan bemaʼnilikdan nechogʻli dargʻazab boʻlganlarining isboti. U zot Robbining kalimalari bitilgan lavhlarni tashlab, akalari Horunning sochidan tortdilar. Chunki, miyqotga ketayotib, oʻrinlariga akalarini tayinlab, qiladigan ishlarini taʼkidlab ketgan edilar. Ayni chogʻda, gʻazabga minib, qanday qilib bu qavm Allohni qoʻyib buzoqning ibodatiga oʻtib olganining sababini bilmoqchilar. Dargʻazab boʻlgan ukadan bu tasarrufni koʻrgan Horun alay-hissalom uni bir oz hovridan tushirish uchun oralaridagi aka-ukalik hurmatini eslatib:

«Ey, onamning bolasi, shubhasiz, bu qavm meni xoʻrladi va oʻldirib qoʻyishlariga sal qoldi»,–dedilar.

Men ham qarab turganim yoʻq. Aytdim, tushuntirdim, ammo koʻnishmadi. Hatto meni oʻldirib qoʻyishlariga oz qoldi. Darhaqiqat, Horun alayhissalom Bani Isroilni buzoq haykaliga ibodat qilishdan qaytarishga qattiq harakat qilgan edilar. Bu hol boshqa suralarda zikr etiladi.

Endi esa, qilgan xatti-harakatlarini batafsil bayon qilishga fursat yoʻq. Gʻazablangan uka (Muso alayhissalom) dushmanlar koʻzi oʻngida sochidan tortib turibdi. Tezroq bu xijolatli holatdan chiqish, dargʻazab ukaga zudlik bilan ahvolni tushuntirish uchun:

«Endi sen dushmanlarni ustimdan kuldirmagin va meni ham zolim qavmlardan deb bilmagin», – dedi».

Yaʼni, men ularga qoʻshilib, buzoq haykaliga ibodat qilib, zolim boʻlganim yoʻq. Shunda, Muso alayhissalom: