فَلَمَّا نَسُوا۟ مَا ذُكِّرُوا۟ بِهِۦٓ أَنجَيْنَا ٱلَّذِينَ يَنْهَوْنَ عَنِ ٱلسُّوٓءِ وَأَخَذْنَا ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ بِعَذَابٍۭ بَـِٔيسٍۭ بِمَا كَانُوا۟ يَفْسُقُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, ular o`zlariga eslatma bo`lgan narsani unutganlarida, yomonlikdan qaytarayotganlarga najot berdik va zulm qilganlarni qilgan fosiqliklari tufayli shiddatli azob ila tutdik.Бас, улар ўзларига эслатма бўлган нарсани унутганларида, ёмонликдан қайтараётганларга нажот бердик ва зулм қилганларни қилган фосиқликлари туфайли шиддатли азоб ила тутдик.Alauddin Mansour: Bas, qachon ular (yaʼni, itoatsiz kishilar) oʻzlariga eslatma qilib berilgan narsani unutishgach, bu gunoh ishdan qaytargan zotlarga najot berdik va zolim kimsalarni itoatsiz boʻlganlari sababli qattiq azob bilan ushladik.Бас, қачон улар (яъни, итоатсиз кишилар) ўзларига эслатма қилиб берилган нарсани унутишгач, бу гуноҳ ишдан қайтарган зотларга нажот бердик ва золим кимсаларни итоатсиз бўлганлари сабабли қаттиқ азоб билан ушладик.
Yaʼni, solih kishilar qilgan vaʼz va nasihatlarni ham unutganlaridan soʻng ish bitdi. Ular haqida hukm chiqdi:
«yomonlikdan qaytarayotganlarga najot berdik»
Ular ixlosli bandalar edilar. Oʻzlari gunohdan chetda turganlari bilan birga, osiylarni gunohlardan qaytarib, ularni hidoyat yoʻliga yurishga chaqirdilar. Shuning uchun, ular najot topdilar.
«...va zulm qilganlarni qilgan fosiqliklari tufayli shiddatli azob ila tutdik».
«Zulm» soʻzining maʼnosi bir narsani oʻz oʻrnidan boshqa joyga qoʻyish ekani, Qurʼoni Karimda esa, koʻproq «kufr» maʼnosida ishlatilishi avval ham bir necha bor aytilgan edi. Shuningdek, «fisq», «fosiqlik» soʻzi ham lugʻatda, chegaradan chiqish, urfda shariat chegarasidan chiqish, Qurʼonda esa, kofirlik maʼnolarini anglatadi.
Fosiqlik, kofirlik qilganlarni tutgan shiddatli azob nima ekani kelasi oyatda bayon qilinadi: