QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят164

وَإِذْ قَالَتْ أُمَّةٌ مِّنْهُمْ لِمَ تَعِظُونَ قَوْمًا ۙ ٱللَّهُ مُهْلِكُهُمْ أَوْ مُعَذِّبُهُمْ عَذَابًا شَدِيدًا ۖ قَالُوا۟ مَعْذِرَةً إِلَىٰ رَبِّكُمْ وَلَعَلَّهُمْ يَتَّقُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ulardan bir jamoat: «Alloh halok qiluvchi yoki shiddatli azob-la azoblovchi qavmga va'z qilib nima qilasiz?!» deganida, ular: «Robbingizga uzr bo`lishi uchun va shoyadki, taqvo qilsalar deb», – dedilar.Улардан бир жамоат: «Аллоҳ ҳалок қилувчи ёки шиддатли азоб-ла азобловчи қавмга ваъз қилиб нима қиласиз?!» деганида, улар: «Роббингизга узр бўлиши учун ва шоядки, тақво қилсалар деб», – дедилар.Alauddin Mansour: Oʻshanda ulardan bir jamoat: «Ne sababdan Allohning Oʻzi halok etadigan yoki qattiq azoblaydigan qavmga pand-nasihat qilursizlar?» deganlarida, ular (yaʼni, ikkinchi toifadagi odamlar) aytdilar: «Parvardigoringizga (Qiyomat Kunida) uzrimizni aytish uchun va shoyad (ular) Allohdan qoʻrqsalar, deb (nasihat qilmoqdamiz)».Ўшанда улардан бир жамоат: «Не сабабдан Аллоҳнинг Ўзи ҳалок этадиган ёки қаттиқ азоблайдиган қавмга панд-насиҳат қилурсизлар?» деганларида, улар (яъни, иккинчи тоифадаги одамлар) айтдилар: «Парвардигорингизга (Қиёмат Кунида) узримизни айтиш учун ва шояд (улар) Аллоҳдан қўрқсалар, деб (насиҳат қилмоқдамиз)».

172-sahifa · 9-juz · 17-hizb172-саҳифа · 9-жуз · 17-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذْva esla, oʻshandaва эсла, ўшандаقَالَتْdediдедиأُمَّةٌۭbir jamoatбир жамоатمِّنْهُمْulardanуларданلِمَnima uchunнима учунتَعِظُونَvaʼz qilasizваъз қиласизقَوْمًا ۙqavmgaқавмгаٱللَّهُAllohАллоҳمُهْلِكُهُمْularni halok qiluvchiуларни ҳалок қилувчиأَوْyokiёкиمُعَذِّبُهُمْularni azoblovchiуларни азобловчиعَذَابًۭاazob-laазоб-лаشَدِيدًۭا ۖshiddatliшиддатлиقَالُوا۟dedilarдедиларمَعْذِرَةًuzr boʻlishi uchunузр бўлиши учунإِلَىٰ-ga-гаرَبِّكُمْRobbingizgaРоббингизгаوَلَعَلَّهُمْva shoyadki ularва шоядки уларيَتَّقُونَtaqvo qilsalarтақво қилсалар
TafsirТафсир

Yaʼni, uchinchi bir guruh oʻzlarini boshqacha tutdilar. Nasihat qilayotgan jamoaga murojaat qilib, bu osiylar qilar ishni qilib boʻlishdi, endi Alloh ularni halok qiladi yoki qattiq azob bilan azoblaydi, ularga nasihat qilib nima qilasiz, baribir foydasi yoʻq, dedilar.

«Ulardan bir jamoat: «Alloh halok qiluvchi yoki shiddatli azob- la azoblovchi qavmga vaʼz qilib nima qilasiz?!» deganida...»

Nasihat qiluvchilar esa, biz nasihatni:

«Robbingizga uzr boʻlishi uchun va shoyadki, taqvo qilsalar deb» qilmoqdamiz, dedilar.

Yaʼni, Alloh oldidagi burchimizni ado etdik. Oxirat kuni Alloh soʻrab qolsa, uzr boʻlishi uchun, ularga nasihat qildik va yana shoyadki, nasihat taʼsir etib, taqvo qilib qolsalar, degan umidimiz bor edi, dedilar.