وَسْـَٔلْهُمْ عَنِ ٱلْقَرْيَةِ ٱلَّتِى كَانَتْ حَاضِرَةَ ٱلْبَحْرِ إِذْ يَعْدُونَ فِى ٱلسَّبْتِ إِذْ تَأْتِيهِمْ حِيتَانُهُمْ يَوْمَ سَبْتِهِمْ شُرَّعًا وَيَوْمَ لَا يَسْبِتُونَ ۙ لَا تَأْتِيهِمْ ۚ كَذَٰلِكَ نَبْلُوهُم بِمَا كَانُوا۟ يَفْسُقُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ulardan dengiz sohilida bo`lgan qishloq haqida, shanba kunida haddan oshganlari, shanbalik kunlarida baliqlari ochiq kelib, shanbalik qilmagan kunlari kelmagani haqida so`ra. Qilgan fosiqliklari tufayli ularni shunday sinaymiz.Улардан денгиз соҳилида бўлган қишлоқ ҳақида, шанба кунида ҳаддан ошганлари, шанбалик кунларида балиқлари очиқ келиб, шанбалик қилмаган кунлари келмагани ҳақида сўра. Қилган фосиқликлари туфайли уларни шундай синаймиз.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ulardan (yahudiylardan) dengiz oldidagi qishloq haqida — shanba kuni haddan oshganlari haqida (yaʼni, manʼ qilinganiga qaramasdan shanba kuni baliq ovlaganlari haqida) soʻrang. Oʻshanda, shanbalik qilgan (yaʼni, baliq ovlamagan) kunlarida baliqlar (suv yuzida) ochiq kelar edi, shanbalik qilmagan kunlarida (yaʼni, shanbadan boshqa kunlarda) esa kelmas edi. Ularni itoatsiz boʻlganlari sababli mana shunday imtihon qilurmiz.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), улардан (яҳудийлардан) денгиз олдидаги қишлоқ ҳақида — шанба куни ҳаддан ошганлари ҳақида (яъни, манъ қилинганига қарамасдан шанба куни балиқ овлаганлари ҳақида) сўранг. Ўшанда, шанбалик қилган (яъни, балиқ овламаган) кунларида балиқлар (сув юзида) очиқ келар эди, шанбалик қилмаган кунларида (яъни, шанбадан бошқа кунларда) эса келмас эди. Уларни итоатсиз бўлганлари сабабли мана шундай имтиҳон қилурмиз.
Oyatdagi bu xitob Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga qaratilgandir. Alloh ul zotga yahudiylardan ularning tarixida boʻlib oʻtgan mashhur voqea haqida soʻrashga amr qilmoqda.
«Ulardan dengiz sohilida boʻlgan qishloq haqida, shanba kunida haddan oshganlari, shanbalik kunlarida baliqlari ochiq kelib, shanbalik qilmagan kunlari kelmagani haqida soʻra».
Dengiz sohilida joylashgan bir qishloq boʻlgan ekan. Uni yahudiylarning oʻzlari yaxshi biladilar. Oʻsha sohil boʻyidagi qishloqda yahudiylar jamoasi yashar edilar. Bani Isroilning talablariga binoan haftaning shanba kuni ular uchun bayram, dam olish kuni qilib belgilandi. Bu kun ularga ishlash va tirikchilikka urinish harom qilindi. Sohil boʻyidagi mazkur qishloqda yahudiylar uchun katta sinov boʻldi. Shanba kuni baliqlar sohilga kelib ochiq-oydin koʻrinib, koʻzlarini oʻynatib yurar edi. Shanba kunidan boshqa kuni esa hech bir baliq koʻrinmasdi.
«Qilgan fosiqliklari tufayli ularni shunday sinaymiz».
Shunda, Bani Isroildan baʼzilari chidab tura olmay man qilingan amrni buzdilar. Rivoyatlarda kelishicha, ular shanba kuni alohida toʻsiqlar tashlab, sohilga kelgan baliqlarni qaytib keta olmaydigan qilib qoʻyishar va yakshanba kuni yigʻib olishar, shu bilan birga, biz Allohning amrini buzganimiz yoʻq, shanba kuni dam oldik, ov qilganimiz yoʻq, der edilar.
Boshqa bir guruh hiyla ila baliq ovlagan jamoaga nasihat qilib, Allohdan qoʻrqishga va unga osiy boʻlmaslikka chaqirdilar.
Shunda, nasihatchi guruhga: