فَبَدَّلَ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ مِنْهُمْ قَوْلًا غَيْرَ ٱلَّذِى قِيلَ لَهُمْ فَأَرْسَلْنَا عَلَيْهِمْ رِجْزًا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ بِمَا كَانُوا۟ يَظْلِمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, ulardan zulm qilganlari ularga aytilgandan o`zga gapni almashtirdilar. Bas, zulm qilganlari tufayli ustlariga osmondan azob yubordik.Бас, улардан зулм қилганлари уларга айтилгандан ўзга гапни алмаштирдилар. Бас, зулм қилганлари туфайли устларига осмондан азоб юбордик.Alauddin Mansour: Bas, ulardan zolim boʻlgan kimsalar oʻzlariga aytilgan («kechirgin») soʻzini butunlay boshqa bir soʻzga almashtirdilar. (Shundan keyin) ularga zolim boʻlganlari sababli osmondan azob yubordik.Бас, улардан золим бўлган кимсалар ўзларига айтилган («кечиргин») сўзини бутунлай бошқа бир сўзга алмаштирдилар. (Шундан кейин) уларга золим бўлганлари сабабли осмондан азоб юбордик.
Mazkur oyati karimalarga oʻxshash oyatlar tafsiri «Baqara» surasida batafsil oʻtdi. 161-oyatdagi «Mana bu shahar»dan maqsad– Quddusi sharifdir. Alloh taolo Bani Isroilga baʼzi shartlarni yukladi va Quddusi sharifga kirib, xohlagan joylarida taomlanib yurishlarini tayinladi. Shaharga sajda qilgan hollarida, yaʼni, Allohni ulugʻlab, taʼzim bilan «Hittatun» (xatolarimizni kechirgin) deb kirishlari lozim edi.
«Ularga: «Mana bu shaharni maskan tutinglar, unda xohlagan joyingizda taom yeng va «Hittatun» (gunohlarimizni kechir) deb eshikdan sajda qilgan holingizda kirsangiz...»
Agar ular bu shartni ado etsalar, Alloh taolo xatolarini afv etishni va (ehson) yaxshilik qiluvchilarga bundan ziyoda narsalarni ham berishni vaʼda qildi.
«sizning xatolaringizni magʻfirat qilamiz, ehson qiluvchilarga ziyoda qilamiz»,
Ammo, Bani Isroil takror bani isroilligini eslatdi.
«Bas, ulardan zulm qilganlari ularga aytilgandan oʻzga gapni almashtirdilar».
Ulardan zulm qilganlari aytishlari lozim boʻlgan «Hittatun» degan iborani, «Hintatun», yaʼni «bugʻdoy» degan soʻzga almashtirdilar va shaharga sajda qilgan hollarida emas, ortlari bilan surilib kirdilar.
«Bas, zulm qilganlari tufayli ustlariga osmondan azob yubordik».
Ana shu itoatsizlik va zulmlari uchun Alloh taolo ularning ustidan azob tushirdi.
Keyingi oyatlarda Bani Isroilning boshqa kirdikori bayon qilinadi.