وَإِذْ قِيلَ لَهُمُ ٱسْكُنُوا۟ هَـٰذِهِ ٱلْقَرْيَةَ وَكُلُوا۟ مِنْهَا حَيْثُ شِئْتُمْ وَقُولُوا۟ حِطَّةٌ وَٱدْخُلُوا۟ ٱلْبَابَ سُجَّدًا نَّغْفِرْ لَكُمْ خَطِيٓـَٔـٰتِكُمْ ۚ سَنَزِيدُ ٱلْمُحْسِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularga: «Mana bu shaharni maskan tutinglar, unda xohlagan joyingizda taom yeng va «Hittatun» (gunohlarimizni kechir) deb eshikdan sajda qilgan holingizda kirsangiz, sizning xatolaringizni mag`firat qilamiz, ehson qiluvchilarga ziyoda qilamiz», deganimizni esla.Уларга: «Мана бу шаҳарни маскан тутинглар, унда хоҳлаган жойингизда таом енг ва «Ҳиттатун» (гуноҳларимизни кечир) деб эшикдан сажда қилган ҳолингизда кирсангиз, сизнинг хатоларингизни мағфират қиламиз, эҳсон қилувчиларга зиёда қиламиз», деганимизни эсла.Alauddin Mansour: Ularga: «Mana shu shaharni (Baytul-Muqaddasni) maskan tutingiz va undan xohlagan joyingizda taomlaningiz hamda «kechirgin» deb shaharga darvozadan sajda qilgan holingizda kiringiz! (Shunda) gunohlaringizni magʻfirat qilurmiz, chiroyli amal qilguvchilarga esa (marhamatimizni) ziyoda qilurmiz», degan paytimizni eslang!Уларга: «Мана шу шаҳарни (Байтул-Муқаддасни) маскан тутингиз ва ундан хоҳлаган жойингизда таомланингиз ҳамда «кечиргин» деб шаҳарга дарвозадан сажда қилган ҳолингизда кирингиз! (Шунда) гуноҳларингизни мағфират қилурмиз, чиройли амал қилгувчиларга эса (марҳаматимизни) зиёда қилурмиз», деган пайтимизни эсланг!
Mazkur oyati karimalarga oʻxshash oyatlar tafsiri «Baqara» surasida batafsil oʻtdi. 161-oyatdagi «Mana bu shahar»dan maqsad– Quddusi sharifdir. Alloh taolo Bani Isroilga baʼzi shartlarni yukladi va Quddusi sharifga kirib, xohlagan joylarida taomlanib yurishlarini tayinladi. Shaharga sajda qilgan hollarida, yaʼni, Allohni ulugʻlab, taʼzim bilan «Hittatun» (xatolarimizni kechirgin) deb kirishlari lozim edi.
«Ularga: «Mana bu shaharni maskan tutinglar, unda xohlagan joyingizda taom yeng va «Hittatun» (gunohlarimizni kechir) deb eshikdan sajda qilgan holingizda kirsangiz...»
Agar ular bu shartni ado etsalar, Alloh taolo xatolarini afv etishni va (ehson) yaxshilik qiluvchilarga bundan ziyoda narsalarni ham berishni vaʼda qildi.
«sizning xatolaringizni magʻfirat qilamiz, ehson qiluvchilarga ziyoda qilamiz»,
Ammo, Bani Isroil takror bani isroilligini eslatdi.
«Bas, ulardan zulm qilganlari ularga aytilgandan oʻzga gapni almashtirdilar».
Ulardan zulm qilganlari aytishlari lozim boʻlgan «Hittatun» degan iborani, «Hintatun», yaʼni «bugʻdoy» degan soʻzga almashtirdilar va shaharga sajda qilgan hollarida emas, ortlari bilan surilib kirdilar.
«Bas, zulm qilganlari tufayli ustlariga osmondan azob yubordik».
Ana shu itoatsizlik va zulmlari uchun Alloh taolo ularning ustidan azob tushirdi.
Keyingi oyatlarda Bani Isroilning boshqa kirdikori bayon qilinadi.