وَقَطَّعْنَـٰهُمُ ٱثْنَتَىْ عَشْرَةَ أَسْبَاطًا أُمَمًا ۚ وَأَوْحَيْنَآ إِلَىٰ مُوسَىٰٓ إِذِ ٱسْتَسْقَىٰهُ قَوْمُهُۥٓ أَنِ ٱضْرِب بِّعَصَاكَ ٱلْحَجَرَ ۖ فَٱنۢبَجَسَتْ مِنْهُ ٱثْنَتَا عَشْرَةَ عَيْنًا ۖ قَدْ عَلِمَ كُلُّ أُنَاسٍ مَّشْرَبَهُمْ ۚ وَظَلَّلْنَا عَلَيْهِمُ ٱلْغَمَـٰمَ وَأَنزَلْنَا عَلَيْهِمُ ٱلْمَنَّ وَٱلسَّلْوَىٰ ۖ كُلُوا۟ مِن طَيِّبَـٰتِ مَا رَزَقْنَـٰكُمْ ۚ وَمَا ظَلَمُونَا وَلَـٰكِن كَانُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularni o`n ikki urug` — jamoaga bo`lib yubordik. Va qavmi undan suv talab qilgan paytda Musoga: «Asoing ila toshni ur!» deb vahiy yubordik. U(tosh)dan o`n ikkita buloq otilib chiqdi. Hamma odamlar o`z suvxonasini bildi. Va ularga bulutni soyabon qildik, mann va bedanalarni nozil qildik. «Sizlarga rizq qilib bergan narsalarimizning poklarini yenglar» (dedik). Ular Bizga zulm qilmadilar. Lekin o`zlariga zulm qilar edilar.Уларни ўн икки уруғ — жамоага бўлиб юбордик. Ва қавми ундан сув талаб қилган пайтда Мусога: «Асоинг ила тошни ур!» деб ваҳий юбордик. У(тош)дан ўн иккита булоқ отилиб чиқди. Ҳамма одамлар ўз сувхонасини билди. Ва уларга булутни соябон қилдик, манн ва беданаларни нозил қилдик. «Сизларга ризқ қилиб берган нарсаларимизнинг покларини енглар» (дедик). Улар Бизга зулм қилмадилар. Лекин ўзларига зулм қилар эдилар.Alauddin Mansour: Ularni (yaʼni, Muso qavmini) jamoa-jamoa qilib oʻn ikki urugʻ — avlodga boʻlib yubordik va Musoga qavmi undan suv soʻragan paytida: «Asoing bilan toshni urgin!», deb vahiy yubordik. Bas, undan (toshdan) oʻn ikki chashma otilib chiqdi — hamma odamlar oʻz suvlarini bildilar. Ularga (sahroda) bulutni soyabon qildik va ustlaridan shirinlik va bedanalar yogʻdirib: «Sizlarni bahramand qilgan pok narsalarimizdan yenglar», dedik. Ular (bergan neʼmatlarimizga noshukr boʻlishlari bilan) Bizga jabr qilmadilar, balki oʻzlariga jabr qilguvchi boʻldilar.Уларни (яъни, Мусо қавмини) жамоа-жамоа қилиб ўн икки уруғ — авлодга бўлиб юбордик ва Мусога қавми ундан сув сўраган пайтида: «Асоинг билан тошни ургин!», деб ваҳий юбордик. Бас, ундан (тошдан) ўн икки чашма отилиб чиқди — ҳамма одамлар ўз сувларини билдилар. Уларга (саҳрода) булутни соябон қилдик ва устларидан ширинлик ва беданалар ёғдириб: «Сизларни баҳраманд қилган пок нарсаларимиздан енглар», дедик. Улар (берган неъматларимизга ношукр бўлишлари билан) Бизга жабр қилмадилар, балки ўзларига жабр қилгувчи бўлдилар.
Yuqoridagi oyatlarda zikr qilib oʻtilganidek, yahudiylar takror-takror kofirlik, beodoblik, gunohkorlik va shakkoklik qilgan boʻlsalar ham, Alloh taolo ularni yana inoyatiga olib, Oʻz marhamatini koʻrsatmoqda.
«Ularni oʻn ikki urugʻ – jamoaga boʻlib yubordik».
Maʼlumki, Isroil laqabini olgan Yaʼqub alayhissalomning oʻn ikkita oʻgʻillari bor edi. Alloh ana oʻsha oʻn ikkita oʻgʻildan tarqalgan farzandlarning har birini bir jamoa–qabila qilib qoʻydi.
«Va qavmi undan suv talab qilgan paytda Musoga: «Asoing ila toshni ur!» dedik».
Bani Isroilning suvlari tugab, oʻzlari ham, jonivorlari ham chanqagan paytda, Muso alayhissalom qoshiga kelib suv talab qildilar. Alloh taolo u zotga asolari ila muayyan toshni urishga buyurdi. Muso alayhissalom toshni urdilar. Shunda:
«U(tosh)dan oʻn ikkita buloq otilib chiqdi».
Buloqlarning har biri bir urugʻga moʻljallangan edi. Bu ham Allohning marhamati. Agar buloq bitta boʻlganida, suv talash boʻlib, janjal chiqishi mumkin edi. Ammo, Alloh ularga oʻn ikkita buloq chiqarib berdi va:
«Hamma odamlar oʻz suvxonasini bildi».
Shu bilan hamma suvga qondi va bu tashvishdan xalos boʻldi. Ammo, faqat suv bilangina yashab boʻlmaydi. Alloh taolo yana marhamat koʻrsatdi.
«Va ularga bulutni soyabon qildik, mann va bedanalarni nozil qildik»,–deydi.
Sahroda suv bilan taʼminlashning ustiga, Bani Isroil boshida bulutni soyabon boʻlib suzib yuradigan qilib qoʻydi. Ular qayerga bormasinlar, boshlari uzra bulut soya solib turar edi. Taom sifatida osmondan mann (asalli halvo) va bedana goʻshtini hozir qilib qoʻydi. Yana, Alloh taolo:
«Sizlarga rizq qilib bergan narsalarimizning poklarini yenglar», deb mulozamat koʻrsatdi.
Misli koʻrilmagan ilohiy marhamat. Bu muruvvatga qancha shukrona qilinsa, shuncha oz. Ammo, Bani Isroil bani isroilligiga bordi. Mazkur neʼmatlar uchun shukrning oʻrniga, kufroni neʼmat qildi. Bu esa, katta zulmdir. Ammo, bu bilan ular Allohga emas, oʻzlariga zulm qilardilar.
«Ular Bizga zulm qilmadilar. Lekin oʻzlariga zulm qilar edilar».
Chunki: