وَإِذْ تَأَذَّنَ رَبُّكَ لَيَبْعَثَنَّ عَلَيْهِمْ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَـٰمَةِ مَن يَسُومُهُمْ سُوٓءَ ٱلْعَذَابِ ۗ إِنَّ رَبَّكَ لَسَرِيعُ ٱلْعِقَابِ ۖ وَإِنَّهُۥ لَغَفُورٌ رَّحِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Robbing, albatta, ularning ustlariga qiyomat kunigacha ularga yomon azobni tottiradiganlarni yuborishni e'lon qilganini esla! Albatta, Robbing iqobi tez Zotdir va, albatta, U mag`firatli va rahimli Zotdir.Роббинг, албатта, уларнинг устларига қиёмат кунигача уларга ёмон азобни тоттирадиганларни юборишни эълон қилганини эсла! Албатта, Роббинг иқоби тез Зотдир ва, албатта, У мағфиратли ва раҳимли Зотдир.Alauddin Mansour: Oʻshanda Parvardigoringiz albatta ularning ustiga Qiyomat Kunigacha yomon azob bilan azoblaydigan zotlarni yuborishini bildirgan edi. Shubhasiz, Parvardigoringiz (kofirlar uchun) azobi qattiq, (moʻminlarni esa) magʻfirat qilguvchi, mehribondir.Ўшанда Парвардигорингиз албатта уларнинг устига Қиёмат Кунигача ёмон азоб билан азоблайдиган зотларни юборишини билдирган эди. Шубҳасиз, Парвардигорингиз (кофирлар учун) азоби қаттиқ, (мўминларни эса) мағфират қилгувчи, меҳрибондир.
Alloh taolo Bani Isroilning gunohlarini qayta-qayta afv qilib, ularga koʻpdan-koʻp neʼmatlarini ehson ayladi. Ammo, ular har safar noshukrlik qilib, kofir boʻldilar va yangidan-yangi shakkokliklarni oʻylab chiqardilar.
Nihoyat, Alloh taolo ularga nisbatan qiyomat kunigacha qoyim boʻlgan jazo hukmini joriy etdi. Qiyomat kunigacha Bani Isroilni yomon azoblar bilan jazolaydigan odamlarni yuborib turishini hukm qildi.
Bu hukm asrlar davomida qudratini koʻrsatib kelmoqda. Insoniyat tarixining Bani Isroilga doir qismi ularning turli shaxslar, toifalar va davlatlar tomonidan xilma-xil shiddatli azoblarga duchor etilganliklari haqidagi xabarlarga toʻla. Dunyoda hech bir xalq Bani Isroilchalik xoʻrlanmagan, ularchalik azob-uqubat koʻrmagan va ular kabi boshqa xalqlarning nafratiga duchor boʻlmagan. Goho-gohida bu hukm toʻxtaganga, Bani Isroilning ahvoli yaxshilanganga oʻxshab tuyulsa-da, ammo asl mohiyat aslo oʻzgarmas ekan. Alloh qiyomatgacha deb hukm qilgan boʻlsa, uni biror boshqa zot oʻzgartira olarmidi?
«Albatta, Robbing iqobi tez Zotdir va, albatta, u magʻfiratli va rahimli Zotdir».
Sohil boʻyidagi qishloq osiylarini tezda azoblaganidek, xohlasa, har qanday gunohkorni bir zumda azoblaydi. Shu bilan birga, u magʻfiratli va rahimli Zotdir, tavba qilganlarning gunohlarini magʻfirat qilib, ularga rahim koʻrsatadi.