QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят168

وَقَطَّعْنَـٰهُمْ فِى ٱلْأَرْضِ أُمَمًا ۖ مِّنْهُمُ ٱلصَّـٰلِحُونَ وَمِنْهُمْ دُونَ ذَٰلِكَ ۖ وَبَلَوْنَـٰهُم بِٱلْحَسَنَـٰتِ وَٱلسَّيِّـَٔاتِ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ularni yer yuzida jamoatlarga bo`lib yubordik. Ulardan ahli solihlari bor va ulardan unday emaslari ham bor. Shoyadki, qaytsalar deb, ularni yaxshiliklar va yomonliklar ila sinadik.Ва уларни ер юзида жамоатларга бўлиб юбордик. Улардан аҳли солиҳлари бор ва улардан ундай эмаслари ҳам бор. Шоядки, қайтсалар деб, уларни яхшиликлар ва ёмонликлар ила синадик.Alauddin Mansour: Ularni (yahudiylarni) butun Yer yuziga jamoa-jamoa qilib boʻlib yubordik. Ularning oralarida yaxshilari (iymonga kelganlari) ham, unday emaslari (iymonsizlari) ham bordir. Ularni (kufr va isyondan) qaytishlari uchun koʻp yaxshilik (neʼmatlar) va yomonliklar (balolar) bilan sinab koʻrdik.Уларни (яҳудийларни) бутун Ер юзига жамоа-жамоа қилиб бўлиб юбордик. Уларнинг ораларида яхшилари (иймонга келганлари) ҳам, ундай эмаслари (иймонсизлари) ҳам бордир. Уларни (куфр ва исёндан) қайтишлари учун кўп яхшилик (неъматлар) ва ёмонликлар (балолар) билан синаб кўрдик.

172-sahifa · 9-juz · 17-hizb172-саҳифа · 9-жуз · 17-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقَطَّعْنَـٰهُمْva ularni boʻlib yubordikва уларни бўлиб юбордикفِى-da-даٱلْأَرْضِyer yuzidaер юзидаأُمَمًۭا ۖjamoatlargaжамоатларгаمِّنْهُمُulardanуларданٱلصَّـٰلِحُونَahli solihlariаҳли солиҳлариوَمِنْهُمْva ulardanва уларданدُونَunday emaslariундай эмаслариذَٰلِكَ ۖshundanшунданوَبَلَوْنَـٰهُمva ularni sinadikва уларни синадикبِٱلْحَسَنَـٰتِyaxshiliklar ilaяхшиликлар илаوَٱلسَّيِّـَٔاتِva yomonliklar ilaва ёмонликлар илаلَعَلَّهُمْshoyadki ularшоядки уларيَرْجِعُونَqaytsalarқайтсалар
TafsirТафсир

Bani Isroil aslida Yaʼqub alayhissalomdan tarqagan bir xalqdir. Gunohlari evaziga berilgan azoblardan biri ularni yer yuziga tirqiratib yuborish boʻldi. Bani Isroilliklar dunyoning hamma burchaklariga tarqalib, turli jamoalarga boʻlinib ketganlar. Har birlariga, falon joyning yahudiysi, piston yerning yahudiysi, deyilish odatga aylangan. Ularning tillari, kiyinishlari, turmush tarzlari ham turli-tuman boʻlib, bu hol oʻzini bilgan xalq uchun mudhish azob hisoblanadi.

«Ulardan ahli solihlari bor».

Masalan, dengiz sohilidagi qishloq osiylariga vaʼz-nasihat qilgan jamoa va Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga iymon keltirgan toifa shu jumlaga kiradi.

«...va ulardan unday emaslari ham bor».

Yaʼni, ahli solih boʻlmaganlari ham bor. Bor boʻlganda ham, juda koʻp. Ularning orasida Paygʻambarlarni oʻldirganlari, kofirlari bir talay.

«Shoyadki, qaytsalar deb, ularni yaxshiliklar va yomonliklar ila sinadik».

Yaxshilik yetganda, Alloh bizga neʼmat berdi deb, shukr qilsalar, Allohning yoʻliga qaytishlari mumkin edi. Yomonlik yetganda, oʻzimizdan oʻtgan narsaga Alloh tomonidan ogohlantirish keldi deb, Xudoning yoʻliga qaytsalar toʻgʻri boʻlar edi.