QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят169

فَخَلَفَ مِنۢ بَعْدِهِمْ خَلْفٌ وَرِثُوا۟ ٱلْكِتَـٰبَ يَأْخُذُونَ عَرَضَ هَـٰذَا ٱلْأَدْنَىٰ وَيَقُولُونَ سَيُغْفَرُ لَنَا وَإِن يَأْتِهِمْ عَرَضٌ مِّثْلُهُۥ يَأْخُذُوهُ ۚ أَلَمْ يُؤْخَذْ عَلَيْهِم مِّيثَـٰقُ ٱلْكِتَـٰبِ أَن لَّا يَقُولُوا۟ عَلَى ٱللَّهِ إِلَّا ٱلْحَقَّ وَدَرَسُوا۟ مَا فِيهِ ۗ وَٱلدَّارُ ٱلْـَٔاخِرَةُ خَيْرٌ لِّلَّذِينَ يَتَّقُونَ ۗ أَفَلَا تَعْقِلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, ulardan so`ng, ortlaridan kitobni merosga olgan bir o`rinbosarlar keldiki, ular mana bu tubanning o`tkinchi(matohi)ni oladilar va «Bizni kechirilur», – derlar. Agar o`shanga o`xshash o`tkinchi narsa kelsa, yana olaveradilar. Ulardan Allohga nisbatan faqat haqdan boshqa narsa aytmaslikka Kitobning ahdu paymoni olingan emasmidi?! Ular u(kitob)dagi narsalarni o`rganganlar-ku?! Oxirat hovlisi taqvo qilganlar uchun yaxshidir. Aql ishlatmaysizlarmi?!Бас, улардан сўнг, ортларидан китобни меросга олган бир ўринбосарлар келдики, улар мана бу тубаннинг ўткинчи(матоҳи)ни оладилар ва «Бизни кечирилур», – дерлар. Агар ўшанга ўхшаш ўткинчи нарса келса, яна олаверадилар. Улардан Аллоҳга нисбатан фақат ҳақдан бошқа нарса айтмасликка Китобнинг аҳду паймони олинган эмасмиди?! Улар у(китоб)даги нарсаларни ўрганганлар-ку?! Охират ҳовлиси тақво қилганлар учун яхшидир. Ақл ишлатмайсизларми?!Alauddin Mansour: Ulardan soʻng Kitobga (Tavrotga) merosxoʻr boʻlgan bir avlod keldiki, ular bu tuban (dunyo) narsalarini (halol, haromligiga qaramay) oladilar va «Albatta bizlar magʻfirat qilinurmiz», deydilar. Holbuki, agar yana oʻshanga oʻxshagan narsa kelib qolsa, uni ham olaveradilar. Axir ulardan Kitobda (Tavrotda) Alloh shaʼniga faqat haqni aytishlari borasida ahd-paymon olinmaganmidi? Undagi oyatlarni oʻqib oʻrgangan edilar-ku! Allohdan qoʻrqadigan zotlar uchun (bu dunyo matolaridan) Oxirat diyori yaxshiroq-ku! Aql yurgizmaysizlarmi?!Улардан сўнг Китобга (Тавротга) меросхўр бўлган бир авлод келдики, улар бу тубан (дунё) нарсаларини (ҳалол, ҳаромлигига қарамай) оладилар ва «Албатта бизлар мағфират қилинурмиз», дейдилар. Ҳолбуки, агар яна ўшанга ўхшаган нарса келиб қолса, уни ҳам олаверадилар. Ахир улардан Китобда (Тавротда) Аллоҳ шаънига фақат ҳақни айтишлари борасида аҳд-паймон олинмаганмиди? Ундаги оятларни ўқиб ўрганган эдилар-ку! Аллоҳдан қўрқадиган зотлар учун (бу дунё матоларидан) Охират диёри яхшироқ-ку! Ақл юргизмайсизларми?!

172-sahifa · 9-juz · 17-hizb172-саҳифа · 9-жуз · 17-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَخَلَفَbas, oʻrinbosar boʻldiбас, ўринбосар бўлдиمِنۢ-dan-данبَعْدِهِمْulardan soʻngулардан сўнгخَلْفٌۭbir oʻrinbosarlarбир ўринбосарларوَرِثُوا۟merosga olganмеросга олганٱلْكِتَـٰبَkitobniкитобниيَأْخُذُونَoladilarоладиларعَرَضَoʻtkinchi matohiniўткинчи матоҳиниهَـٰذَاmana buмана буٱلْأَدْنَىٰtubanningтубаннингوَيَقُولُونَva deydilarва дейдиларسَيُغْفَرُkechiriladiкечириладиلَنَاbizniбизниوَإِنva agarва агарيَأْتِهِمْularga kelsaуларга келсаعَرَضٌۭoʻtkinchi narsaўткинчи нарсаمِّثْلُهُۥunga oʻxshashунга ўхшашيَأْخُذُوهُ ۚuni oladilarуни оладиларأَلَمْemasmidiэмасмидиيُؤْخَذْolinganолинганعَلَيْهِمulardanуларданمِّيثَـٰقُahdu paymoniаҳду паймониٱلْكِتَـٰبِKitobningКитобнингأَن-ki-киلَّاemasэмасيَقُولُوا۟aytmoqlariайтмоқлариعَلَىnisbatanнисбатанٱللَّهِAllohgaАллоҳгаإِلَّاfaqatфақатٱلْحَقَّhaqdan boshqaҳақдан бошқаوَدَرَسُوا۟va ular oʻrganganlarва улар ўрганганларمَاnarsalarniнарсаларниفِيهِ ۗu(kitob)dagiу(китоб)дагиوَٱلدَّارُva hovlisiва ҳовлисиٱلْـَٔاخِرَةُoxiratохиратخَيْرٌۭyaxshidirяхшидирلِّلَّذِينَulargaуларгаيَتَّقُونَ ۗtaqvo qiladiganтақво қиладиганأَفَلَاajabo, emasmiажабо, эмасмиتَعْقِلُونَaql ishlatasizlarақл ишлатасизлар
TafsirТафсир

Yaʼni, oralarida solihlari ham bor, gʻayrisolihlari ham bor avlod ortidan bir toifa oʻrinbosarlar keldi. Ular

«Kitobni (Tavrotni) merosga olganlar» sifatiga ega edilar. Ammo:

«Ular mana bu tubanning oʻtkinchi (matohi)ni oladilar».

Chunki, ular kitobni meros olganlari, uni mutolaa qilganlari bilan, unga amal qilmaydigan boʻlib voyaga yetgan edilar. Kitobga ilohiy dastur emas, ota-bobomizdan qolgan bir meros, deb qarar edilar. Shuning uchun, ular kitobni oʻqisalar ham, ota-bobomizning merosini oʻrganyapmiz, ularning madaniy yodgorliklarini tadqiq etyapmiz, deb oʻylar edilar. Natijada, ilohiy kitobning taʼlimoti ularga iymon-eʼtiqod asosi emas, madaniy maʼlumot boʻlib qolar edi. Oqibatda, ular oʻzlari merosga olgan ilohiy dasturga zid ish qilib, bu tuban dunyoning oʻtkinchi matohlariga, haromxarishlarga oʻzlarini urishar, eng dahshatlisi, gunohni bila turib qilganlaridan soʻng

«va: «Bizni kechirilur», – derlar».

Demak, sodir etgan amallari gunoh ekanini bila turib qilishmoqda. Aks holda, nega «bizni kechiriladi» deydilar? Bir marta qilib, bizni kechiriladi, desalar ham bir gap edi:

«Agar oʻshanga oʻxshash oʻtkinchi narsa kelsa, yana olaveradilar».

Aslida, Alloh gunohni bilmay qilib qoʻyib, tavba-nadomat chekkan, qayta unga yaqinlashmaganlarnigina kechiradi. Ammo, bilib turib gunoh qilgach, tavba qilmaydigan, oʻzlaricha «bizni kechiriladi», deb hukm chiqarib, yana gunoh qilaveradiganlar Allohga nisbatan faqat haqdan boshqa narsa aytmaslikka Kitobning ahd-paymonini olgan emasmidilar?!

Alloh Tavrotda Bani Isroilga buni taʼkidlab aytgan edi.

«Ular u(kitob)dagi narsalarni oʻrganganlar-ku?!»

Kitobdan oʻrgangan narsalarining hech biriga bu qilayotgan amallari toʻgʻri kelmaydi-ku?!

Kitobni oʻrganish emas, unga amal qilish asosiy maqsad boʻlishi kerak. Agar unga amal boʻlmasa, uni oʻrganish natija bermaydi. Berganda ham, salbiy natija beradi, yaʼni, oʻrganganlarini buzgʻunchilikka ishlatadilar. Dinga, diyonatga zarar keltiradigan fatvolar chiqaradilar. «Bizni kechiriladi» deganlariga oʻxshash daʼvolarni qilishga jurʼat etadilar.

Bu faqat Tavrotni oʻrganganlarga tegishli emas, balki Qurʼonni oʻrganganlarga ham tegishlidir. Hozirda shu xilda Qurʼonni oʻrganganlar koʻp, «bizni kechiriladi» deyayotganlar koʻp. Ularning hammalari yaxshi bilib qoʻysinlarki,

«Oxirat hovlisi taqvo qilganlar uchun yaxshidir. Aql ishlatmaysizlarmi?!»