QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят171

۞ وَإِذْ نَتَقْنَا ٱلْجَبَلَ فَوْقَهُمْ كَأَنَّهُۥ ظُلَّةٌ وَظَنُّوٓا۟ أَنَّهُۥ وَاقِعٌۢ بِهِمْ خُذُوا۟ مَآ ءَاتَيْنَـٰكُم بِقُوَّةٍ وَٱذْكُرُوا۟ مَا فِيهِ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularning ustiga tog`ni xuddi soyabondek ko`targanimizni, ular uni, ustimizga tushib ketadi, deb o`ylaganlarida, sizga bergan narsamizni quvvat ila olinglar va undagi narsani eslanglar, shoyadki, taqvo qilsangiz, deganimizni esla.Уларнинг устига тоғни худди соябондек кўтарганимизни, улар уни, устимизга тушиб кетади, деб ўйлаганларида, сизга берган нарсамизни қувват ила олинглар ва ундаги нарсани эсланглар, шоядки, тақво қилсангиз, деганимизни эсла.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Tur togʻini koʻchirib olib, ularning ustlarida goʻyo bir soyabondek koʻtarib turib, ular uni ustlariga qulab tushadi, deb gumon qilgan hollarida: «Biz sizlarga ato etgan narsani (Tavrotni) mahkam ushlangiz va taqvodor boʻlishingiz uchun undagi oyatlarni yodda tutingiz!», degan paytimizni eslang!(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Тур тоғини кўчириб олиб, уларнинг устларида гўё бир соябондек кўтариб туриб, улар уни устларига қулаб тушади, деб гумон қилган ҳолларида: «Биз сизларга ато этган нарсани (Тавротни) маҳкам ушлангиз ва тақводор бўлишингиз учун ундаги оятларни ёдда тутингиз!», деган пайтимизни эсланг!

173-sahifa · 9-juz · 18-hizb173-саҳифа · 9-жуз · 18-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ وَإِذْva esla, oʻshandaва эсла, ўшандаنَتَقْنَاBiz koʻtarganimizdaБиз кўтарганимиздаٱلْجَبَلَtogʻniтоғниفَوْقَهُمْularning ustigaуларнинг устигаكَأَنَّهُۥxuddi uхудди уظُلَّةٌۭsoyabondekсоябондекوَظَنُّوٓا۟va ular oʻylaganlaridaва улар ўйлаганларидаأَنَّهُۥalbatta, uалбатта, уوَاقِعٌۢtushib ketadi debтушиб кетади дебبِهِمْularning ustiga (ustimizga)уларнинг устига (устимизга)خُذُوا۟(dedik): olinglar(дедик): олингларمَآnarsaniнарсаниءَاتَيْنَـٰكُمsizga berganimizсизга берганимизبِقُوَّةٍۢquvvat ilaқувват илаوَٱذْكُرُوا۟va eslanglarва эслангларمَاnarsaniнарсаниفِيهِundagiундагиلَعَلَّكُمْshoyadki sizшоядки сизتَتَّقُونَtaqvo qilsangizтақво қилсангиз
TafsirТафсир

Oyati karimada zikr etilgan «togʻ» Misrga qarashli Siyno yarim orolida joylashgan Tur togʻidir. Muso alayhissalom Bani Isroilni boshlab muqaddas yer tomon yurganlarida yuqoridagi oyatlarda zikr qilingan hodisalar roʻy beradi. Gʻazablari pasaygandan soʻng u zot lavhlarni olib, Alloh amr qilgan vazifalarni ularga yetkazgan edilar, Bani Isroilliklarga bu hukmlar ogʻir tuyulib, ularni qabul qilishdan bosh tortdilar. Shunda, Alloh farishtalarga amr qilib, Tur togʻini ularning boshlari ustiga muallaq qilib qoʻydi. Bani Isroilliklar bu holni koʻrib, endi bizni togʻ bosib, oʻlamiz ekan, deb qattiq tahlikaga tushdilar va hammalari yer oʻpib sajda qildilar. Sajda paytida oʻng koʻzlarini yerga bosib, chap koʻzlari bilan qoʻrqinch ila toqqa qarab turdilar. Ular ana shunday dahshat ostida turganlarida Alloh:

«Sizga bergan narsamizni quvvat ila olinglar va undagi narsani eslanglar, shoyadki, taqvo qilsangiz»,–deya nido qildi.

Ushbu oyatda Alloh taolo Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib, ushbu hodisani oʻzlariga zamondosh Bani Isroilliklarga eslatishni amr etmoqda. Chunki, Bani Isroilliklar oʻsha hukmlarni ham unutib, Allohning yoʻlidan ozib, Unga bergan ahd-paymonlarini esdan chiqargan edilar.

Keyingi oyatlarda Alloh taolo nafaqat Bani Isroildan, balki, umuman Bani Odamdan ahdu paymon olgani, oʻsha al-miysoqga–ahdu paymonga asosan ularning barchasi Allohni Robb deb bilib, Unga shirk keltirmay, faqat tavhid asosida yashashlari lozimligi haqida soʻz boradi.