وَإِذْ أَخَذَ رَبُّكَ مِنۢ بَنِىٓ ءَادَمَ مِن ظُهُورِهِمْ ذُرِّيَّتَهُمْ وَأَشْهَدَهُمْ عَلَىٰٓ أَنفُسِهِمْ أَلَسْتُ بِرَبِّكُمْ ۖ قَالُوا۟ بَلَىٰ ۛ شَهِدْنَآ ۛ أَن تَقُولُوا۟ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ إِنَّا كُنَّا عَنْ هَـٰذَا غَـٰفِلِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Robbing Bani Odamning umurtqa pog`onasidan, qiyomat kuni «bundan g`ofil edik» demasliklaringiz uchun, zurriyotlarini olib, o`zlariga o`zlarini guvoh qilib: «Robbingiz emasmanmi?» – deganida, «Xuddi shunday! Guvoh bo`ldik!» – deganlarini esla.Роббинг Бани Одамнинг умуртқа поғонасидан, қиёмат куни «бундан ғофил эдик» демасликларингиз учун, зурриётларини олиб, ўзларига ўзларини гувоҳ қилиб: «Роббингиз эмасманми?» – деганида, «Худди шундай! Гувоҳ бўлдик!» – деганларини эсла.Alauddin Mansour: Parvardigoringiz Odam bolalarining bellaridan (yaʼni, pushti kamarlaridan to Qiyomat Kunigacha dunyoga keladigan barcha) zurriyotlarini olib: «Men Parvardigoringiz emasmanmi?», deb, oʻzlariga qarshi guvoh qilganida, ular: «Haqiqatan Sen Parvardigorimizsan, bizlar bunga shohidmiz», deganlarini eslang! (Sizlardan bunday guvohlik — ahd-paymon olishimiz) Qiyomat Kunida: «Bizlar bundan bexabar edik», demasliklaringiz uchundir.Парвардигорингиз Одам болаларининг белларидан (яъни, пушти камарларидан то Қиёмат Кунигача дунёга келадиган барча) зурриётларини олиб: «Мен Парвардигорингиз эмасманми?», деб, ўзларига қарши гувоҳ қилганида, улар: «Ҳақиқатан Сен Парвардигоримизсан, бизлар бунга шоҳидмиз», деганларини эсланг! (Сизлардан бундай гувоҳлик — аҳд-паймон олишимиз) Қиёмат Кунида: «Бизлар бундан бехабар эдик», демасликларингиз учундир.
Bu oyati karimada gʻaroyib bir holat taʼrif etilmoqda. Alloh taolo Oʻziga maʼlum boʻlgan bir paytda, qiyomatgacha dunyoga keladigan barcha odamlarning urugʻliklarini otalarining sulbidan chiqarib olgan va oʻsha urugʻliklarga:
«Robbingiz emasmanmi?!»–deb savol bergan.
Bu savolni berishdan birinchi maqsad ularni oʻzlariga guvoh qilish boʻlsa; ikkinchi maqsad, qiyomat kuni bundan gʻofil edik, demasliklari uchundir. Mazkur ilohiy savolga hamma zurriyotlar:
«Xuddi shunday», yaʼni, albatta, Sen Robbimizsan, «guvoh boʻldik», deb javob berishgan. Shunga binoan, inson urugʻlik paytida, yaʼni, ona qorniga oʻtganda va inson boʻlib yaralganda, Allohning Robb ekanligini eʼtirof etguvchi tabiat sohibi boʻladi. Yaʼni, Alloh taolo uni shu holda yaratadi. Qisqasi, odam bolasi onadan Alloh tavhidini tan oladigan sof tabiat bilan dunyoga keladi. Chunki, uning oʻzi urugʻlik holidayoq Allohga al-miysoq–ahdu paymon berib qoʻygan. Insonning ushbu al-miysoqga– ahdu paymonga sodiq qolishi yoki xiyonat qilishi keyingi omillarga bogʻliq.
Imom Buxoriy, imom Muslim va boshqa hadis ilmi imomlari Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam: «Har bir goʻdak sof tabiat ila tugʻiladi. Bas, ota-onasi uni yo yahudiy, yo nasroniy, yo majusiy qiladi»,–deganlar. Yaʼni, tarbiya qilishda shunday yoʻl tutadilar.
Demak, Alloh taolo inson tabiatini tavhidga mos ravishda bunyod etgan. Qay bir inson oʻzining azaliy sof tabiatini asrab qola olgan boʻlsa, moʻmin-musulmon boʻladi. Kimki oʻz tabiatini sof holda saqlay olmagan boʻlsa, kofir, mushrik, xudosizga aylanadi. Chunki, aslida kofirlik, mushriklik va xudosizlik inson tabiatiga ters narsalardandir.
Alloh taolo ushbu miysoqni va guvohlikni Bani Odam zurriyotidan talab qilishining asosiy sabablaridan biri, avval aytib oʻtganimizdek, qiyomat kuni biz bundan gʻofil edik, demasliklari uchundir. Qiyomat kuni haqiqatan ham mazkur daʼvoni qilmasliklari haqidagi haqiqatni imom Ahmad ibn Hanbal va boshqa imomlar Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifdan anglab olamiz. Paygʻambarmiz sollallohu alayhi vasallam: «Qiyomat kunida doʻzax ahlidan boʻlgan har bir kishiga: «Ayt-chi, agar yer yuzidagi hamma narsa seniki boʻlsa, qutulish uchun toʻlovga berarmiding?»–deyiladi. U: «Ha»,–deydi. Alloh: «Men sendan bundan koʻra oson narsani xohlagan edim. Odamning sulbida turganingda menga hech bir narsani shirk keltirmasligingga ahdu paymon olgan edim. Sen esa, faqat shirk keltirishni xohlading»,–deydi.
Keyingi oyatda Bani Odam zurriyotini oʻzini oʻziga guvoh qilib, ahd olishdan koʻzlangan yana bir maqsad bayon etiladi: