QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят173

أَوْ تَقُولُوٓا۟ إِنَّمَآ أَشْرَكَ ءَابَآؤُنَا مِن قَبْلُ وَكُنَّا ذُرِّيَّةً مِّنۢ بَعْدِهِمْ ۖ أَفَتُهْلِكُنَا بِمَا فَعَلَ ٱلْمُبْطِلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki: «Haqiqatda, shirk keltirganlar oldingi ota-bobolarimiz, biz, ularning keyingi zurriyotimiz. Botil ish qiluvchilarning qilmishi tufayli bizlarni halok etasanmi?» demasligingiz uchun.Ёки: «Ҳақиқатда, ширк келтирганлар олдинги ота-боболаримиз, биз, уларнинг кейинги зурриётимиз. Ботил иш қилувчиларнинг қилмиши туфайли бизларни ҳалок этасанми?» демаслигингиз учун.Alauddin Mansour: Yoki: «Axir ilgari ota-bobolarimiz mushrik boʻlgan esalar, bizlar ulardan keyin kelgan (va ularning oʻrgatgan yoʻllariga ergashgan) avlod boʻlsak, oʻsha nohaq yoʻlda oʻtgan kimsalarning qilmishlari sababli bizlarni halok qilurmisan», demasliklaringiz uchundir.Ёки: «Ахир илгари ота-боболаримиз мушрик бўлган эсалар, бизлар улардан кейин келган (ва уларнинг ўргатган йўлларига эргашган) авлод бўлсак, ўша ноҳақ йўлда ўтган кимсаларнинг қилмишлари сабабли бизларни ҳалок қилурмисан», демасликларингиз учундир.

173-sahifa · 9-juz · 18-hizb173-саҳифа · 9-жуз · 18-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَوْyokiёкиتَقُولُوٓا۟deyishingizдейишингизإِنَّمَآhaqiqatda, faqatҳақиқатда, фақатأَشْرَكَshirk keltirganlarширк келтирганларءَابَآؤُنَاota-bobolarimizота-боболаримизمِن-dan-данقَبْلُoldinолдинوَكُنَّاva biz boʻldikва биз бўлдикذُرِّيَّةًۭzurriyotзурриётمِّنۢ-dan-данبَعْدِهِمْ ۖulardan keyinулардан кейинأَفَتُهْلِكُنَاbizlarni halok etasanmiбизларни ҳалок этасанмиبِمَاnarsa tufayliнарса туфайлиفَعَلَqilganқилганٱلْمُبْطِلُونَbotil ish qiluvchilarботил иш қилувчилар
TafsirТафсир

(Bani Odamning umurtqa pogʻonasidan zurriyotlarini olib, oʻzlariga oʻzlarini guvoh qilib, «Robbingiz emasmanmi?» dedik).

Yaʼni, aybni ota-boboga agʻdarib, qutulib ketishga harakat qilmasliklari uchun otalari sulbida turganlaridayoq har birlaridan alohida-alohida al-miysoq–ahdu paymon olingan. Alloh taoloning ana shu ahdu paymonga binoan soʻroq-savol qilishga haqqi bor. Zero, Alloh bandalariga aql berdi va aqlsizlarni soʻroq-savoldan ozod etdi. Ana oʻsha al-miysoq va aql asosida bandalarni soʻroq-savol qilib, jazolaversa ham boʻlar edi. Ammo, yana mehribonlik qilib, al-miysoqni–ahdu paymonni eslashlari va aqlni peshlashlari uchun Paygʻambarlar yubordi. Bandalarning aqllilarini va Paygʻambar daʼvatiga erishganlarini soʻroq-savol qilishga qaror qildi.

Ammo, Bani Odamdan koʻplari ham al-miysoqni–ahdu paymonni, ham aqlni va ham Paygʻambarlar daʼvatini unutib, Allohga kufr va shirk keltirdilar. Baʼzilari esa, shirkka oʻzimiz aybdor emasmiz, balki ota-bobolarimiz gunohkordirlar, aslida, shirk keltirganlar ular, biz ulardan keyin kelgan zurriyotlarmiz, ularning ortidan ergashganmiz, xolos, bizni halok etma,

«Botil ish qiluvchilarning qilmishi tufayli bizlarni halok etasanmi?»–deydilar.