وَكَذَٰلِكَ نُفَصِّلُ ٱلْـَٔايَـٰتِ وَلَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Shoyad qaytsalar deb, oyatlarni mana shunday batafsil bayon qilamiz.Шояд қайтсалар деб, оятларни мана шундай батафсил баён қиламиз.Alauddin Mansour: Shoyad (kufrlaridan) qaytsalar, deb oyatlarni mana shunday mufassal qilurmiz.Шояд (куфрларидан) қайтсалар, деб оятларни мана шундай муфассал қилурмиз.
Yaʼni, bandalar kufrdan qaytsin uchun va kufrdan yuz burib, iymonga yurishga odamzot aqlining qudrati yetmagani uchun Paygʻambarlar yuborib, ular orqali oyatlarni xuddi shu tarzda batafsil bayon qilamiz.
Kelasi oyatda sof tabiatdan aynish, Allohga bergan ahdu paymonni buzish qanaqa boʻlishini koʻrsatish uchun Allohning oyatlaridan istifoda etmaydiganlardan birini misol qilib keltiradi: