QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят175

وَٱتْلُ عَلَيْهِمْ نَبَأَ ٱلَّذِىٓ ءَاتَيْنَـٰهُ ءَايَـٰتِنَا فَٱنسَلَخَ مِنْهَا فَأَتْبَعَهُ ٱلشَّيْطَـٰنُ فَكَانَ مِنَ ٱلْغَاوِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularga oyatlarimizni berganimizda, ulardan o`zini olib qochgan va uni shayton ergashtirib ketib, ig`voga uchganlardan bo`lgan shaxsning xabarini tilovat qilib ber!Уларга оятларимизни берганимизда, улардан ўзини олиб қочган ва уни шайтон эргаштириб кетиб, иғвога учганлардан бўлган шахснинг хабарини тиловат қилиб бер!Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ularga (yahudiylarga) bir kimsaning xabarini tilovat qiling — u qimsaga oyatlarimizni bildirgan edik. Bas, u oʻsha oyatlarimizdan chetlangach (yaʼni, ularga amal qilmagach), uni shayton ergashtirib ketib, yoʻldan ozguvchilardan boʻlib qoldi.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), уларга (яҳудийларга) бир кимсанинг хабарини тиловат қилинг — у қимсага оятларимизни билдирган эдик. Бас, у ўша оятларимиздан четлангач (яъни, уларга амал қилмагач), уни шайтон эргаштириб кетиб, йўлдан озгувчилардан бўлиб қолди.

173-sahifa · 9-juz · 18-hizb173-саҳифа · 9-жуз · 18-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱتْلُva tilovot qilib berва тиловот қилиб берعَلَيْهِمْulargaуларгаنَبَأَxabariniхабариниٱلَّذِىٓshaxsningшахснингءَاتَيْنَـٰهُunga berganimizунга берганимизءَايَـٰتِنَاoyatlarimizniоятларимизниفَٱنسَلَخَbas, oʻzini olib qochdiбас, ўзини олиб қочдиمِنْهَاulardanуларданفَأَتْبَعَهُbas, uni ergashtirib ketdiбас, уни эргаштириб кетдиٱلشَّيْطَـٰنُshaytonшайтонفَكَانَbas, u boʻldiбас, у бўлдиمِنَ-dan-данٱلْغَاوِينَigʻvoga uchganlarиғвога учганлар
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada zikr qilingan shaxs kim ekani xususida moʻʼtabar tafsir kitoblarimizda koʻp sonli turli-tuman rivoyatlar bor. Shuning oʻzi ham bu oyat muayyan bir shaxsga xos boʻlmay, balki maʼlum bir toifa odamlarga xos ekanini koʻrsatib turibdi. Oyati karimada:

«oyatlarimizni berganimizda», deyilishiga koʻra, u odam diniy ilmdan ogoh ekani koʻrinib turibdi. Demak, u odamga Alloh taolo diniy ilmlarni egallashga imkon bergan, ammo u Allohning oyatlaridan oʻzini olib qochgan, yaʼni, ilmiga amal qilmagan. Shu tufayli,

«uni shayton ergashtirib ketib, igʻvoga uchganlardan boʻlgan».

Allohning yoʻlida yurmagan, uning oyatlariga amal qilmagan odamni, albatta, shayton oʻz izmiga soladi va igʻvosiga uchiradi. Shaytonning igʻvosiga uchragan diniy ilmli shaxs esa, shaytondan battar boʻlib qoladi. Faqat uning oʻzi Alloh oyatlaridan qochib qolmay, oʻzgalarni ham qochiradi, avom xalqqa katta salbiy taʼsir koʻrsatadi. Ilmiga amal qilmagan, Allohning oyatlaridan oʻzini olib qochib, shaytonga ergashganlar yer yuzida lak-lakdir. Ular Islomni avvalo oʻz shaxslarida yemiradilar. Salla-choponga burkanib, na namoz oʻqiydilar va na roʻza tutadilar. Gunoh ishlarni esa, tap tortmay qilaveradilar. Odamlarga halolni harom, haromni halol qilib fatvo beradilar. Ayniqsa, Allohning emas, hukmdorlarning roziligini topish uchun ularning ityalogʻidan ham qaytmaydilar. Bunday shaxslardan nobakor hokimlar Islomga qarshi ustomonlik bilan foydalanadilar.

Shu toifa ilmiga amal qilmaganlarga keyingi oyatda quyidagi baho berilgan: