QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят190

فَلَمَّآ ءَاتَىٰهُمَا صَـٰلِحًا جَعَلَا لَهُۥ شُرَكَآءَ فِيمَآ ءَاتَىٰهُمَا ۚ فَتَعَـٰلَى ٱللَّهُ عَمَّا يُشْرِكُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularga solih(farzand)ni berganida esa, Alloh bergan narsada Unga sheriklar qila boshlarlar. Alloh ular keltirgan shirkdan oliydir.Уларга солиҳ(фарзанд)ни берганида эса, Аллоҳ берган нарсада Унга шериклар қила бошларлар. Аллоҳ улар келтирган ширкдан олийдир.Alauddin Mansour: Endi (Alloh) ularga solih (farzand) ato etganidan keyin Unga (Uning) Oʻzi ato etgan narsada (yaʼni, bolaga nom qoʻyishda) shirk keltira boshladilar. Bas, Alloh ularning shirk keltirgan narsalaridan yuksakdir.Энди (Аллоҳ) уларга солиҳ (фарзанд) ато этганидан кейин Унга (Унинг) Ўзи ато этган нарсада (яъни, болага ном қўйишда) ширк келтира бошладилар. Бас, Аллоҳ уларнинг ширк келтирган нарсаларидан юксакдир.

175-sahifa · 9-juz · 18-hizb175-саҳифа · 9-жуз · 18-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَلَمَّآvaqtikiвақтикиءَاتَىٰهُمَاularga berganidaуларга берганидаصَـٰلِحًۭاsolih (farzand)niсолиҳ (фарзанд)ниجَعَلَاikkovlon qila boshladilarикковлон қила бошладиларلَهُۥUngaУнгаشُرَكَآءَsheriklarшерикларفِيمَآnarsadaнарсадаءَاتَىٰهُمَا ۚularga berganуларга берганفَتَعَـٰلَىbas, oliydirбас, олийдирٱللَّهُAllohАллоҳعَمَّاnarsadanнарсаданيُشْرِكُونَular shirk keltirganулар ширк келтирган
TafsirТафсир

Yaʼni, farzand eson-omon dunyoga kelganidan keyin uning faqat Alloh xohlaganidek boʻlishiga harakat qilishmaydi. Bola va uning tarbiyasiga doir yumushlarda shirkka yoʻl qoʻyishadi.

Qurʼoni Karim nozil boʻlayotgan davrda odamlar oʻz bolalarini baʼzi butlarga nazr qilardilar. Ularga shunday maʼnolarni aks ettiradigan ismlarni qoʻyar edilar. Hozir ham shunga oʻxshash hodisalar uchrab turadi. Bolaga turli maqsadlar asosida nom qoʻyish yoxud faqat shu jihatlarga eʼtibor berish, ushbu holatga moslab tarbiya qilish keng tarqalgan. Johil insonlar ahvollari ogʻir paytlarda Allohga yolborganlarini, bolamizni sogʻ-salomat qoʻlimizga olsak, Allohga shukr qilamiz, deb bergan ahdu paymonlarini unutib, boshqa turli-tuman shirk yoʻlidagi orzu-havaslarga berilib ketadilar. Natijada, Alloh bergan neʼmat–farzandda oʻsha gʻalati orzu havaslar kamol topishi uchun harakat qiladilar. Bu narsa Qurʼoni Karimda shirk deb nomlanmoqda.

«Alloh ular keltirgan shirkdan oliydir».