۞ هُوَ ٱلَّذِى خَلَقَكُم مِّن نَّفْسٍ وَٰحِدَةٍ وَجَعَلَ مِنْهَا زَوْجَهَا لِيَسْكُنَ إِلَيْهَا ۖ فَلَمَّا تَغَشَّىٰهَا حَمَلَتْ حَمْلًا خَفِيفًا فَمَرَّتْ بِهِۦ ۖ فَلَمَّآ أَثْقَلَت دَّعَوَا ٱللَّهَ رَبَّهُمَا لَئِنْ ءَاتَيْتَنَا صَـٰلِحًا لَّنَكُونَنَّ مِنَ ٱلشَّـٰكِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U sizlarni bir jondan yaratgan va orom olsin uchun undan juftini yaratgan Zotdir. Vaqtiki u (juftini) o`raganida yengil homilador bo`ldi. Bas, u bilan yurdi. U og`irlashganda esa, ikkovlon Robbilari Allohga: «Agar bizga solih (farzand) bersang, albatta, shukr keltiruvchilardan bo`lamiz», – deb duo qildilar.У сизларни бир жондан яратган ва ором олсин учун ундан жуфтини яратган Зотдир. Вақтики у (жуфтини) ўраганида енгил ҳомиладор бўлди. Бас, у билан юрди. У оғирлашганда эса, икковлон Роббилари Аллоҳга: «Агар бизга солиҳ (фарзанд) берсанг, албатта, шукр келтирувчилардан бўламиз», – деб дуо қилдилар.Alauddin Mansour: U (Alloh) shunday zotki, sizlarni bir jondan (Odamdan) yaratdi va u orom-osoyish topsin, deb uning oʻzidan juftini vujudga keltirdi. Unga qoʻshilganidan keyin u (Havvo) yengil yuk (homila) bilan yukli boʻlib, oʻsha (yuk) bilan yurdi. Bas, qachonki, ogʻirlashganida, (ular) Parvardigorlari — Allohga duo qildilar: «Qasamki, agar bizga solih farzand ato qilsang, albatta shukr qilguvchilardan boʻlurmiz».У (Аллоҳ) шундай зотки, сизларни бир жондан (Одамдан) яратди ва у ором-осойиш топсин, деб унинг ўзидан жуфтини вужудга келтирди. Унга қўшилганидан кейин у (Ҳавво) енгил юк (ҳомила) билан юкли бўлиб, ўша (юк) билан юрди. Бас, қачонки, оғирлашганида, (улар) Парвардигорлари — Аллоҳга дуо қилдилар: «Қасамки, агар бизга солиҳ фарзанд ато қилсанг, албатта шукр қилгувчилардан бўлурмиз».
Islom taʼlimoti boʻyicha, hamma odamlarning asli bir. Ularni Alloh bir jondan yaratgan. Uning jufti boʻlmish ayolni ham xuddi shu jonning oʻzidan xalq qilgan. Lekin birini erkak, ikkinchisini ayol qilishidan maqsad ularning bir tan, bir jon boʻlib «orom olish»lari uchundir. Agar inson ushbu haqiqatga insof nazari ila qarasa, bu holni Allohdan oʻzga hech kim qila olmasligini anglab yetadi. Iymon keltiradi. Allohning aytgan yoʻlida yuradi.
«U sizlarni bir jondan yaratgan va orom olsin uchun undan juftini yaratgan Zotdir».
Insonlarni Allohdan boshqa zot yaratganini kim isbot qilib bera oladi? Hech kim! Odamlarning erkak va ayol qilib yaratilishining sababi nimada ekanligi borasida turli gʻoya tarafdorlari turlicha javob berganlar. Hamma ham bu masalaga doir oʻz qarashlarini bayon etgan. Masiyhiylar, ayol erkakni igʻvo qilish uchun yaratilgan shaytondir, deganlar. Ularda bir vaqtlar ayolga nazari tushgan odam gunohkor hisoblangan. Maʼlum zamonlarda Ovrupada odam nasli kamayib ketgan. Baʼzi bir toifalar ayolga faqat jinsiy maylni qondirish vositasi deb qaraganlar. Keyinroq, boshqalari unga arzon ishlab chiqarish kuchi, deb ham qaradi.
Islomda esa, erkak va ayolning asli bir, ularni Alloh taolo bir jondan yaratgan. Ularning vazifalari ikki xil boʻlishi–bir-birlaridan orom olishlari, oila deb nomlangan oshyonda istiqror, xotirjamlik va unsu ulfat topishlari uchundir.
Erkak bilan ayolning halol yoʻl bilan qoʻshilib, bir oila boʻlib yashashlarining samaralaridan biri farzanddir. Buni ushbu oyatda yuqori odob yoʻli bilan:
«Vaqtiki u (juftini) oʻraganida, yengil homilador boʻldi», deb anglatmoqda.
Yaʼni, ayol kishi yangi homilador boʻlganida, homila yengil boʻladi. Uning ogʻirligi onaga u qadar ogʻir botmaydi.
«Bas, u bilan yurdi».
Yaʼni, ona homila bilan maʼlum muddat yurdi.
«U ogʻirlashganida esa, ikkovlon Robbilari Allohga: «Agar bizga solih (farzand) bersang, albatta, shukr keltiruvchilardan boʻlamiz», – deb duo qildilar».
Vaqt oʻtgan sari homila kattalashib borib, ona ogʻirlashadi. Tugʻish vaqti yaqinlashadi. Ana shu paytda otada ham, onada ham fitriy his-tuygʻular oshadi, ularda orzu-umid paydo boʻlib, farzandlarining sogʻ-salomat, toʻla-toʻkis va ahli solihlardan boʻlishini orzu qiladilar. Shuningdek, ularda onaning eson-omon qutulib olishi haqida hadiklari ham bor. Har nechuk, inson orzu-umid pallalarida Allohga iltijo qiladi. Ota-onada esa, ham orzu-umid, ham hadik bor. Ular shuning uchun ham:
«Agar bizga solih (farzand) bersang, albatta, shukr keltiruvchilardan boʻlamiz», – deb duo qildilar.