قُل لَّآ أَمْلِكُ لِنَفْسِى نَفْعًا وَلَا ضَرًّا إِلَّا مَا شَآءَ ٱللَّهُ ۚ وَلَوْ كُنتُ أَعْلَمُ ٱلْغَيْبَ لَٱسْتَكْثَرْتُ مِنَ ٱلْخَيْرِ وَمَا مَسَّنِىَ ٱلسُّوٓءُ ۚ إِنْ أَنَا۠ إِلَّا نَذِيرٌ وَبَشِيرٌ لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «O`zim uchun na foyda va na zararga molik emasman. Magar Allohning xohlagani bo`lur. Agar g`aybni bilganimda, yaxshilikni ko`paytirib olgan bo`lar edim va menga yomonlik yetmasdi. Men faqat iymon keltiradigan qavmlar uchun ogohlantiruvchi va bashorat beruvchiman, xolos», – deb ayt.Сен: «Ўзим учун на фойда ва на зарарга молик эмасман. Магар Аллоҳнинг хоҳлагани бўлур. Агар ғайбни билганимда, яхшиликни кўпайтириб олган бўлар эдим ва менга ёмонлик етмасди. Мен фақат иймон келтирадиган қавмлар учун огоҳлантирувчи ва башорат берувчиман, холос», – деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «Men oʻzim uchun ham na foyda va na ziyon yetkazishga ega boʻla olaman. Magar Allohning xohlagani boʻlur. Agar gʻaybni bilganimda edi, yaxshi amallarni koʻpaytirgan boʻlur edim va menga biron ziyon yetmagan boʻlur edi. Men faqat iymon keltiradigan qavm uchun (doʻzax azobidan) ogohlantirguvchi va (jannat neʼmatlari haqida) xushxabar berguvchiman, xolos».Айтинг: «Мен ўзим учун ҳам на фойда ва на зиён етказишга эга бўла оламан. Магар Аллоҳнинг хоҳлагани бўлур. Агар ғайбни билганимда эди, яхши амалларни кўпайтирган бўлур эдим ва менга бирон зиён етмаган бўлур эди. Мен фақат иймон келтирадиган қавм учун (дўзах азобидан) огоҳлантиргувчи ва (жаннат неъматлари ҳақида) хушхабар бергувчиман, холос».
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Allohning suyukli va oxirgi Paygʻambari, odam bolasining ulugʻi boʻlishlari bilan birga, bir bashardirlar. Bu oddiy haqiqatni roʻy-rost aytishlari ushbu oyati karimada amr qilinmoqda. U zot sollallohu alayhi vasallamning bu eʼtiroflari ulugʻ haqiqatlarni oshkor qiladi:
«Oʻzim uchun na foyda va na zararga molik emasman».
Yaʼni, foyda va zarar Allohdandir. Paygʻambar collallohu alayhi vasallam oʻz shaxslariga nisbatan na foyda, na zarar yetkazish haqqi yoxud imkoniga molik emaslar.
«Magar Allohning xohlagani boʻlur».
Bu dunyo ishlari faqat Alloh taoloning xohishi bilan roʻy beradi. Undan boshqa zotning xohishi, hatto Muhammad sollallohu alayhi vasallamning xohishlari ham oʻtmaydi.
«Agar gʻaybni bilganimda, yaxshilikni koʻpaytirib olgan boʻlar edim va menga yomonlik yetmasdi».
Yaʼni, agar gʻayb sirlaridan ogoh boʻlganimda, har bir ishning oqibatini bilar edim. Shunda, faqat oqibati yaxshilik keltiradigan ishlarni qilardim va menga yolgʻiz yaxshiliklar yetar va ularni koʻpaytirib olar edim.
Shuningdek, gʻaybni anglay olganimda edi, oqibati yomon boʻladigan ishlarni oldindan bilib olib, ularni qilmas edim va menga hech qachon yomonlik yetmas edi. Holbuki, bunday emas. Gʻaybni hech kim bilmaydi. Bandaning vazifasi Allohning koʻrsatmasiga binoan amal qilish, oqibati esa, Allohning irodasiga qarab boʻladi. Banda oʻziga belgilik chegaradan chiqmay turadi. Hatto Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga ham bu borada chegara bor, chunki u zot ham bir bandadirlar.
«Men faqat iymon keltiradigan qavmlar uchun ogohlantiruvchi va bashorat beruvchiman, xolos», – deb ayt».
Muhammad sollallohu alayhi vasallam, oʻzlari ushbu oyatda eʼtirof etayotganlaridek, ogohlantiruvchi va bashoratchidirlar, xolos. U zot odam bolasini kofirlik, osiylik yomon oqibatlarga olib borishidan ogohlantiradilar, iymon va amali solih yaxshilikka olib borishi haqida bashorat beradilar. Ularning ushbu xizmatlaridan iymon ahli manfaat oladi.
Kelgusi oyati karimada yana tavhidga chaqiruvchi yangi dalillar keltiriladi: