QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят187

يَسْـَٔلُونَكَ عَنِ ٱلسَّاعَةِ أَيَّانَ مُرْسَىٰهَا ۖ قُلْ إِنَّمَا عِلْمُهَا عِندَ رَبِّى ۖ لَا يُجَلِّيهَا لِوَقْتِهَآ إِلَّا هُوَ ۚ ثَقُلَتْ فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ لَا تَأْتِيكُمْ إِلَّا بَغْتَةً ۗ يَسْـَٔلُونَكَ كَأَنَّكَ حَفِىٌّ عَنْهَا ۖ قُلْ إِنَّمَا عِلْمُهَا عِندَ ٱللَّهِ وَلَـٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sendan soat (qiyomat) qachon sobit bo`lishi haqida so`rarlar. Sen: «Uning ilmi faqat Robbim huzuridadir. Uni faqat O`zigina zohir qiladir. U osmonlaru yerda og`ir ish bo`ladi. Sizlarga faqat to`satdan keladir», – deb ayt. Xuddi sen uni bilishing kerakdek, sendan so`rarlar. Sen: «Uning ilmi faqat Allohning huzuridadir. Lekin ko`p odamlar bilmaslar», – deb ayt.Сендан соат (қиёмат) қачон собит бўлиши ҳақида сўрарлар. Сен: «Унинг илми фақат Роббим ҳузуридадир. Уни фақат Ўзигина зоҳир қиладир. У осмонлару ерда оғир иш бўлади. Сизларга фақат тўсатдан келадир», – деб айт. Худди сен уни билишинг керакдек, сендан сўрарлар. Сен: «Унинг илми фақат Аллоҳнинг ҳузуридадир. Лекин кўп одамлар билмаслар», – деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), sizdan Soat (yaʼni, Qiyomat) qachon voqe boʻladi, deb soʻraydilar. Ayting: «Uning bilimi faqatgina Parvardigorim dargohidadir. Vaqti-soati kelganida ham faqat Oʻzi oshkor qilur. U (yaʼni, Qiyomat) samovot va Yer uchun juda ogʻir (dahshatli) bir ishdir. U sizlarga faqat toʻsatdan — kutilmaganda kelur». Goʻyo siz u haqda yaxshi biladigandek soʻraydilar. Ayting: «Uning bilimi faqatgina Alloh dargohidadir. Lekin juda koʻp odamlar uni bilmaydilar».(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сиздан Соат (яъни, Қиёмат) қачон воқе бўлади, деб сўрайдилар. Айтинг: «Унинг билими фақатгина Парвардигорим даргоҳидадир. Вақти-соати келганида ҳам фақат Ўзи ошкор қилур. У (яъни, Қиёмат) самовот ва Ер учун жуда оғир (даҳшатли) бир ишдир. У сизларга фақат тўсатдан — кутилмаганда келур». Гўё сиз у ҳақда яхши биладигандек сўрайдилар. Айтинг: «Унинг билими фақатгина Аллоҳ даргоҳидадир. Лекин жуда кўп одамлар уни билмайдилар».

174-sahifa · 9-juz · 18-hizb174-саҳифа · 9-жуз · 18-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَسْـَٔلُونَكَsendan soʻrarlarсендан сўрарларعَنِhaqidaҳақидаٱلسَّاعَةِ(qiyomat) soati(қиёмат) соатиأَيَّانَqachonқачонمُرْسَىٰهَا ۖuning sobit boʻlishiунинг собит бўлишиقُلْdeb aytдеб айтإِنَّمَاfaqatфақатعِلْمُهَاuning ilmiунинг илмиعِندَhuzuridadirҳузуридадирرَبِّى ۖRobbimРоббимلَاhech kim emasҳеч ким эмасيُجَلِّيهَاuni zohir qiladiуни зоҳир қиладиلِوَقْتِهَآoʻz vaqtidaўз вақтидаإِلَّاfaqatфақатهُوَ ۚOʻziginaЎзигинаثَقُلَتْogʻir ish boʻladiоғир иш бўладиفِى-da-даٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarосмонларوَٱلْأَرْضِ ۚva yerdaва ердаلَاemasэмасتَأْتِيكُمْsizlarga keladiсизларга келадиإِلَّاfaqatфақатبَغْتَةًۭ ۗtoʻsatdanтўсатданيَسْـَٔلُونَكَsendan soʻrarlarсендан сўрарларكَأَنَّكَxuddi senхудди сенحَفِىٌّbilishing kerakdekбилишинг керакдекعَنْهَا ۖu haqdaу ҳақдаقُلْdeb aytдеб айтإِنَّمَاfaqatфақатعِلْمُهَاuning ilmiунинг илмиعِندَhuzuridadirҳузуридадирٱللَّهِAllohningАллоҳнингوَلَـٰكِنَّlekinлекинأَكْثَرَkoʻpкўпٱلنَّاسِodamlarодамларلَاemasэмасيَعْلَمُونَbilurlarбилурлар
TafsirТафсир

Oʻlimni, oxirat kunini, ul kun har bir odam bu dunyodagi qilmishlari yuzasidan soʻroq-savol qilinishini oʻylash har qanday shakkok, kofirni ham oʻylantirib qoʻyadi. Shunday lahzalarda ular oxirat haqida savol bera boshlaydilar. Baʼzi hollarda qiyomat boʻlishiga shak keltirganlaridan, oʻz fikrlarini tasdiqlash, qiyomat boʻladi, degan aqiydadagilarni ojiz qoldirish uchun soʻraydilar. Baʼzi vaqtlarda sinash uchun soʻraydilar va hokazo.

Quraysh mushriklari ham vaqti-vaqti bilan Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan qiyomat haqida, ayniqsa, uning qachon sobit boʻlishi va kelishi haqida soʻrar edilar.

«Sendan soat (qiyomat) qachon sobit boʻlishi haqida soʻrarlar».

Yaʼni, boʻladigan boʻlsa, qachon boʻlishini aytib ber, deb daʼvo qilardilar. Bu savoldan, qachon boʻlishini aytib bera olmasang, qanday Paygʻambarsan, shuni ham bilmaysanmi, degan gʻarazgoʻylikning hidi keladi.

Aslida, qiyomat Allohdan boshqa hech kim bilishi mumkin boʻlmagan hodisadir. Uning qachon roʻy berishini faqat Allohning Oʻzigina biladi. Lekin mushriklar Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamni sinash, ul zotni xijolat qilish uchun, qiyomat qachon boʻladi, deb soʻroq qiladilar. Agar har bir soʻzni Allohdan qabul qilib oladigan haqiqiy Paygʻambar boʻlmasa, bunga turli javoblar berish mumkin. Xususan, Paygʻambarlikni daʼvo qiluvchi tabiatan telba va buzuqlar odamlar eʼtiborini jalb qilish uchun ularning qiyomatga nisbatan boʻlgan ehtirosli qiziqishidan foydalanishga harakat qilishlari keyingi paytlarda oshkor boʻldi. Qiyomat falon vaqtda boʻladi, deb qoʻyib, soʻng sharmanda boʻlganlari ham juda koʻp.

Lekin Muhammad sollallohu alayhi vasallamga bu savolga qanday javob berishni Allohning Oʻzi soʻzma-soʻz uqdiryapti:

«Uning ilmi faqat Robbim huzuridadir. Uni faqat Oʻzigina zohir qiladir. U osmonlaru yerda ogʻir ish boʻladi. Sizlarga faqat toʻsatdan keladir», – deb ayt.

Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam ham odam, u kishi hech qachon^ gʻayb ilmini bilaman, deb daʼvo qilmaganlar. U zot:

«Uning ilmi faqat Allohning huzuridadir»,–deydilar. Yaʼni, qiyomatning qachon boʻlishini faqat bir zot–Robbim biladi, xolos. Boshqa hech kim bilmaydi. Men ham bilmayman.

«Uni faqat Oʻzigina zohir qiladir».

Qiyomatni yuzaga keltiruvchi Zot ham yagona Alloh taoloning Oʻzidir. Boshqa hech kim bu ishga aralasha olmaydi.

«U osmonlaru yerda ogʻir ish boʻladir».

Uning haqida bilganim shu: Qiyomat osmonlar va yer qancha ulkan boʻlmasin, ularga ham ogʻir keladigan darajada ulugʻ hodisadir. Shuning uchun, oʻsha kunga tayyorlanish kerak.

«Sizlarga faqat toʻsatdan keladir».

Bilmay qolasizlar. Avval eʼlon qilib, vaqtini tayinlab kelmaydi. U sodir boʻlmasdan bir oz oldin oʻzini oʻnglab, u yer-bu yerini tozalab, hech narsani koʻrmagandek moʻmin-qobil boʻlib turishga imkon yoʻq. Uning kelishiga doim tayyor turish kerak. Uning qachon sodir boʻlishini soʻrab yurishdan samara yoʻq. Buning ustiga, bu savolga javob beradigan zotning oʻzi yoʻq. Mushriklarning savoli esa, nooʻrin.

«Xuddi sen uni bilishing kerakdek, sendan soʻrarlar».

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oʻzlarining daxllari yoʻq narsalarni Allohdan soʻramaydilar.

«Uning ilmi faqat Allohning huzuridadir. Lekin koʻp odamlar bilmaslar»,–deb ayt.

Qiyomatning qachon boʻlishi ilmi Allohning Oʻziga xos ilmidir. Uni hech kimga, hatto Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ham bildirmagan. U zot faqat qiyomatning qachon boʻlishinigina emas, boshqa gʻayb ilmlarini ham bilmaydilar. Bu bilmasliklari esa, ayb emas.

Keyingi oyati karimada Paygʻambarimiz sollalohu alayhi vasallamga aytishlari uchun oʻrgatilayotgan gaplar davom etadi.