مَن يُضْلِلِ ٱللَّهُ فَلَا هَادِىَ لَهُۥ ۚ وَيَذَرُهُمْ فِى طُغْيَـٰنِهِمْ يَعْمَهُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh kimni zalolatga ketkazsa, unga hidoyat qiluvchi yo`qdir. Ularni tek qo`yib qo`yadi, tug`yonlarida adashib-uloqib yuraveradilar.Аллоҳ кимни залолатга кетказса, унга ҳидоят қилувчи йўқдир. Уларни тек қўйиб қўяди, туғёнларида адашиб-улоқиб юраверадилар.Alauddin Mansour: Kimni Alloh adashtirib qoʻysa, uning uchun biron hidoyat qilguvchi boʻlmas. (Alloh) undaylarni oʻz tugʻyonlarida adashib-uloqib yurgan hollarida tark qilur.Кимни Аллоҳ адаштириб қўйса, унинг учун бирон ҳидоят қилгувчи бўлмас. (Аллоҳ) ундайларни ўз туғёнларида адашиб-улоқиб юрган ҳолларида тарк қилур.
Demak, ularning zalolatga ketishlariga tugʻyonlari sabab boʻlgan. Oʻsha tugʻyonlari–haddan oshishlari tufayli zalolatga ketdilarmi? Alloh ularni oʻsha tugʻyonlarida tek qoʻyib qoʻyadi, adashib-uloqib, hayron boʻlib yurishaveradi. Ularni hidoyat qiluvchi topilmaydi. Chunki, dastlab oʻzlari hidoyat yoʻlidan yuz oʻgirib tugʻyonga ketdilar. Shu ahvollariga qaramay, ular yana qiyomat soati haqida savol ham berishadi. Binobarin, goʻyo hamma narsani tushunadigandek koʻrinishga harakat qilishadi.