أَوَلَمْ يَنظُرُوا۟ فِى مَلَكُوتِ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا خَلَقَ ٱللَّهُ مِن شَىْءٍ وَأَنْ عَسَىٰٓ أَن يَكُونَ قَدِ ٱقْتَرَبَ أَجَلُهُمْ ۖ فَبِأَىِّ حَدِيثٍۭ بَعْدَهُۥ يُؤْمِنُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Osmonlaru yerning mulklariga, Alloh yaratgan narsalarga va, ajab emaski, ajallari yaqinlashib qolgan bo`lishiga nazar solmaydilarmi? Bundan keyin yana qaysi gapga ishonadilar?!Осмонлару ернинг мулкларига, Аллоҳ яратган нарсаларга ва, ажаб эмаски, ажаллари яқинлашиб қолган бўлишига назар солмайдиларми? Бундан кейин яна қайси гапга ишонадилар?!Alauddin Mansour: Samovot va Yer mamlakatlari haqida, Alloh yaratgan narsalar toʻgʻrisida va ajallari yaqinlashib qolgan boʻlishi mumkinligi xususida oʻylamaydilarmi?! Undan (Qurʼondan) soʻng (yaʼni, unga ishonmaganlaridan keyin) yana qanday gapga ishonadilar-a?!Самовот ва Ер мамлакатлари ҳақида, Аллоҳ яратган нарсалар тўғрисида ва ажаллари яқинлашиб қолган бўлиши мумкинлиги хусусида ўйламайдиларми?! Ундан (Қуръондан) сўнг (яъни, унга ишонмаганларидан кейин) яна қандай гапга ишонадилар-а?!
Atrofga zehn bilan nazar solgan inson uchun Allohning borligi, yagonaligi va qudratiga dalolat qiluvchi dalillarni topish ogʻir emas. Ular har qadamda istalgancha toʻlib yotibdi. Osmonlaru yerdagi kattayu kichik har bir narsa shunga dalolat qiladi.
Holbuki, butun borliqni Alloh taoloning Oʻzi yaratgan. Eng kichik zarralar ham, hujayralar ham shundan guvohlik beradi. Faqat, bu narsalarga eʼtibor nazari bilan, insof nazari bilan, oʻzining inson ekanligini toʻla tushungan holda qarash kerak, xolos. Eng muhimi, ertaga oʻlishini, bu dunyoga ustun boʻla olmasligini fikr qilib qarash kerak.
«...va, ajab emaski, ajallari yaqinlashib qolgan boʻlishiga nazar solmaydilarmi?»
Ajal koʻz bilan qoshning orasida. Uning changalidan qochib qutulib boʻlmaslik haqiqatlarning onasi.
«Bundan keyin, yana qaysi gapga ishonadilar?!»
Lekin insonlar orasida osmonlaru yer mulklariga, Alloh yaratgan narsalarga, ajab emaski, ajali yaqinlashib qolganiga eʼtibor bermay, bunday narsalardan gʻofil boʻlib yurganlar, adashganlar koʻpdir. Ularni shu qilmishlari uchun Alloh taolo adashtirib qoʻyadi va ular oʻsha tugʻyonlarida davom etaveradilar.