أَوَلَمْ يَتَفَكَّرُوا۟ ۗ مَا بِصَاحِبِهِم مِّن جِنَّةٍ ۚ إِنْ هُوَ إِلَّا نَذِيرٌ مُّبِينٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular o`z sohiblarida majnunlik yo`qligini tafakkur qilib ko`rmaydilarmi?! U faqat oshkora ogohlantiruvchi, xolos.Улар ўз соҳибларида мажнунлик йўқлигини тафаккур қилиб кўрмайдиларми?! У фақат ошкора огоҳлантирувчи, холос.Alauddin Mansour: Ular hamrohlarida (yaʼni, Muhammad alayhis-salotu vas-salomda) hech qanday junun yoʻqligini oʻylamaydilarmi?! U faqat (Allohning azobidan) oshkora ogohlantirguvchi Zotdir.Улар ҳамроҳларида (яъни, Муҳаммад алайҳис-салоту вас-саломда) ҳеч қандай жунун йўқлигини ўйламайдиларми?! У фақат (Аллоҳнинг азобидан) ошкора огоҳлантиргувчи Зотдир.
Kofirlar Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga qarshi olib borgan kurashlarida ul zotni majnun–jinni, deb tashviqot qilar edilar. Odamlarni ul zotdan qaytarish uchun, Muhammadga jin tekkan, gaplariga quloq solsangiz, uning gaplari hech bir sogʻ odamning gapiga oʻxshamaydi, derdilar. Aslida esa, Quraysh zodagonlari u kishi sollallohu alayhi vasallamga kelayotgan vahiy oddiy emas, insonni ojiz qoldiruvchi oliy darajadagi kalom ekanini yaxshi bilishardi. Ular bir-birlariga bildirmay, yashirin borib, Qurʼon eshitib lol qolishar, shu bilan birga, jamlanib qolganlarida Qurʼon haqida soʻz ochilsa, uning ilohiy kalom ekanligini tan olsalar obroʻlaridan, sultonlaridan ayrilib qolishdan qoʻrqib, uni boshqacha sifatlar bilan taʼriflashar edi. Bunda, albatta, Qurʼonning oddiy kalom emasligini eʼtiborga olardilar. Ular baʼzida, Muhammadning kalomi sehrdir, shuning uchun, berilib tinglayotganlarni sehrlab qoʻymoqda, desalar, baʼzida, Muhammadga jin tekkan, oʻsha jinlardan oʻrgangani uchun kalomi boshqacha, der edilar.
Ushbu oyatda ular bu haqda tafakkur qilib koʻrishga chaqirilmoqda. Muhammad sollallohu alayhi vasallam ularning orasida tugʻilib, ulgʻayib voyaga yetdilar. Shu paytgacha u zotda biror-bir nuqsonni koʻrmagan edilar. Oʻzlari u kishiga «Amin» laqabini berganlar. Omonat va rostgoʻylik, zakovat va hikmat bobida qoyil edilar.
«Ular oʻz sohiblarida majnunlik yoʻqligini tafakkur qilib koʻrmaydilarmi?!»
Bugun kamolot yoshiga yetib, qirqqa kirib, aqllari toʻlganda jin tegib qoldimi? Fikr qilsinlar. U kishida hech qanday jinnilikdan asar yoʻq.
«U faqat oshkora ogohlantiruvchi, xolos».
Paygʻambarlik vazifalarini ado etib, odamlarni ogohlantiradilar, xolos.